So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Барселона"нинг ғалабали серияси 8-ўйинга келиб якунланди, "Осасуна" Каталония жамоасига 4та гол урди  118 01:25Давид Сильва: "Футбол роботлашиб қолди, иқтидорларда эркинлик кам. Бугун тики-такани кўриш қийин"  0 00:10Эрон чемпионати. "Фулад" ва Юсупов ўз уйида "Зоб Ахан"дан устун келди  1 00:00РПЛ. "Акрон" меҳмонда "Ростов"дан устун келди, Шерзод Эсанов эса...  1 23:40Бундеслига. "Бавария" ва "Байер" ўртасидаги марказий ўйинда дуранг қайд этилди  3 23:30АПЛ. Салоҳнинг голи "Ливерпуль" меҳмонда "Вулверхэмптон" устидан ғалабани тақдим этди  4 23:03Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда мағлубиятга учради, Алиқулов 90 дақиқа ҳаракат қилди  1 22:57А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Женоа"ни йирик ҳисобда таслим этди  3 22:33Карло Анчелотти: "Атлетико" кучлироқ бўлди, улар "Реал" ва "Барселона" билан чемпионлик учун курашишади"  0 22:00Лига 1. "Ланс" ўз майдонида "Ницца" билан дуранг қайд этди, Ҳусанов доимгидек ўйиннинг энг яхши ўйинчиси бўлди  15 21:34Илёс Зейтуллаев: “Дуранг биз учун жуда қониқарли натижа эмас”  6 21:26Рўзиқул Бердиев: “Биринчи голдан сўнг эътиборсизликка йўл қўйдик”  13 21:14АПЛ. "Арсенал" "Лестер"га қарши ўйинда 90+2 ва 90+9 дақиқаларда урган голлари эвазига ғалабага эришди  8 19:59Палмер рекорд ўрнатди  12 19:39"Реал" собиқ ҳужумчиси: "Ямаль келажакда буюк футболчилардан бирига айланиши мумкин"  7

Bir mavsum qurboni: Darvin Nunes "Liverpul"da o'zini topolmayapti (mutolaa uchun) Yangiliklar

Bir mavsum qurboni: Darvin Nunes "Liverpul"da o'zini topolmayapti (mutolaa uchun)

Urugvaylikning "Enfild"dagi muammolari haqida gaplashamiz.

"Liverpul" har qanday o'yinchini o'z safiga qo'shib olishga qodir bo'lgan klublar qatoriga kirmaydi. Ammo, "qizillar" vaqti-vaqti bilan yaxshigina katta transferlarni amalga oshirib turishadi. Mersisaydliklar tez-tez yangi o'yinchilar bilan adashmagan bo'lishadi, ammo boshqa ingliz klublari kabi shoshqaloq qaror qabul qilishi ham mumkin. Hozircha hamma "Liverpul"ning asosiy yulduzi Muhammad Salohning kelajagini muhokama qilayotgan ekan, "qizillar"da boshqa futbolchi bilan bog'liq yana bir muhim savol paydo bo'ldi. Uning shartnomasi yana 4 yilga mo'ljallangan bo'lsa ham, aslida barchasi oddiy emas.

Mersisaydliklarni 2022 yilning yozida Sadio Mane tark etdi. Katta hujumkor trio senegallik "Bavariya"ga o'tganidan so'ng barbod bo'ldi. "Liverpul" bunday o'yinchi ketganidan so'ng hujumini mustahkamlashi kerak edi. "Qizillar" Darvin Nunes tanlovida qolishdi. "Benfika"ning yosh forvardi Portugaliya chempionatida 26ta gol urgan holda juda yaxshi mavsum o'tkazgandi. Tabiiyki, top klublar bunday futbolchiga etibor qaratishdi. Ammo, barcha ham "burgutlar" bilan muzokaralarga kirishishga shoshishmadi. Birinchidan, ularning o'z o'yinchilarini juda yuqori baholashi malum. Ikkinchidan, urugvaylik faqatgina bitta yaxshi mavsum o'tkazdi.



Mersisaydliklar tavakkal qilishdi. "Enfild"da yosh va energiyaga to'la hujumchi bilan shartnoma imzolash to'g'ri g'oya bo'ladi deb hisoblashdi. U to'g'ridan-to'g'ri Manening o'rinbosar emasdi, ammo yangi o'yinchi kelganidan bir yil o'tib klubni tark etgan Roberto Firminoning o'rnini egallashi kerak edi. "Liverpul" Nunes uchun 85 mln evro to'lagan holda, uni klub tarixidagi eng qimmat o'yinchiga aylantirdi. Albatta, "Benfika"dagi yorqin mavsum va "Enfild"dagi shov-shuvli o'tishdan so'ng yigitchaga katta etibor qaratildi. Bosim ham shunday edi. Ulkan pullar to'lanadigan forvarddan tabiiyki gollar kutishadi.

Davrin APLdagi juda yaxshi debyut qildi. U mavsumdagi ilk o'yinidayoq "Fulxem"ga qarshi maydonda atigi 39 daqiqa harakat qilib, bitta gol va bitta assistga erishdi. Ammo, u keyingi o'yinda qizil kartochka oldi va uchta bahsni o'tkazib yubordi. Maydonga qaytgan Nunes "Arsenal", "Vest Xem", "Sautgempton" va "Nyukasl"ga qarshi muhim gollarni urdi, ammo buni muntazam qilmadi. APLdagi yuqori bo'lmagan samaradorlik u to'rtta o'yinda ketma-ket gol urgan CHempionlar ligasi bilan yopilib ketdi. Umuman olganda, hujumchi butun mavsum barcha musobaqalarda 42ta o'yinda 15ta gol urdi.

Ammo, APLdagi 9ta gol – 85 mln evrolik o'yinchi uchun kam. Buni barcha tushundi, shu sabab Davringa ko'proq bosimlar o'tkazilishi boshlandi. Ammo, ilk mavsum o'yinchini ko'chib kelishi va adaptaciyani takidlagan holda, uni qo'llab yuborish mumkin edi, endilikda undan ikkinchi mavsumda katta o'zgarishni kutishdi. Bu ro'y bermadi. Boshqa tomondan, samaradorlik jihatdan. Davrin haqiqatdan ham birinchidan ko'ra ikkinchi mavsumni yaxshiroq o'tkazmoqda. U APLdagi 11to'p kiritdi – bu o'tgan yilgidan 2 karra ko'proq. Ammo, bu kam, hatto darvozaga tez-tez zarba berishi va mo'ljaldan ko'p adashishini hisobga olganda ham.



Nunesning joriy mavsumdagi realizaciyasi 10%dan biroz oshiqroqni tashkil etadi (11,11). Bu top klub forvardi uchun aql bovar qilmas darajada, bundan tashqari mavsumning katta qismida chempionlik uchun kurashadigan jamoa uchun kam. Hatto Xosep Gvardiola aytganidek, aynan yomon realizaciya "Liverpul"ning hech narsaga davogarlik qila olmaganining asosiy sababi. Bunda faqat Darvin aybdor emas, ammo u jamoada eng ko'p darvoza tomon zarba beradi.U joriy mavsum APLda 106ta zarba berdi va atigi 11tasi darvoza to'ridan joy oldi. Futbolchi bir yil oldin 85ta zarbadan 9ta gol urgan. Urugvaylik o'zining "Benfika"dagi yulduzli mavsumida shuncha zarba berib, 26ta to'p kiritgan.

Nunes joriy mavsum APLda 27ta ehtimoliy golli vaziyatdan foydalana olmadi. Undan ko'p faqatgina "Manchester Siti" forvardi Erling Xolandda (32). Ammo, norvegiyalik 27ta to'p kiritgan va ligadagi eng yaxshisi hisoblanadi, uning jamoasi esa chempionga aylandi. Ikki o'yinchi ham APLga bir vaqtda kelgan bo'lsa ham, Nunesning ishlari ancha yomon, Xoland uchun esa 25 million kam to'lashgan. Urugvaylik ikki mavsumda jami 191ta zarba berib, 20ta to'p kiritdi. Barcha turnirlarda esa 281ta zarbadan 33ta gol. Nunes shuningdek ligada hammadan ko'p ofsaydga tushib qoladi, bu ko'rsatkich joriy mavsumda 32ta.

Ammo, barchasi faqatgina yomon bo'lishi mumkinmas. Ijobiy taraflari ham bo'lishi kerak. Ular bor. Darvin yaxshi assistent. U joriy mavsum APLda 8ta assist qayd etdi. Bu assist bo'yicha yaxshi ko'rsatkich va bu uning butun faoliyatidagi eng yaxshi ikkinchi ko'rsatkichdir. U 90 daqiqada o'rtacha 0,36 assist bermoqda, yomon emas. SHuningdek, Nunesda Saloh bilan yaxshi bog'lam yuzaga kelgan. U sakkizta assistidan beshtasini misrlikka bergan. Agar ikki o'yinchi ham "Enfild"da qolsa, bu kelajakda foydali bo'lishi mumkin. Misrlik bilan barchasi aniq emas, urugvaylik bilan ham.



"Liverpul"ning bir yo'la bir necha sobiq o'yinchilari "qizillar"ni Darvin bilan hamkorlikni qilishni davom ettirish maqsadga muvofiqligi yoki yo'qligini ko'rib chiqishga chaqirishdi. Buni tushunish mumkin. U 2 mavsumda o'zi uchun to'langan pulning yarmini ham oqlamadi. SHu o'rinda savol tug'iladi, mersisaydliklar bunday holatda o'yinchini yaxshi pulga sota olishadimi? Ehtimol Nunesga yana bir imkoniyat berish kerakdir. "Liverpul"ning keyingi murabbiyi yoshlarni sevadigan va ular bilan ishlashni biladigan Arne Slotdir. Ehtimol bundan nimadir chiqar.

Davrinning vaziyati "Benfika"dagi bitta ajoyib mavsumdan so'ng "Atletiko"ga yo'l ola bilgan, ammo aslida katta tanqidlardan tashqari hech narsa o'xshamagan boshqa yigitni eslatmoqda. Portugaliya ligasidagi bitta yaxshi mavsum top klubga o'tish uchun etarli bo'lishi mumkin. Ammo, vaqt ko'rsatganidek, bu bunday klubda mustahkam qolish uchun hech qanday kafolat yo'qligini ko'rsatmoqda. SHu bilan, Slotning kelishi urugvaylikni umidlantirishi kerak. Mutaxassis "Feyenoord"da deyarli gollarsiz bo'lgan forvard Santyago Ximenes bilan shartnoma imzoladi, u hozirda jamoaning eng yaxshi to'purari. Ammo, Darvin barchasini o'z qo'liga olishi kerak. Vaqt unga qarshi ishlamoqda.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика