So’nggi yangiliklar

17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3

Bir nechta futbolchilari jarohat olgani aytilgan Avstraliya mashg'ulotlarga zo'r beryapti Yangiliklar

Bir nechta futbolchilari jarohat olgani aytilgan Avstraliya mashg'ulotlarga zo'r beryapti

Bugun O'FA matbuot xizmati Avstraliya bilan o'yin bo'lmasligi hamda o'rniga Tailand varianti tanlangani haqida xabar berdi.

O'FAning dastlabki xabariga ko'ra, milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga uchishdan oldin 29 may kuni Dubayda Avstraliya termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi lozim edi. Lekin nimadir bo'ldi-yu, bu o'yin bekor qilindi. O'FA matbuot xizmati buning sababini Avstraliya terma jamoasi futbolchilari jarohat olgani bilan izohlagan. 

Malumot uchun, Avstraliya terma jamoasi 25 maydan mashg'ulotlarni boshladi va shu kuni terma jamoa bosh murabbiyi Grexem Arnold 31 futbolchidan iborat tarkibni elon qildi. Mashg'ulotlarga kirishganiga endi ikki kun bo'lgan "sokkeruzlar"ning birdaniga bir nechta futbolchisi jarohat olganini o'qish negadir ishonchli chiqmayapti. CHunki ularning matbuoti butunlay teskari gaplarni aytyapti. 

Avstraliya terma jamoasining rasmiy saytida ham, Tvitterdagi akkauntida ham mashg'ulotlar zo'r ketayotgani haqida yozishmoqda, turli qiziq videolar va fotolarni berishyapti. Bundan tashqari, Avstraliya terma jamoasi saytida O'zbekiston bilan o'yin bo'lishi yoki bekor qilingani haqida shu paytgacha bir og'iz ham gap yozilmadi. Balki ularning bundan umuman xabari bo'lmagandir. Quyidagi suratlarga qarang, bir nechta futbolchisi jarohat olgan jamoaga o'xshaydimi?

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика