Bir necha kun oldin yo'qolgan SHveycariya ayollar terma jamoasi azosining jonsiz tanasi ko'l tubidan topildi
03 iyu 2019 01:05
Yangiliklar
Bir necha kun oldin yo'qolgan SHveycariya ayollar terma jamoasi azosining jonsiz tanasi ko'l tubidan topildi
Yang Boyz klubi hamda SHveycariya ayollar terma jamoasi futbolchisi Floriana Ismaili Italiyaning Komo shahridagi ko'llardan birida yo'qolib qolgandi.
Xabarlarga ko'ra, 24 yoshli Ismaili dugonasi bilan motorli qayiqni ijaraga olib, qirg'oqdan 700 metr uzoqlikka suzib borishgan. Yaqin do'stining so'zlariga ko'ra, Floriana suvga sho'ng'igan va boshqa qaytib chiqmagan.
«U meni qo'rqityapti deb o'ylab, qayiqning boshqa tomonidan chiqishini kutgandim. Biroq, bunday bo'lmaganidan so'ng, men baqirishni boshladim. Keyin esa qutqaruchilarni yordamga chaqirdim», – deya qayd etgan uning dugonasi.
Bir necha kunlik jadal qidiruv ishlaridan so'ng, Ismailining jonsiz tanasi ko'lning 204 metrlik chuqurligidan topilgani malum bo'ldi. Biroz vaqtdan so'ng, qutqaruvchilar uni suvdan olib chiqishgan va yaqin oradagi tibbiy binoga olib borib, oila-azolariga bu haqda xabar berishgan.
Fikrlar