So’nggi yangiliklar

16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  0 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  1 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  4 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  10 12:15Дьокереш инглиз клуби билан келишиб олди  2 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  9 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  6 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  4 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  20 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  31 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  2

Bir o'yin tarixi. Franciyaga gol urgan Papa Buba Diop yoxud Senegalga atalgan raqs kechasi Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Franciyaga gol urgan Papa Buba Diop yoxud Senegalga atalgan raqs kechasi

Xabaringiz bor yaqinda Senegal terma jamoasining afsonasi Papa Buba Diop 42 yoshida hayotdan ko'z yumdi. Bir o'yin tarixi loyihasining bu sonini Papa Buba Diop va Senegal terma jamoasiga bag'ishlashga qaror qildik.

Senegal futboli haqida gap ketar ekan bevosita 2002 yil Yaponiya va Koreya mezbonligida o'tgan Jahon chempionati ko'z o'ngimizda gavdalanadi. CHunki ushbu mundialda bu yurt vakillari o'ziga hos tarix yaratgan, muxlislar olqishiga va etiboriga sazovor bo'lganligi bilan ahamiyatlidir. Mundial mezbonlari kabi Senegal musobaqa davomida nafaqat o'yin bobida balki natija borasida ham ko'pchilik kutmagan natijalarni qayd etgan edi. 

Jahon chempionatiga qadar uzoq masofani bosib o'tgan Senegal qura natijalariga ko'ra, Daniya, Urugvay, Franciya terma jamoalari bilan "A" guruhidan joy oladi. Tabiiyki bu kvartetda Roje Lemer murabbiyligidagi Franciya yaqqol favorit hisoblanardi. Amaldagi Jahon va Evropa chempionlarining tarkibi o'tgan turnirdan farq qilsada, mahoratli ijrochilar etarli edi. Dide Desham, Loran Blan kabi etakchilar o'z o'rnini boshqa futbolchilarga bo'shatganiga qaramay tarkibni kuchsiz deb bo'lmasdi. Roje Lemer oldida esa jiddiy muammo yuzaga kelgan, Zidan jarohati sabab guruh bosqichidagi ikki turni o'tkazib yuborishi kutilayotgandi. Darhaqiqat uning o'rni birinchi turdan o'rin olgan Senegal bilan bahsda yaqqol bilingani hech kimga sir emas. Senegal terma jamoasida esa haqiqiy Franciya falsafasi shakllangan, uslub va taktikada ham francuzlarga hos imzo ko'rinib turardi. Buning sababi esa oddiy tarkibdagi futbolchilarning yarimidan ko'pi Franciya chempionatida ishtirok etar, murabbiy Brunu Metsyu ham franciyalik edi. Etibor bering mundial paytida Papa Buba Diop ("Lans"), El Xoji Diuf ("Lans"), Aliu Sisse ("Monpele"), Koli ("Lans") Toni Silva ("Lill") deyarli yarim jamoa Franciya chempionatida to'p tepgan. 

Har to'rt yillikning nufuzli musobaqasining ochilish uchrashuvida Papa Buba Diop etakchiligidagi Senegal Franciyaga qarshi maydonga chiqadi. O'yin haqiqatdan murosasiz, kurashlarga boy o'tganligini takidlash joiz. 30-daqiqada maydon markazidan oshirib berilgan to'pni qabul qilib olgan El Xoji Diuf tezlik bilan raqib himoyasini yorib o'tadi va markazda ochilib borayotgan Papa Buba Diopga uzatadi. Uning birinchi zarbasini Bartez qaytargan bo'lsada himoyachilarning etiborsizligi natijasida Papa Buba Diop to'pni yo'llab hisobni ochadi. Ushbu vaziyatda Emanuel Peti etarlicha qarshilik ko'rsata olmagandi. Ha bu gol tarixiy gol, bu gol Franciyani gangitib qo'ygan gol, raqibning guruh bosqichida qolib ketishiga sababchi bo'lgan gol edi. Goldan xursandchiligini yashirmagan Buba Diop uni o'zgacha nishonlaydi. Burchak tomon yugurib borgan hujumchi futbolkasini echadi va erga qo'ygancha jamoadoshlari bilan raqsga tushadi. 

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida francuzlarda hisobni tenglashtirish uchun bir qancha qulay imkoniyatlar yuzaga kelgan, lekin gohida darvoza to'sini gohida esa posbon Toni Silva mahoratini namoyish qilgandi. Ayniqsa David Trezegening yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib qaytgan stadionni bir lahzaga jumbushga keltirgan edi. Yana bir vaziyatda Halilu Fadiganing zarbasiga Bartez qoyilmaqom seyv bilan javob qaytaradi. Ustunlik Roje Lemer shogirdlari tomonda bo'lsada omad ochiqchasiga ulardan yuz o'girgani ayni haqiqat. Qolgan ikki bellashuvda Daniya(1:1) va Urugvay(3:3) bilan durangga imzo chekkan senegalliklar pley offda SHveciyadan(2:1) ustun kelishadi. CHorak finalda esa musobaqaning kashfiyotlaridan biri bo'lgan Turkiyaga kichik 0:1 hisobida engilishadi. Jahon chempionatidan so'ng Senegalning ko'plab futbolchilariga boshqa chempionatlardan, kuchli jamoalardan chorlovlar tusha boshlaydi. Franciya bilan uchrashuv qahramoni Papa Buba Diop "Fulxem", El Xoji Diuf esa "Liverpul" safiga borib qo'shiladi. Ha, bu chindan ham Papa Buba Diop va Senegal terma jamoasiga atalgan kecha edi.

JCH-2002. 31.05.2002. Seul, "World sup stedium"

Franciya - Senegal 0:1

"A" guruhi. 1-tur. 62561 tomoshabin.

Bosh hakam: Ali Budjsaim (BAA)

Gol: Papa Buba Diop 30, 0:1.

Franciya: 16. Fabien Bartez, 3. Biksent Lizaryu, 8. Marsel Desayi, 15. Lilian Tyuram, 18. Frank Lebue, 4. Patrik Viera, 6. Yuriy Jorkayf, 17. Emmanuel Peti, 11. Silvan Viltor, 12. Terri Anri, 20. Devid Trezege

Bosh murabbiy: Roje Lemer

Senegal: 1. Toni Silva, 2. Omar Diaf, 4. Papa Malik Diop, 6. Aliu Sisse, 13. Lemina Diatta, 17. Ferdinand Koli 10. Halilu Fadiga, 14. Mussa Ndaye, 15. Salif Diao, 19. Papa Buba Diop, 11. El Xoji Diuf

Bosh murabbiy: Brunu Metsyu

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика