So’nggi yangiliklar

11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  0 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  1 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  9 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  3 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  28 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  7 01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  8 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  4 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  13

Bir o'yin tarixi. Evro-2004 finali. Himoyaviy o'yinni maromiga etkazgan Greciya yoxud Ronalduning ko'z yoshlari Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Evro-2004 finali. Himoyaviy o'yinni maromiga etkazgan Greciya yoxud Ronalduning ko'z yoshlari

Biz o'tgan davr mobaynida terma jamoamizda ishlagan Ektor Kuperning himoyaviy o'yinini tanqid qilib keldik.

Biroq, tarixda pragmatik futbol bilan katta natijalarga, sovrinlarga ega chiqqan terma jamoalar yo'q emas. Italiyaning JCH-2006da aynan himoyaviy futbol ko'rastib yakunda Zidan boshchiligidagi Franciyani finalda mag'lub etgandi. Bugun fikr yuritmoqchi bo'lgan terma jamoa Greciya ham Evro-2004dagi barcha o'yinlarda mudofaaga etibor qaratgan holda yakunda chempionlikni nishonlagandi.

Aniqrog'i, kuchli taktik himoya evaziga kuchli raqiblarni turnirdan chiqarib yuborgan. Umuman olganda yunonlar yirik rasmiy musobaqalarga favorit yoki etakchi jamoa sifatida qatnashmaydi, biroq o'zgacha sensaciya va kutilmagan natijalar tuhfa etadi. Portugaliyadagi musobaqada ham ko'p terma jamoalar Otto Rexagel shogirdlariga bepisand qarashadi. Bu esa o'z navbatida ularning zarariga ishlaydi. Turnirni “A” guruhida boshlgan greklarni nazariy jihatdan keyingi bosqich yo'llanmasiga ega chiqishlariga imkoniyat kam edi. CHunki, kvartetdan mezbon Portugaliya, Ispaniya va Rossiya joy olgandi. Yakunda kamtarin Greciya terma jamoasi omad va tasodif sabab guruhdan chiqib oladi. Sababi Ispaniya bilan ochkolar va to'plar nisbati teng kelib qolgandi. Greciyada 4:4, ispaniyada 2:2 to'plar nisbati yuzaga kelgandi. Qoidalarga ko'ra ko'proq gol urgan terma jamoa yani Greciya yo'llanmani qo'lga kiritadi.



Ularda o'ziga xos ishonch va kuch paydo bo'lgandi. CHorak finalda Greciyaga yulduzli tarkibga ega, Zidan etakchiligidagi Franciya taslim etiladi. Yunonlar o'z annalariga sodiq qolgan holda raqibga himoyaviy futbol taklif qiladi. O'yinda Angelos Xaristeas kiritgan yagona gol yarim final eshiklarini ochadi. Mazkur bosqichda musobaqani ko'tarinki ruhda o'tkazayotgan CHexiya terma jamoasi raqib bo'ladi. CHexiyaliklar tarkibida malum va mashhur Pavel Nedved, to'purar Milan Barosh va boshqa yaxshi saviyadagi futbolchilar harakat qilardi. Yarim finalda ham o'tgan uchrashuvdagidek scenariy takrorlanadi. Greciya 105-daqiqada Troyanos Dellas tomonidan urilgan gol g'alaba keltiradi.

Finalda esa kutilganidek Luish Felippe Skolari murabbiylik qilayotgan, tarkibi Greciyanikiga qaraganda maxoratli va yulduzli ijrochilar Figu, Deku, Pauleta, Karvalolarga ega Portugaliya kutardi. Bosh murabbiy braziliyalik Skolari ikki yil oldin Braziliyani jahon chempioni qilgandi. Bu safar ham Portugaliya bilan shohsupaga ko'tarilishga va jamoani qitada tengsiz qilishga juda yaqin kelgandi.

Ammo, raqib Greciyadan bu paytga kelib har qanday natija kutsa bo'lardi. Ikki finalchi Evropa chempionati guruh bosqichi birinchi turida uchrashgandi. Unda esa greciyaliklar kichik 2:1 hisobida g'alabani o'ziniki qilgandi. Final Lissabondagi “Da Luj” arenasida o'tkaziladi. Portugaliya uchrashuvni o'z uslubida hujumkor ruhda boshlaydi. Qanotlardan Deku va Ronalduning yurishlari ancha havfli tus oladi. Bunga javoban yunonlar hujum bilan javob qaytaradi. Darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Xaristeasga himoyachilar halaqit berib qolishadi. Ikkinchi bo'limning 57-daqiqasida Greciya uchrashuvdagi ilk burchak zarbasini ishlaydi. O'ng burchakdan uzatilgan to'pni musobaqa davomida muhim gollarni kiritgan Angelos Xaristeas boshi bilan Rikardu qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qiladi.

Butun turnirda tartibli futbol ko'rsatishga uringan Greciya shu tariqa Evropa chempionligiga ega chiqadi. Butun dunyo nigohi ularga qaratilgandi. CHunki, o'sha chempionatda Greciya kuchli taktik himoyaviy o'yin hisobiga barchadan ustun kelgandi. Skolari bellashuvdan keyingi matbuot anjumanida juda qisqa gapirgandi. “Ular o'zi yaratgan yagona vaziyatdan gol urdi. Bizda vaziyatlar ko'p bo'ldi, ammo gol urolmadik”. Darhaqiqat, germaniyalik mutaxassis Otto Rexagel jamoani uch yil davomida musobaqaga tayyorlagandi. Buni uning o'zi ham takidlagan. “Bugun uch yil davomida qilgan mexnatlarimiz samarasini ko'rdingiz. Hozir savollaringizga javob bera olmayman. CHunki, yigitlarni kirib g'alaba bilan qutlashim lozim”. Murabbiy ushbu jamoani 2010 yilga qadar boshqardi va istefoga chiqarildi.


Evro–2004. Final
Portugaliya – Greciya 0:1
04.07.2004. Lissabon(Portugaliya). “Da Luj” stadioni. 62 865 tomoshabin
Bosh hakam
: Markus Merak(Germaniya)

Gol: Angelos Xaristeas (57).

Portugaliya: Rikardu, Migel (Paulu Ferreyra, 43), Jorje Andrade, Rikardu Karvalo, Nunu Valente, Koshtinya (Ruy Koshta, 61), Manishe, Krishtianu Ronaldu, Deku, Figu, Pauleta (Nunu Gomesh, 74).
Bosh murabbiy: Luish Felippe Skolari (Braziliya)

Greciya: Nikopolidis, Seytaridis, Kapsis, Dellas, Fissas, Kacuranis, Zagorakis, Basinas, Yannakopulos (Venetidis, 76), Vrizas (Papadopulos, 81), Xaristeas
Bosh murabbiy: Otto Rexagel (Germaniya)




Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика