So’nggi yangiliklar

10:21Ҳусниддин Нишонов: "Ҳозир фақатгина жисмоний ҳолатимиз ва ҳимоямизни яхшилаш ҳақида ўйламоқдамиз"  0 10:16Нишоновнинг бенефисига айланган Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  0 09:55«Зенит» тарбияланувчиси «Қизилқум» кўригидан ўтмоқда  0 09:28«Ланс» «Челси»дан марказий ҳимоячи олиб келмоқда  1 09:00ТОП-10 да фақат «Бавария» футболчилари. Бундеслигада энг кўп ҳақ олувчи футболчилар маълум  1 08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  0 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  1 07:40Аҳрол Рисқуллаев узоқ муддатли танаффусдан сўнг майдонга қайтди  1 01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  26 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9

Bir o'yin tarixi. Geynrixdan gol va selfi, to'lib toshgan "Bunyodkor" stadioni yoxud O'zbekiston - Suriya 1:0 Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Geynrixdan gol va selfi, to'lib toshgan "Bunyodkor" stadioni yoxud O'zbekiston - Suriya 1:0

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogini 13 yanvar kuni Suriyaga qarshi bahs bilan boshlaydi.


Biz Suriyaga qarshi o'tgan ajoyib uchrashuvlardan birini eslaymiz va o'sha zavqli onlardan yana bir bor bahramand bo'lamiz. Bundan 7 yil oldin Geynrix terma jamoadagi so'nggi golini urgandi. Bu o'ziga xos tarix. Garchi bu bir gol bo'lsada, uning qiymati Sasha uchun ham, biz uchun ham yuqori edi. 

Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 saralash bosqichi hal qiluvchi raundi oldidan Suriya, Qatar, Eron, Xitoy, Janubiy Koreya kabi terma jamoalar bilan bir guruhdan o'rin oldi. Aftidan guruhdan chiqishga imkoniyatimiz va kuchimiz etarlidek chamalangan edi. Aslida bizda imkoniyat har doim bo'lib kelgan, hattoki oxirgi turlargacha umid saqlanib qolingan. Lekin, nimadir etishmaydi. Birgina nimadir so'zini esa juda keng ko'lamli, uning zamirida esa juda ko'p mulohazalar yotibdi. Bu haqida esa keyinroq gaplashamiz. Milliy jamoamiz saralash bahslarini 1 sentyabr kuni Suriyaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydigan bo'ldi, uchrashuvning ahamiyati yuqori, qiziqish baland edi. 

Saralashni g'alaba bilan boshlash esa vakillarimizga qo'shimcha kuch berishi tayin, boz ustiga shu vaqtga qadar terma jamoamiz barcha JCH saralash bosqichlarida hal qiluvchi raundni g'alaba bilan boshlamagandi. O'yindan oldin tarkibimizda ayrim yo'qotishlar ham yo'q emasdi. Markaziy himoyada Egor Krimec, Anzur Ismoilov juftligini o'ynatishni hush ko'ruvchi Samvel Babayan bu safar Krimecning diskvalifikaciyasi sabab undan foydalana olmaydi. Uning o'rnida esa markaziy yarim himoyachi Otabek SHukurov harakat qiladi.



SHu kuni o'yinga mezbonlik qilgan Toshkentdagi "Bunyodkor" stadioni muxlislar bilan to'lib toshgan, haqiqiy anshlag kuztilgan desak mubolag'a bo'lmaydi. CHempionat uchrashuvlariga qaraganda terma jamoa o'yinlariga muxlislarning ko'p tashrif buyurishiga odatiy hol hisoblanadi. CHunki bu - vatan jamoasi, vatan esa bitta, u tanlanmaydi. Tarkib, futbolchilarning saviyasi va darajasi jihatdan raqibidan ustun hisoblangan vakillarimiz uy to'p tepganiga qaramasdan jiddiy qarshilikka duch kelishgan, Suriya himoyada juda zich o'ynagan, futbolchilarimizga bo'sh hududlar qoldirmagan edi. To'p nazorati va o'yin tizgini milliy jamoamiz tomonida bo'lganiga qaramasdan to'p darvozaga kirishni istamayotgandi. 27-daqiqada jarima to'pidan uzatilgan to'pdan so'ng Islom To'xtaxo'jaev yo'llagan zarbaga raqib posboni Ibrohim Alma to'g'anoq bo'ldi. Yuqorida aytganimdek faqat hujum qiladigan jamoaga qarshi zich himoyalangan jamoa maydonga tushsa birinchi raqam ostida harakat qilgan jamoa vaziyat ko'p bo'lmaydi. Bu esa Suriya bilan bahsda o'z tasdig'ini topgandi. 

Ikkinchi bo'limning 56-daqiqasida Aleksandr Geynrixning zaxiradan maydonga tushishi barchada umid uchqunlarini uyg'otdi. CHunki, Sasha maydonga tushsa nafaqat muxlislar balki futbolchilar ham boshqacha kayfiyatda, ishonch bilan to'p tepadi. Umumiy qilib aytganda Geynrix kayfiyat o'yinchisi edi. 74-daqiqaga kelib nihoyat hisob ochildi. Burchak to'pidan so'ng Eldor SHomurodov to'pni jarima maydoniga uzatdi, Odil Ahmedovning zarbasini posbon qaytardi, qaytgan to'pni zaxiradan o'yinga qo'shilgan Aleksandr Geynrix darvozaga joylab qo'ydi - 1:0. Stadion larzaga keldi, bu tarixiy gol, bu g'alaba goli bo'lgandi. Geynrix golni o'ziga xos uslubda nishonlaydi. 


O'zbekiston - Suriya - 1:0
01.09.2016. "Bunyodkor" stadioni, Toshkent. 29411 tomoshabin.
JCH-2018 saralashi. Uchinchi bosqich. 1-tur.
Bosh hakam:
Ryuji Sato (Yaponiya)
Gol: Aleksandr Geynrix 73.
O'zbekiston: Aleksandr Lobanov, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, Islom To'xtaxo'jaev, Azizbek Haydarov (Javohir Sohibov, 67), Server Jeparov, Odil Ahmedov, Otabek SHukurov, Sardor Rashidov (Aleksandr Geynrix, 56), Igor Sergeev, Eldor SHomurodov. 


Golni nishonlash va selfi haqida Geynrixning o'zi shunday degandi: "Totti - haqiqiy afsona. Uning so'nggi o'yinini ko'rdim, futbol bilan xayrlashganini ko'rib yig'ladim. U singari golni nishonlaganimdan shodman. Suriya bilan o'yindagi selfi o'z-o'zidan kelib chiqdi. Nodirxo'ja Yuldashev menga telefonini uzatdi va ajoyib hissiyotlar ostida suratga tushdik". 

Ushb jarayonni Nodirxo'ja Yuldashev quyidagicha eslaydi: "Suriya terma jamoasiga qarshi kechgan o'yindagi selfini eslab o'tsam. Undan avvalgi o'yinda Geynrix gol urdi va men uni chaqirdim, shovqindan eshitmadi. Bu haqda mashg'ulotda unga aytganimdan keyin, keyingi o'yinda albatta selfi tushishini aytdi. O'sha kuni u ikkinchi bo'limda maydonga tushdi, gol urdi. Quvonchli lahzalar, men katta ehtimol bilan unutgan degan hayolga bordim. Bir payt meni izlab, men tomon kela boshladi. Demak yodida va telefonimni tayyorladim. Bu selfi FIFA saytida ham etirof etildi. To'g'ri, bu bir shou edi xolos". Yakunda uning goli g'alaba va uch ochko keltirgandi. 

Biz yodga olgan Sashaning goli, muhim g'alaba, takrorlanmas hissiyotlar, unutilmas lahzalarni taqdim qilgani bilan ham qadrli va ahamiyatlidir.


Quyida ushbu uchrashuvni TO'LIQ holda taqdim etamiz. 




Abdulaziz Iskandarov tayyorladi 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика