So’nggi yangiliklar

18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  0 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3

Bir guruh "temiryo'lchilar"ning navbatdagi manzili "Qizilqum". Bunga nima sabab bo'ldi? Yangiliklar

Bir guruh "temiryo'lchilar"ning navbatdagi manzili "Qizilqum". Bunga nima sabab bo'ldi?

Teglar :  Qizilqum
"Qizilqum" jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibiga bir qator yangi futbolchilarni qo'shib olmoqda.

Joriy mavsum qishki transferlar oynasida "Navbahor", AGMK, "Neftchi" jamoalari muhokama markazida bo'lyapti. Ular orasiga bemalol "Qizilqum"ni ham kirita olamiz. O'tgan mavsum "Lokomotiv"da to'p tepgan bir guruh ijrochilar endilikda navoiyliklar safida javlon uradi. Keling ayni paytga kelib jamoada nechi nafar sobiq "temiryo'lchilar" yig'ilganiga qarasak: Javohir Ilyosov, Temurxo'ja Abduholiqov, SHuhrat Muhammadiev, Bobur Yo'ldoshev, Ignatiy Nesterov, Sanjar SHoahmedov, Islom To'xtaxo'jaev. Bu holat ajablanarlimi? Yo'q. CHunki bunday holat futbolimizda ilk bor yuz bermayapti. O'z vaqtida "Paxtakor"ning bir nechta futbolchilari "Bunyodkor"ga, so'nggi yillarda "Nasaf" jamoasidagi ko'pgina ijrochilar "sherlar" safiga kelib qo'shilishgan. SHu bois "Lokomotiv" azolarining "Qizilqum"ga o'tishlarini oddiy qabul qildim. 

1. Hamidjon Aktamov 

Hamidjon Aktamov garchi shu kunga qadar murabbiy sifatida qirralarini to'liq ko'rsata olmagan bo'lsada, menejerlik bobida ko'pchilikka o'rnak bo'la oladi. Undagi kuchli tashkilotchilik, futbolchilar bilan har qanday vaziyatda til topishib keta olish xislati yuqoridagi nomlarni Navoiyga kelishiga sabab bo'lishi mumkin. Futbolchilarni jamoaga olib jalb qilish, ularni ko'ndirish ham bir mahorat aslida. 


2. Mablag' tomonlama 

"Lokomotiv" klubi o'z siyosatini o'zgartirgan holda nomdor futbolchilardan voz kechib yoshlarga etibor qaratmoqda. Tajribali ijrochilar esa qaysidir manoda yaxshigina mablag' ishlab olish maqsadida ham "Qizilqum"ga o'tishmoqda, deya olamiz. Mazkur holatga oddiy qaraymiz va to'g'ri tushunamiz. Futbolchining umri qisqa, u iloji boricha keyingi faoliyati uchun daromad qilib olishi kerak.  



3. O'yinlarning Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida o'tishi 

Navoiydagi stadion maysasi almashtirilishi sababli "Qizilqum" uy uchrashuvlarini Toshkentda o'tkazadi. Bu esa sobiq "Loko"chilar uchun ayni muddao. To'g'ri poytaxtda raqiblarni qabul qilish vaqtinchalik. Lekin mana shu jarayonda jamoa yanada o'zaro jipslashib oladi. Ular chetga chiqishmaydi, "Lokomotiv" stadionida o'ynashda davom etishadi, faqat "Qizilqum" libosida.


Nima bo'lganda ham ularga yangi jamoada omad tilab qolaman. Yuqoridagilar esa faqat shaxsiy fikrim hisoblanadi. 




Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика