So’nggi yangiliklar

00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  47 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2

Bir marta chempion va bir marta ikkinchi o'rin yoxud Avstraliya OFKga o'tganidan beri nimalarga erishdi? Yangiliklar

Bir marta chempion va bir marta ikkinchi o'rin yoxud Avstraliya OFKga o'tganidan beri nimalarga erishdi?

Avstraliya terma jamoasi mana 10 yildirki OFK azosi sifatida yirik musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda.

2005 yil OFKga qo'shib olingan Avstraliya 2006 yildan boshlab Osiyo Kubogi saralash o'yinlarida ishtirok etishni boshlagan. Bu jamoa Osiyo chempionatida ilk uchrashuvini 2007 yilning 8 iyul sanasida Ummonga qarshi o'tkazgan. O'sha uchrashuv Tailand poyxati Bangkok shahrida bo'lib o'tgandi.


Avstraliya yangi qitaga va umuman yangicha futbolga birdaniga emas, balki sekin-asta moslashib bordi. Bu jamoa Osiyo Kubogi-2007da o'zini ko'rsata olmadi. Avvaliga Ummon bilan 1:1 o'ynagan "sokkeruzlar" keyinchalik amaldagi chempion Iroqqa 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Guruhdagi oxirgi o'yinda esa Avstraliya Tailandni 4:0 hisobida engib bir amallab keyingi bosqichga yo'l oldi.

CHorak finalda Avstraliyani Yaponiya kutib turardi. Qiziqarli kechgan bahs 1:1 hisobida tugaydi. O'yin penaltilar seriyasiga qadar etib boradi va bunda Garri Kyuell bilan Lukas Nilning xatosi sabab Avstraliya yutqazib qo'yadi. Yaponiya esa yarim finalga yo'l oladi. SHunday qilib Avstraliyaning Osiyo Kubogidagi ilk ishtiroki chorak finalda o'z yakuniga etadi.


Oradan to'rt yil o'tib Avstraliya ikkinchi bor yana shu nufuzli musobaqada ishtirok etdi. Endilikda Avstraliya ancha pishgan, Osiyo futboliga to'liq moslashib, shu bilan birga tajribasi oshgan jamoa sifatida shakllangandi.

Osiyo Kubogi-2011 Avstraliya uchun omadli boshlandi. Birinchi o'yindayoq Hindiston 4:0 hisobida mag'lub etildi. Olger Osiek shogirdlari keyingi turda Janubiy Koreya bilan 1:1 o'ynagan bo'lishsa, oxirgi uchrashuvda Bahrayn ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Natijada "sariqlar" birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l olishadi. CHorak finalda Avstraliya to'rt yil avval o'zini mag'lub etgan Iroq bilan ro'baro' keladi va bu safar o'sha mag'lubiyat alamini olib 1:0 hisobida g'alabaga erishadi. Avstraliya uchun keyingi bekat O'zbekiston bo'ladi. Bu o'yinda nimalar bo'lgani hamon yodingizda bo'lsa kerak. Avstraliya bizni 6:0 hisobida mag'lub etadi.


Musobaqaning hal qiluvchi final bahsida esa Avstraliya Yaponiyaga to'qnash keladi. O'yinning asosiy vaqtida hisob ochilmaydi. 109-daqiqada yaponiyalik Tadanari Li gol urib jamoasiga chempionlikni olib keladi. Avstraliya esa ikkinchi o'rin bilan cheklanadi.

Osiyo Kubogi-2015 mezbonligi uchun kechgan kurashda Avstraliya barcha raqiblarini ortda qoldiradi. OFK har to'rt yillikning eng katta turniri "sariq qita"da bo'lib o'tishini rasman malum qilgach, Avstraliya musobaqaga tayyorgarlikni boshlab yuboradi. O'yinlarni qabul qiluvchi shaharlar sifatida Sidney, Melburn, Brizban, Kanberra va Nyukasl ko'rsatiladi.

Yangi bosh murabbiy Ange Postekoglu qo'l ostida avstraliyaliklar "A" guruhidan joy olishadi. Bu jamoa uchun turnir juda yaxshi start oladi. Birinchi o'yinda Quvayt 4:0, keyingi bahsda Ummon 4:0 hisobida mag'lub etiladi. Esingizda bo'lsa, o'sha musobaqada Tim Keyxill bilan Massimo Luongo porlagandi. 

Lekin Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda omad mezbonlardan yuz o'giradi. Koreyaliklar 1:0 hisobida Avstraliyani mag'lub etishadi. SHunga qaramay mezbonlar ikkinchi o'rin bilan guruhdan chiqishadi. CHorak finalda Avstraliya narigi guruhdan yuz foizlik natija bilan chiqqan Xitoyga qarshi to'p tepadi. O'yin Tim Keyxill benefisiga aylanadi va uning ikkita goli mezbonlarni yarim final sari etaklaydi. 

Yarim finalda BAAni ham 2:0 hisobida dog'da qoldirgan Avstraliya o'z tarixida ikkinchi bor Osiyo Kubogining finaliga yo'l oladi. 31 yanvar kuni Sidneydagi "Stadium Australia" stadioni muxlislar bilan to'lib toshadi. 76 mingdan ziyod muxlis Avstraliya - Janubiy Koreya bahsini ko'rish uchun kelgandi.

Butun musobaqa davomida chiroyli o'yin ko'rsatgan Massimo Luongo final uchrashuvida hisobni ochadi. 90-daqiqa o'tib borayotgan bir paytda Son Xyong Min gol urib hisobni tenglashtiradi va bahs qo'shimcha daqiqalargacha davom etadi. Ammo 105-daqiqada Jeyms Troizining goli nihoyat Avstraliyaga ilk bor Osiyo chempioni degan nomni taqdim etadi.




Albatta, Avstraliya OFKga kelib qo'shilganidan beri faqat shu yutuqlar bilan cheklanib qolgani yo'q. Bu jamoa jahon chempionati saralash bosqichlarida ham osongina o'z maqsadiga erishib kelmoqda. Avstraliya OFKga o'tganidan beri JCH-2010 va JCH-2014da qatnashdi va har ikkala safar saralash o'yinlarini deyarli qiyinchiliksiz o'tkazdi. 

Aytish mumkinki, Avstraliya OFKga kelib qo'shilganiden beri boshqa terma jamoalar kabi O'zbekiston termasi uchun ham boshog'riqqa aylangan. Xususan biz bu jamoaga qarshi shu paytgacha uch marta o'ynagan bo'lsak, uchalasida ham mag'lub bo'lganmiz, qolaversa birorta gol ura olmaganmiz. OFK esa Avstraliyaning Osiyoga qo'shilganidan xursand va 2019 yil BAAda bo'lib o'tadigan navbatdagi Osiyo chempionatida g'oliblikka asosiy davogar sifatida ko'rmoqda. 

X.Xoliqov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика