So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Bir o'yin tarixi. 7 ta gol urilgan "Neftchi" - "Navbahor" derbisini yodga olamiz Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. 7 ta gol urilgan "Neftchi" - "Navbahor" derbisini yodga olamiz

Teglar :  NeftchiNavbahor
Bugun Coca Cola Superligasining 13-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Navbahor" uchrashuvi bo'labi o'tdi.

Vodiy derbisi hammavaqt qizg'in va murosasiz ruhda o'tgan. Bo'lajak to'qnashuv ham shunday o'tishi kutilmoqda. Sababi, peshqadam "Navbahor" va 4-o'rindagi "Neftchi" o'rtasida 4 ochko mavjud. Mezbonlar esa mazkur g'alaba orqali ochkolar tafovutini bittaga qisqartirishi hamda 2-o'rindagi "Nasaf" bilan ochkolari sonini yana tenglashtirib olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu ham uchrashuvning shiddatli o'tishiga zamin yaratadi.

Bo'lajak o'yin oldidan jamoalar o'rtasidagi gollarga boy bo'lgan 2010 yilgi to'qnashuvni yodga olamiz. 

Mavsumning dastlabki davrasida Namanganda kechgan 11-tur bahsi 1:1 hisobida yakunlangan. Ikkinchi davrada esa 16-tur yana ularni bir-biriga ro'baro' qildi. 

Mazkur uchrashuv oldidan farg'onaliklar 14 jamoa qatnashayotgan chempionatda 13 ochko bilan 13-o'rinda borayotgandi. SHu bois, xavfli zonadan chiqish uchun ularga g'alaba suv va havodek zarur edi. "Navbahor" esa 18 ochko bilan 8-o'rinda borayotgandi. Ammo mag'lubiyat quyi pog'onalardagi raqobatchilarni o'zidan o'tkazib yuborishiga sabab bo'lishi mumkin edi. Qolaversa, derbi maqomi ham jamoalarning bor kuchi bilan kurashishi lozimligini anglatardi.

Farg'onadagi qarama-qarshilikning 10-daqiqasidayoq Mansur Saidov hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Taym yakunlanishi arafasida esa Elyor Jahonov hisobni tenglashtirdi. Ammo Alisher Xoliqov 45-daqiqada yana mezbonlarni oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo'lim ham gollarga yana-da boy bo'ldi. Evgeniy Sayko taym boshida hisobni tenglashtirdi. 54-daqiqada Anvar Berdiev 11 metrli nuqtadan adashmadi. G'ayrat Jo'raev 67-daqiqada uchinchi bor hisobni tenglashtirdi. SHerzod Hakimov o'yin yakunlanishi arafasida to'rtinchi bor jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, biroq namanganliklar bu safar hisobni tenglashtirisha olmadi. 

"Neftchi" — "Navbahor" 4:3

"Markaziy stadion" (Farg'ona)

Gollar: Mansur Saidov (10), Alisher Xoliqov (45), Anvar Berdiev (54, pen), SHerzod Hakimov (83) — Elyor Jahonov (39), Evgeniy Sayko (48), G'ayrat Jo'raev (67)

"Neftchi": Yuriy Coy, Vladimir Radkevich (Dilyorbek Ermatov, 57), Iqbol Boboxonov, Mansur Saidov, Iqbol Akramov, Sardor Mirzaev (Islom To'xtaxo'jaev, 58), Sanjar Asqaraliev, Baxtiyor Yoqubov, Anvar Birdiev, Alisher Xoliqov, Oybek Nurboev (SHerzod Hakimov, 79)

"Navbahor": Oleg Gorvic, Rahmatullo Berdimurodov, Doniyor Usmonov, Evgeniy Sayko, Sunnatilla Mamadaliev, Elyor Jahonov (Abdumalik Abdullaev, 86), Timur Ayzatulov (Ilhom Boydadaev, 78), Maksim Krivoy (Ivan Nagaev, 67), Otabek Valijonov, G'ayrat Jo'raev

Ogohlantirishlar: Evgeniy Sayko (6), Otabek Valijonov (29), Oybek Nurboev (43), Iqbol Akramov (49), Doniyor Usmonov (53), Ilhom Boydadaev (78), Sanjar Asqaraliev (90), Sunnatilla Mamadaliev (90)

SHu tariqa, "Neftchi" muhim g'alabaga erishib, turnir jadvalida 10-o'ringa yuqoriladi. "Navbahor" esa bir pog'ona pastlab, 9-o'ringa joylashdi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика