So’nggi yangiliklar

14:52"Митти камера". Драмага айланиб кетган тўқнашувда "Андижон" финалга чиқди  0 14:36Сон Хён Миннинг отаси жазоланди  0 14:03Ди Мария фаолиятидаги энг ёмон мураббий ким бўлганини айтди: "Шубҳаларингиз бўлса, уларни тарқатиб юборишга тайёрман"  5 13:51"Навбаҳор" финалда. Водийликларга аталган кундан ГАЛЕРЕЯ  4 13:37АПЛда ёзги трансфер ойнасида энг кўп харажат қилган клуб номини биласизми?  1 13:13Хитойдаги халқаро ўртоқлик ўйинлари учун Ўзбекистон ёшлар терма жамоасига кимлар чақирилди?  2 12:13"Андижон" ярим ҳимоячиси: “Тарих яратишимиз кераклигини билиб тургандик”  6 12:0040 млн. еврога сотиб олинган футболчи яна ижарага бериб юборилди  0 11:43МЮ тарбияланувчиси "қизил иблислар"нинг ҳимоядаги ўйинини танқид қилди  0 11:02Европанинг бошқа жамоасига ўтолмаган Осимхен "Наполи"га ультиматум қўйди  1 10:35Бир қатор ТОП клублар қизиққан ёш футболчи фаолиятини МЮда давом эттиради  3 10:07"Андижонликлар келди, андижонликлар финалда"! "Андижон" - "Сурхон" учрашувидан ФОТОГАЛEРEЯ  10 09:48"Арсенал" "Барселона" собиқ футболчиси билан шартнома тузди  1 09:17"Ал Иттиҳод" 1 йил аввал сотиб олган футболчисини деярли 4 баравар арзонроқ сотди  0 08:50"Рома" ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома тузди  0

Bir klub tarixi: "Paxtakor" - xalq jamoasi Yangiliklar

Bir klub tarixi: "Paxtakor" - xalq jamoasi

"Championat.asia"da "Bir klub tarixi" rukni davom etadi.

"Paxtakor" - xalq jamoasi. Darhaqiqat, klub millatning va xalqning mehriga sazovor bo'lgan, erishgan yutuqlari, qayd etgan natijalari bilan muxlislarni his-hayajonda ushlab turgan jamoadir. O'zbekning qaysi mahallasi yoki xonadoniga qadam ranjida qilmang "Paxtakor" haqida to'lqinlanib hikoya qiladigan insonlarni uchratishingiz hamda "sariq-ko'klar" to'g'risida soatlab suhbat qurishlariga guvoh bo'lishingiz mumkin.



"Otamning Paxtakori"


Bolalik chog'larim yodimda. Uyimizda "cherno-belyy" televizorimiz bo'lardi. Bobom ko'pincha ishdan charchab kelib, shu televizorda futbol ko'rardilar. Men ham ko'pincha ularga qo'shilishib o'yinlarni tomosha qilar edim. Hali maktab yoshiga to'lmagan bo'lsam ham futbolni o'zgacha intiqlik bilan kutib, hovlimizdagi so'rida zavqlanib kuzatardim. Bobom ko'pincha faqat bir jamoaning o'yinlarini ko'rishi va uchrashuv vaqtida har zamonda o'yinchilarni asabiylashib koyib qo'yishlari meni ajablantirardi. Hali hamon esimda o'sha bobom muxlislik qiladigan jamoa libosinig chap tepa tomonida paxta chanog'ini rasmi meni ko'proq o'ziga tortardi va bugungi kunda ham o'sha epizodlar hayolimda takror gavdalanadi. Bir kuni bolalikdagi qiziqishim ortib bobomga yuzlanib so'radim:

- Bobojon. Siz bunchalik kimga ishqibozlik qilasiz?
- "Paxtakor"ga.
- U kimniki?
- U xalqniki bolam! - deya javob berganlari hamon yodimda.

Bolaligimdagi o'sha suhbatni haligacha esimdan chiqarmayman. Ulg'ayib futbolga mehr qo'yib, shu kichik dialog negizida nechog'lik katta mano borligini his qildim. Yillar o'tib bobom muxlislik qilgan jamoaning o'zbek futbolida tutgan o'rni beqiyosligi va millatning har bir fuqarosi uchun qadrli ekanligini anglab etdim. Bag'rikeng o'zbek xalqi sharafini munosib himoya qilgan, yurtdoshlarimiz ko'ngliga olam-olam quvonch olib kira olgan va futbolimiz ko'zgusi bo'lgan jamoaning moziydagi tarixiga nazar tashlagan holda, "sherlar"ning erishigan yutuqlari haqida siz aziz muxlislar bilan bo'lishishni ixtiyor etdim.



Mamlakatning 12 karra chempioni va 11 bora kubok sohibi bo'lgan klubga 1956 yil 8 avgustda asos solingan. Sobiq ittifoq chempionatlarining 36 mavsumi ishtirokchisi hamda 1992 yildan buyon O'zbekiston Oliy ligasining doimiy qatnashchisi bo'lgan "sherlar"ning erishgan natijalari quyidagi raqamlarda aks etgan.

Erishgan natijalari:

O'zbekiston chempioni: (12 marta)
1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015, 2019 yillardagi mavsum.
Kumush medal sohibi: (6 marta)
1993, 2001, 2008, 2009, 2010, 2018 yillardagi mavsum.
Bronza medal sohibi: (2 marta)
2011, 2017 yillardagi mavsum.
O'zbekiston kubogi sohibi: (11 marta)
1993, 1997, 2001, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009, 2011
yillardagi mavsum.
O'zbekiston kubogi finalchisi: (3 marta)
1996, 2008, 2018 yillardagi mavsum.
MDX kubogi sohibi: (1 marta)
2007 yildagi mavsum.

1992 yilgi tarkibi


Klubning yangi tarixi


1992 yilgi mavsumdan etiboran "sherlar" O'zbekiston Oliy ligasi o'yinlarida ishtirokini boshlagan. Birinchi mavsumning o'zidayoq chempionlik uchun mashaqqatli yo'l bosib o'tildi. Farg'onaning "Neftchi" klubi toshkentliklarga haqiqiy "bosh og'rig'i" vazifasini o'tab berdi. CHempionlik masalasi so'nggi turga qadar davom etdi va yakunda mazkur ikki klubning ochkolar soni 51 tani tashkil qildi. Keskin bellashuvlar va murosasiz kechgan o'yinlar bilan yodda qolgan Oliy liganing dastlabki mavsumidagi chempionlik "Paxtakor" va "Neftchi" jamoalariga nasib etdi. Qo'shchempionlik qayd etilgan mavsumda "sariq-ko'klar"ning mohir hujumchisi Valeriy Kechinov 24ta gol bilan chempionat to'purariga aylandi. Bosh murabbiy Ahrol Inoyatovning jamoa bilan qo'lga kiritilgan muvaffaqiyati shu tariqa o'zbek futboli tarix zarvaraqlarining bosh sahifasiga muxrlandi.

Oliy liganing dastlabki mavsumlarida "Paxtakor" jiddiy raqiblar bilan hisoblashishiga to'g'ri kelgan. Jumladan, klub 1992 yilgi chempionlikdan so'ng oradan olti mavsum o'tibgina yana "taxt"ga qaytganiga guvoh bo'lishimiz mumkin. O'sha vaqtlarda Yuriy Sarkisyan boshchiligidagi "Neftchi" klubi Oliy liganing haqiqiy gegemoni edi. Qolaversa, "Navbaxor" va MHSK jamoalarining kuchli o'yinlari va chempionlik masalasini hal qilishlari sabab toshkentliklarning shohsupaga qaytishi bir necha yillarga cho'zildi. 1998 yilga kelib poytaxtliklar braziliyalik Uberaja Vega da Silva boshchiligida o'zlarining ikkinchi chempionliklarini qo'lga kiritishdi. Mavsum yakunida azaliy raqib "Neftchi" jamoasini olti ochko farqi bilan ortda qoldirishdi hamda klub futbolchilari Igor SHkvirin hamda Mirjalol Qosimovlar 22tadan to'p kiritgan holda chempionat to'purari bo'lishdi. SHuningdek, o'sha chempionlik masalasini hal qilishda klub futbolchilari Yorqin Nazarov, Otabek Pirmatov, K.Andersson, Murod Aliev, Baxtiyor Ashurmatov, Nikolay SHirshov, Azamat Abduraimov, Bahodir Qambaraliev, Rustam SHoymardonov va boshqa charm to'p ustalarining xizmatlari katta bo'lganligini keltirib o'tish o'rinlidir. Keyingi mavsumlarda esa ichki birinchilik bahslarida "Do'stlik" va MHSK jamoalarining yakkahokimligi natijasida "sherlar"ning sovrindorlar qatoridan joy olishi biroz qiyinlashdi. 2001 yilgi kubok bahslaridagi g'oliblikni hisobga olmaganda klub chempionlik masalasini oradan to'rt yil o'tibgina qo'lga kiritdi. 2002 yilgi mavsum Viktor Jalilov va turkmanistonlik mutaxassis Tajmurat Agamuradov boshchiligida yangidan shakllangan tarkib va taktika asosida mavsumni boshlashdi. Aynan o'sha davrdan boshlab bir chiziqli himoyaga o'tildi va yangi nomlar kashf etildi. Hususan, Aleksandr Geynrix, Ignatiy Nesterov, Server Jeparov kabi yosh futbolchilar klubda o'zlarini har tomonlama ko'rsata oldi va mavsum yakunida oltin medallarni qo'lga kiritgan holda, uchinchi chempionlik nishonlandi. Keyinchalik qatorasiga 6 mavsum bu unvonni hech kimga berishmadi. 2003 yil klub uchun ancha omadli boshlandi. Ichki birinchilikdagi mazmunli o'yinlar bilan birga, Osiyo maydonlarida ham o'zlarini ko'rsata olishdi. Yangidan tashkil etilgan Osiyo CHempionlar ligasida guruh bahslaridagi ishtirokini ajoyib tarzda o'tkazdi. Uyda o'tgan uchrashuvlardagi dastlabki ikki bahsda Ashhobodning "Nisa" va Iroqning "Al Talaba" klublarini bir xil 3ta to'p farq bilan mag'lubiyatga uchratishdi hamda kvartetning so'nggi o'yinida Eronning o'sha davrlardagi mashhur jamoasi "Piruzi" jamoasini mag'lubiyatga uchratgan holda musobaqaning pley-off bosqichiga yo'llanma olishdi. Yarim finalda esa Bangkokning "BEK Tero Sasana" klubiga qarshi bo'lib o'tgan birinchi uchrashuvda 1:3 hisobida mag'lubiyat qayd etildi. Javob bahsida esa Terdsak CHayman sardorligidagi jamoa davrozasiga S.Jeparov tomonidan kiritilgan yagona gol yakunda "Paxtakor" uchun etarli bo'lmadi va musobaqadagi ishtirokini yakunlashga majbur bo'lishdi. SHunga qaramasdan, Oliy liga bahslarida navbatdagi chempionlik tantana qilindi.

OCHL. 2003 yildagi tarkib


2004 yilda klub yana OCHL guruh bahslarini muvaffaqiyatli yakunlab chorak finalga chiqdi. Mazkur bosqichda Abu-Dabining "Al Vahda" jamoasi ustidan ishonchli g'alabaga erishgan holda yarim finalga yo'llanma olishdi. J.Koreyaning "Sonnam Ilva CHunma" jamoasiga qarshi finalga chiqish uchun kechgan uchrashuvlarda ijobiy natija qayd etolmagan toshkentliklar qatorasiga ikki mavsumda ham OCHL yarim finalida yurishlarini to'xtatishga to'g'ri keldi. Keyingi mavsumlarda ham jamoa mamlakat birinchiligi va kubok bahslarida g'oliblikni hech kimga bermadi. Rossiyalik mutaxassis Valeriy Nepomnyashhiy klubga bosh murabbiy etib tayinlangandan so'ng bir necha yoshlar asosiy tarkibga jalb etildi. Jumladan, Odil Ahmedov, Ilhom Suyunov, Sadriddin Abdullaev, Anzur Ismoilov singari yosh futbolchilar kashf etildi. Valeriy Kuzmich boshchiligida jamoa Oliy ligadagi ettinchi chempionligiga, kubok bahslarida esa sakkizinchi billur sovriniga erishdi. SHuning bilan birgalikda, klub tarixidagi yorqin g'alaba qo'lga kiritildi. "MDH kubogi" finalida Latviya chempioni "Ventspils" klubi penaltilar seriyasida darvozabon Temur Jo'raevning mahorati evaziga mag'lub etildi. 2008 yilgi birinchilik Oliy liga mavsumlaridagi eng shiddatli o'tgan bahslar bilan yodda qoldi. "SHerlar" uchun chempionatdagi asosiy raqobatchi "Bunyodkor" katta sahnaga chiqdi. "Qaldirg'ochlar"ning olamshumul transferlari nafaqat mamlakatimiz va Osiyo, balki dunyo OAVlarini "portlatdi". Qolaversa, "sariq-ko'klar"ning asosiy o'yinchilari Timur Kapadze, Server Jeparov, Ignatiy Nesterov raqib jamoa tarkibiga o'tib ketishgandi. SHundan so'ng, ichki birinchilikda "Bunyodkor"ning gegemonligi boshlandi. 2009 yilgi kubok finalida Stanislav Andreevning yagona goli evaziga "qaldirg'ochlar" ustidan qozonilgan g'alabani hisobga olmaganda "Paxtakor" aytarli yutuqlarga erisha olmadi. 2012 yilgi mavsumga kelibgina toshkentliklar Murod Ismoilov boshchiligida yana "taxt"ga qaytishdi va bu safar uchta frontda "jang" qilgan Mirjalol Qosimov boshchiligidagi "Bunyodkor"ni atigi ikki ochko farqi bilan quvib o'tishga muvaffaq bo'lishdi. 2014 va 2015 yilgi Oliy liga mavsumlarida klub tizimida bir necha o'n yillar faoliyat olib borgan Samvel Babayan qo'l ostida chempionlik masalasi ijobiy hal qilindi. Samvel Vyacheslavovichning milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanishi tufayli klubni qabul qilib olgan rossiyalik Aleksandr Grigoryan boshchiligida jamoa aytarli yutuqqa erisha olmadi. Ushbu murabbiy istefosidan keyin ham ijobiy o'zgarishlar kuzatilmadi. Ketma-ket murabbiylar almashinishi ro'y berdi va bu holat jamoaviy o'yinga salbiy tasir ko'rsatmay qolmadi. Jamoani so'nggi ikki yilda boshqargan No'mon Hasanov, Grigoriy Koloskovskiy, Ravshan Haydarov va Jasur Abduraimovlar ham "sherlar" bilan yuqori cho'qqilarni zabt eta olishmadi. 2017 yilgi mavsum yarimdan etiboran, moziyda yorqin o'yinlari bilan tanilgan gruziyalik SHota Arveladze klub bosh murabbiyi etib tayinlangandan so'ng, "Paxtakor"da haqiqiy jamoaviy o'yin yana shakllandi. Evropa futboli havosini olib kelgan gruziyalik mutaxassis jamoaga bir necha mahoratli futbolchilarni ham taklif etdi. Garchi OCHL bahslarida yuqori natijalar qayd etilmagan bo'lsa ham, klub uyinida o'zgacha rang-baranglik va hujumkorlik paydo bo'ldi. "Paxtakor" mazkur yakuniga etayotgan mavsumda chempionlikni muddatidan oldin naqd qildi hamda kubok finaliga qadar etib keldi. Bularning barchasini birinchi navbatda jamoada tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi, murabbiyning imzosi mavjudligi va jamoadagi ichki muhitning alo darajada ekanligi bilan izohlash mumkin. Bir so'z bilan aytganda SHota Yustinovich bir necha yillik tanaffusdan keyin o'zbek futboli bayroqdorini yana TAXTGA QAYTARDI!

Klub yulduzi Odil Ahmedov kubok bilan


Avgustdagi ayriliq


Xotira – muqaddas. Bundan roppa-rosa 40 yil oldin o'zbek futboli alamli ayriliqqa uchradi. 1979 yil 11 avgust sanasida "Paxtakor" klubi navbatdagi tur o'yinlarini o'tkazish uchun Minsk shahriga parvoz qilayotgan vaqtida, Dneproderjinsk osmonida halokatga uchradi. 8400 metr balandlikdagi TU-134 samolyoti bortida bo'lgan 84 nafar insonlarning barchasi aviahalokat natijasida ayanchli tarzda bu olamni tark etishdi. Ularning 17 nafari bizning qorako'zlar, futbolimiz yulduzlari edi. G'alaba va orzularni ko'zlab ko'kka ko'tarilgan tayyora erga qaytib qo'nmadi va o'zi bilan ming-minglab yuraklarning o'kinchini olib ketdi. Albatta, o'sha davrda yashagan insonlar va muxlislar uchun 17 nafar o'g'lonimizga nisbatan o'tgan zamonda gapirish naqadar qiyin bo'lganligini oradan shuncha yillar o'tib ketgan bo'lsa ham, hozirgi avlod vakillari juda yaxshi tushunishadi. Axir, el ardog'idagi, qalbidagi va millatning bosh jamoasi bo'lgan klub sharafini himoya qilgan o'g'lonlarning barchasidan bir kunda, bir soatda va bir lahzada ayrilishni bir jumla yoki so'z bilan ifodalab bo'lmaydi. Samolarda sochilgan qalblar, osmonlarda qolgan orzular, ota-onalar qayg'usi, yosh kelinchaklar nolasi, hali tishi chiqib ulgurmagan go'daklarning etim qolishi va muxlislar anduhiga sabab bo'lgan o'kinchli hodisa yuragimizning qaysidir bir joyida bitmas jarohat bo'lib saqlanib qolgan. Bulutlardan gulchambar yasab, samolarga sochilgan va mangulikka rihlat qilan jigarlarimiz - biz sizlarni hech qachon unutmaymiz!

Samoga sochilgan yulduzlar


"Otamdan qolgan tosh oyna qani?!"

"Paxtakor" o'zbek xalqi qalbidan shu qadar chuqur o'rin egallagan-ki, hatto oddiy kundalik hayotda ham klub bilan bog'liq jumlalarga duch kelishimiz mumkin. Agar siz qaysidir umuman futbolga qiziqishi bo'lmagan inson bilan to'satdan o'zbek futboli haqida suhbat qurib qolgudek bo'lsangiz "Men umuman futbolga qiziqmayman. Faqat "Paxtakor"ni bilaman!", - deyishi mumkin yoki bo'lmasa O'zbekiston terma jamoasi o'ynagan o'yinlarni ko'ra olmagan bazi futbolga tarafkash bo'lmagan kishining "Kecha "Paxtakor" nima bo'ldi?", - deb so'raganiga ko'p bora guvoh bo'lganmiz. Bu shundan darak beradi-ki: "xalq jamoasi" xalq ichidagi futbolga yod kishilarning ham yurigidan "jichchagina" bo'lsa ham o'rin ola bilgan. "Paxtakor" haqida kitoblar nashr qilingan, sherlar bitilgan, qo'shiqlar kuylangan, xujjatli filmlar olingan va hamisha xalq ardog'ida hamda hurmatida bo'lgan. O'zbek kino sanatidan tortib, komediya janrida suratga olingan filmlarda ham "Paxtakor" haqida epizodlar keltirilgan. O'sha tarixiy kadrlardagi klub haqida aytilgan so'zlar bugungi kun muxlislarini ham qalbidan joy olgan. Jumladan, O'zbek komediyasi ustasi Ergash Karimovning "Otamdan qolgan tosh oyna qani?!" yoki O'zbekiston xalq artisti Soib Xo'jaevning "Men etishmayapman, men!" kabi jamoa haqida aytgan jumlalari bugungi kun muxlislarining ham tilidan tushmaydi. Hullas, "Uchrashuv" filmidagi "Paxtakor"ning g'alabasidan shodlanayotgan erining kayfiyatini ko'rib tasirlangan bekaning aytgan gapi yodimga tushdi - "Ishqilib har doim "Paxtakor" yutaversinda..!”.

"Uchrashuv" filmidan lavha


"O'zbekcha El-Klasiko"


Jangovor o'yin, kuchli raqobat, shiddatli vaziyatlar, mardonavor g'alabalar va muxlislar olqishi - bularning barchasini 90 yillarda azaliy raqiblar Toshkentning "Paxtakor" va Farg'onaning "Neftchi" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadigan "O'zbek El-Klasiko"sida kuzatishingiz mumkin edi.

Darhaqiqat, Oliy liganing dastlabki mavsumlarida mazkur ikki klubning chempionlik kurashi qizg'in tus olar edi. "Buyuk chinorlar"ning o'sha vaqtdagi ustozi Yuriy Sarkisyanning ajoyib "recepti" qarshisida juda ko'plab jamoalar "ip esholmasdan" qolgan. Stepan Atoyan, Sergey Lebedev, Rustam Do'rmonov, Xislat CHilmatov, Ravshan Bozorov, Abdusamat Do'rmonov, Andrey Fyodorov singari yulduzlari bor farg'onaliklar tom manoda chempionat etakchiligini qo'ldan bermaslikka intilishardi. Ularga qarshi: Mirjalol Qosimov, Azamat Abduraimov, Igor SHkvirin, Sobir Xodiev, Pavel Bugalo kabi "gvardiya"ga ega bo'lgan "Paxtakor" azaliy raqib sanalib, vodiyliklarni izma-iz taqib qilishga ko'p bora guvoh bo'lganmiz. Milliy chempionatimizning dastlabki o'n mavsumida "Paxtakor" 2 marta chempionlikni qo'lga kiritib, 5 bora kubok sohibi bo'gan ersa, "Neftchi"dagi bu ko'rsatkich 5ta chempionlik va 2 bora billur sovrinni qo'lga kiritganligini statistik malumotlar tasdiqlaydi. Afsuski, yangi asrning dastlabki yillarida "Neftchi" klubining mavqei biroz tushgani va jamoaning o'yini pasayishi hisobiga "sherlar"ning natijalari sezilarli darajada oshdi. Hozirgi vaqtga qadar yoshi katta muxlislar o'sha azaliy raqiblarning fantastik o'ynlarini o'zgacha entikish bilan eslashadi. Dovon oshib sevimli jamoalarining o'yinlarini ko'rgani poytaxtga kelgan farg'onalik muxlislarning xayqiriqlari va toshkentlik ishqibozlarning suyukli klublarini qo'llash uchun vodiyga borib, stadionda turib tarafkashlik qilishlari "O'zbek El-Klasiko"siga o'zgacha zeb berardi. Biz ham chempionatimizga o'sha "intriga"ning qaytishini kutib qolamiz.

"Joni" Tojiev

Eng, eng, eng

Klub safida eng ko'p maydonga tushgan futbolchi:
Murod Aliev - 231 ta o'yin.
Klub safida bir mavsumda eng ko'p to'p kiritgan futbolchi:
Anvar Soliev – 29 ta to'p 2005 yilgi mavsumda.
Klubning eng yirik g'alabasi:
11:0. 2007 yildagi mavsumda "Qizilqum" klubi ustidan.
Klubni eng ko'p boshqargan murabbiy (Sobiq ittifoq chempionatlarida):
Ishtvan Sekech 1981-1985 yillardagi mavsumda.
Klubni eng ko'p boshqargan murabbiy (Oliy liga o'yinlarida):
Tachmurad Agamuradov 2003-2006 yillardagi mavsumda.

Joriy mavsumdagi g'alaba nashidasi

Mamlakatimizning bayroqdor jamoasi so'nggi yillarda yangidan shakllantirildi. Eng asosiysi mukammal ishlovchi klub tizimi qaytadan yaratildi. Klub akademiyasida tahsil olgan futbolchilar asosiy tarkibga jalb qilinishi bilan birga, o'smirlar va yoshlar terma jamoalari uchun munosib nomzodlar etkazib berib kelinmoqda. Qolaversa, klubning bir necha nafar o'yinchilari milliy terma jamoamiz tarkibiga muntazam chaqirilib kelinadi. Ushbu qilinayotgan ijobiy o'zgarishlarda muhtaram yurtboshimiz tomonlaridan 2017 yil 21 avgustda chiqarilgan "Paxtakor" futbol klubining moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 3227-sonli qarorining o'rni beqiyos ekanligini takidlab o'tish o'rinlidir. Klubda kelgusida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan ishlar rejali tarzda tuzilishi va o'z ishining ustalari tomonidan bajarilishi taqsinga sazovordir. "Paxtakor"ning joriy mavsumda qo'lga kiritilgan chempionligi bilan tabriklagan holda, olib borilayotgan ezgu ishlarda va ulkan rejalari amalga oshishida cheksiz muvaffaqiyatlar tilab qolaman.


Etiboringiz uchun rahmat!
Farruh Doniyorov



Bir klub tarixi: Turinning "Keksa sinora"si

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика