Bir jamoada 17 mavsum va 514 o'yin o'tkazgan futbolchi faoliyatini yakunlashi haqida elon qildi
10 may 2019 17:02
Yangiliklar


Bir jamoada 17 mavsum va 514 o'yin o'tkazgan futbolchi faoliyatini yakunlashi haqida elon qildi
Italiya A Seriyasidan tushib ketgan "Kevo" jamoasining 40 yoshli afsonasi Serjo Pellisse butsasini mixga ilishini aytdi.
"Men faoliyatimni tugatish haqida bir necha oylab o'yladim. Qaror qabul qilish oson bo'lmadi. Lekin meni futboldagi davrim tugadi. Joyni esa yoshlarga bo'shatish vaqti keldi. Klub tezroq o'z joyiga, yani A Seriyaga qaytishi lozim. Men klub prezidenti Kampedelliga, oilamga, murabbiylarim, jamoadoshlarim, janob Di Karl, klubga va barcha muxlislarga katta rahmat aytaman. Ular meni doim qo'llab-quvvatlab turishdi. Hammaga rahmat!", - deydi Serjo Pellisse.
Serjo Pellisse "Kevo" safida 17 mavsumda 514 uchrashuvda maydonga tushgan va raqiblari darvozasiga 139ta gol urishni uddalagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar