So’nggi yangiliklar

22:28Эрлинг Холанд "Сити"нинг АПЛдаги ўйинини ўтказиб юборади. Гвардиола буни тасдиқлади  1 22:05Перес "Эл Класико"дан олдин ҳакамларнинг ёнига бориб, улар билан саломлашган. "Барса" ўйинчилари бу ҳолатнинг гувоҳи бўлишган  5 21:45МЮнинг тен Хаг даврида амалга оширган трансферлари рейтинги тузилди – Антони охирги ўринда, Онана эса...  2 21:20Ральф Рангник "Бавария" у билан боғланганини тасдиқлади  0 20:55Футзал. Ўзбекистон Вьетнам устидан камбэк амалга оширди ва ярим финалга йўлланма олди  62 20:31ОЧЛ. "Йокогама" пенальтилар сериясида "Ульсан Хюндай"ни мағлуб этиб, финалга йўл олди!   3 20:22Оливье Жиру "Лос Анжелес" билан шартнома имзолагани маълум бўлди  2 19:30Тарихда илк бор Жаҳон чемпионатида Марказий Осиёдан 2 та терма жамоа иштирок этади  26 18:57Футзал. Таиланд чорак финалда Ироқни таслим қилди. Ярим финалдаги рақиб - Тожикистон  4 18:33Мбаппе ПСЖдан кетиши оқибатида 130 млн евродан воз кечиши мумкин  4 17:35"Спартак" собиқ устози "Милан"ни бош мураббийлигига асосий номзод   2 17:10«Сити»нинг икки асосий футболчиси «Брайтон»га қарши майдонга тушмаслиги мумкин  3 16:45«Атлетик»да 15 йил ўйнаган футболчи клубдан кетмоқда  4 16:21U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувида бизга таниш ҳакам ишлайди  23 16:04"Дон-дон-зики", хушчақчақ Кападзе — Ўзбекистон - Вьетнам учрашувидан 93 та расм  2

Bir o'yin tarixi. Milutinovich tashrif buyurgan, koreyalik hakam boshqargan, Abramov ilk bor klub bilan sovrin yutgan 2014 yilgi O'zbekiston kubogini yodga olamiz Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Milutinovich tashrif buyurgan, koreyalik hakam boshqargan, Abramov ilk bor klub bilan sovrin yutgan 2014 yilgi O'zbekiston kubogini yodga olamiz

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov klublar miqyosida sovrinlarga ega chiqqan murabbiylardan biri hisoblanadi.

Faoliyati davomida terma jamoada o'zining hujumkor va ochiq futboli bilan muxlislar etirofiga sazovor bo'lgan bo'lsada, biron bir turnirda g'oliblik shohsupasiga chiqmagandi. SHu boisdan bugun Abramovning faoliyatida yangi sahifani ochgan 2014 yilgi O'zbekiston kubogi final uchrashuvini yodga olamiz.

Bilasiz, odatda finallar, markaziy va hal qiluvchi uchrashuvlar poytaxtda o'tkazilardi. Lekin, bu safar PFL o'zining ananasidan voz kechgan holda mamlakat kubogi finali mezbonligini Olmaliq shahriga ishonib topshiradi. Umumiy hisobda AGMK jamoasining uy stadioni shu yili ikkinchi bor katta uchrashuvni o'zida qabul qilayotgandi. Birinisi may oyida Ummonga qarshi o'rtoqlik o'yini edi. Yakuniy hal qiluvchi pallagacha “Bunyodkor” “Nasaf”ni, “Loko” esa “sherlar”ni turnirdan chiqarib yuborgani etiborga molikdir. Mutasaddilar finalni boshqarish uchun odatdagidek Ravshan Ermatovni emas, balki chetdan yani koreyalik taniqli hakam Kim Dong Jinni taklif qilishadi.



Bahsning ahamiyati nihoyatda yuqori sanalardi. Boisi, “Lokomotiv” chempionlik yo'lida “Paxtakor”ga imkoniyatni boy berib qo'ygan, “Bunyodkor” esa tarixidagi eng yomon ko'rsatgich to'rtinchi o'ringa tushib sovrindorlar qatoridan joy ololmagandi. SHuning uchun ikkala jamoa murabbiylari bor etiborlarini finalga qaratishgandi. Bellashuvni kuzatish uchun shu kuni ko'plab muxlislar, futbolimiz rahbarlari va taniqli shaxslar tashrif buyurgandi. Ular orasida serbiyalik mashhur mutaxassis Bora Milutinovich ham borligi nimanidir anglatardi. Aniq malumot emasku, lekin o'sha paytlarda terma jamoamiz va Mirjalol Qosimovga xorijdan maslahatchi murabbiy kelayotgani haqila xabarlar bong urardi. Bu aftidan Milutinovich degan taxminlar ham paydo bo'ldi. Biroq, murabbiy bahsdan so'ng bu malumotlarni inkor qildi. Finalda favorit va ustunlik biroz bo'lsada Abramov shogirdlari tomonida edi. Ikkinchi davrada bir qator tajribali va mahoratli futbolchilar Geynrix, Mullajanov, Rahmatullaev, SHog'ulomov kabilar bilan kuchaygan “temiryo'lchilar”dan rahbariyat chempionlikni kutgandi. “Bunyodkor” esa Sergey Lushan kelgach ko'proq yoshlarga tayanadigan bo'ldi. Buning natijasida Doston Hamdamov, Akrom Komilov, Zabixillo O'rinboevlar katta futbolda debyut qilishdi. Lekin, klubdagi ayrim futbolchilar Lushanning ishidan va munosabatidan noroziligi haqida eshitgandik.



Ichki muhit yaxshi emasligi haqida Oleksandr Pishur Ukraina nashriga bergan intervyusida takidlagandi. Muxlislarning umidi esa tarkibdagi yagona yulduz Sardor Rashidovdan edi. SHu kuni uni raqib safidan ikki futbolchi qo'riqlab yurgan, imkoniyat bermagandi. Bellashuv tengma-teng kurashlar ostida kechardi, Geynrixni esa himoyachilar ko'zdan qochirib yubormaslikga harakat qilardi. Lushan tarkibda o'zgarishlar qilish maqsadida o'zining shogirdlari Komilov, Hamdamov, O'rinboevlarni tushirib burilish yasamoqchiligini sezish qiyin emasdi. Ular Kutilganidek o'yinni kuchaytira olmaydilar. Abramov esa bu borada shoshilmaydi. Raqibni kuchidan va taklif qilayotgan o'yinidan kelib chiqib ish tutadi. Asosiy bo'limlarda ikkita o'zgarishdan foydalangan Abramov, overtaymlarda Marat Bikmaevni zaxira quroli sifatida tashlaydi. Aynan Bikmaev to'pga ilk bor teginishida Hasanovga ajoyib pas uzatadi, Jasur darvozabon bilan birga bir vaziyatda to'pni darvozaga joylab qo'yadi - 0:1. "Bunyodkor" qolgan daqiqalarda hisobni tenglashtirishga harakat qiladi, 119-daqiqada uchrashuv qahramoni Hasanov

"Lokomotiv" o'z tarixida ilk bor mamlakat kubogini qo'lga kiritadi, “Bunyodkor” esa uchinchi bor finalda kubokni qo'ldan boy beradi.



O'zbekiston kubogi-2014. Final.
“Bunyodkor” – “Lokomotiv” – 0:1
12.11.2014. Olmaliq. OKMK stadioni. 8057 tomoshabin.
Bosh hakam
: Kim Dong Jin (Janubiy Koreya).
Gol: Jasur Hasanov 106.
CHetlatish: Jasur Hasanov 119.
“Bunyodkor”: Akbar To'raev, Ivan Miloshevich, Akmal SHorahmedov (Akrom Komilov, 46), Oleg Zoteev (Dostonbek Hamdamov, 101), Anvar G'ofurov, Xayrullo Karimov, Samir Bekrich, Sato Minori, Sardor Rashidov, Javlon Ibrohimov, Vohid SHodiev (Zabixillo O'rinboev, 74).
Bosh murabbiy: Sergey Lushchan.
“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Salim Mustafoev, Islom To'xtaxo'jaev, Bobur Yo'ldoshev, SHavkat Mullajonov (Ibrohim Rahimov 61), Sadriddin Abdullaev (Jasur Hasanov), Fozil Musaev, Dilshod Rahmatullaev, Lutfulla To'raev, Alisher SHog'ulomov (Marat Bikmaev 106), Aleksandr Geynrix.
Bosh murabbiy: Vadim Abramov.





Abdulaziz Iskandarov tayyorladi 

Uchrashuv fotolarini taqdim etgani uchun O'FA fotografi Hasan Pirmuhammedovga minnatdorchilik bildiramiz.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика