So’nggi yangiliklar

12:11Суперлига. "Пахтакор" - "Динамо" баҳси санаси ҳам ўзгарди  0 11:45Кожо Жоэль: "Эътиборлироқ бўлишимиз керак эди"  4 11:23Суперлига. "Динамо" — "Бунёдкор" ўйини санаси ўзгарди  1 11:00ПСЖ ва "Челси" собиқ устози АҚШ терма жамоасини ЖЧга тайёрлайди  1 10:31Ёзда шартномаси тугайдиган Салоҳга иккита ТОП клуб қизиқиш билдирмоқда  2 09:56"Арсенал" академияси тарбияланувчиси 14 йилга қамалди  1 09:50Суперлига 18-тур баҳсларининг ҳакамлари маълум. "Навбаҳор" - "Насаф" учрашувини Аҳрол Рисқуллаев бошқариб боради  2 09:22Футзал. Ливия терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 08:50УзПФЛ. Ойнинг барча соврини ҳам «Насаф» аъзоларига насиб этди  4 08:36Жалолиддин Машарипов: "Энди ёш футболчи эмасмиз, айрим бир вазиятларда масъулиятни ўз бўйнимизга олиб, вазиятни ўзгартиришимиз керак"  15 08:17Футзал. Жаҳон чемпионлигига даъвогар қўшниларимиз Тошкентга етиб келди  3 07:47ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина ва Бразилияда мағлубият, Уругвай эса дуранг ўйнади  6 07:26Про лига. Бугун иккита учрашув бор  0 07:10ЖЧ-2026 саралаши. БАА - Эрон 0:1, Махаллийлаштирилган ўйинчиларнинг Эронга "тиши ўтмади"  0 02:07ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистонлик ҳакамлар ишлаган ўйинда Япония Баҳрайнга ҳеч қандай имконият қолдирмади  5

“Bir futbolchi tarixi”. Pianino chalishni o'rganmoqchi bo'lgan, uxlaganda bir sutka uxlaydigan Ilkay Gyundogan haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. Pianino chalishni o'rganmoqchi bo'lgan, uxlaganda bir sutka uxlaydigan Ilkay Gyundogan haqida

APLning oxirgi 2 turida “Manchester Siti”ning bir qator grand jamoalar bilan o'ynayotgani va ushbu uchrashuvlarda g'alaba qozonayotgani etiborimni tortdi.

Ha, manchesterliklar tarkib etibori bilan ham, murabbiy jihatdan ham anchagina kuchli. Biroq aynan o'sha uchrashuvlarda o'zining eng yaxshi o'yinini namoyish etayotgan futbolchi bu – Ilkay Gyundogan bo'lmoqda. Qolaversa futbolchi APLda yanvar oyining “eng yaxshi futbolchisi” ham bo'ldi. Bugun biz Gyundogan haqida so'z olib borishga qaror qildik.


Ilkay Gyundogan – kim o'zi u?

Bugungi qahramonimiz 1990 yilning 24 oktyabr kuni SHimoliy Reyn-Vestfaliyaning Gelzenkirxen shahrida dunyoga kelgan. Uning ota-onasi turkiyaliklar bo'lgan. Bobosi Turkiyaning Balykesir shahridan Germaniyaga ko'chib kelgan. Futbolchi o'zining Instagramiga 3 yoshga to'lgan kundagi suratni joylagan edi.


Klublardagi faoliyati haqida

U dastlab “Boxum” jamoasi akademiyasida futbol sirlarini o'rgana boshladi. 2008 yilda jamoaning ikkinchi tarkibida o'ynashni boshladi. Futbolchi 2008 yili “Boxum”dagi o'yinlaridan so'ng, keyingi yili – 2009 yilda “Nyurnberg”ga ko'chib o'tdi. 2 yil davomida ushbu jamoa safida to'p tepgach, 2011 yilning may oyida “Borussiya Dortmund” bilan shartnoma imzoladi. U jamoadagi debyut o'yinini o'sha yilning 23 iyul kuni Superkubok o'yinida “SHalke-04”ga qarshi maydonga tushdi. Dastlabki golini esa dekabr oyida, “Frayburg” jamosiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvda kiritdi.

2012/13 yilgi mavsumda Gyundogan “Borussiya D”ning asosiy futbolchisi bo'ldi. UEFA CHempionlar ligasida jamoasi bilan birgalikda finalga qadar yo'l oldi. O'sha mavsum bo'lib o'tgan “nemischa final”da “Borussiya D” – “Bavariya” jamoalari o'zaro kuch sinashishdi. Biroq chempionlik myunxenliklarga nasib etdi. Yozda bo'lib o'tgan Germaniya Superkubogida dortmundliklar “Bavariya” bilan kuch sinashishdi va ushbu bahsda g'alabaga erishishdi. Avgust oyida Gyundogan jiddiy jarohat oldi va butun mavsumni o'tkazib yuborishga to'g'ri keldi. Futbolchi 2014 yilning aprel oyida klub bilan 2016 yilgacha bo'lgan shartnomaga imzo chekdi. Gyundogan haqida o'sha vaqtdagi jamoaning murabbiyi bo'lgan Yurgen Klopp shunday degan edi: “Ilkay ko'plab kuchli tomonlarga ega bo'lgan aqlli va salohiyatli yarim himoyachi”.

2016 yilning iyul oyida shartnomasi yakunlangach uni boshqa uzaytirishni istamadi va unga bo'layotgan takliflarni ko'rib chiqishni boshladi. 

2 iyun kuni Gyundogan “Manchester Siti” bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Transfer narxi 27 million evroni tashkil etgan. Debyut uchrashuvini o'sha yilning 14 sentyabr kuni amalga oshirdi. 2016 yilning dekabr oyida futbolchi “Uotford”ga qarshi o'yinda tizzasidan jiddiy jarohat oldi va mavsum so'nggiga qadar safdan chiqdi. 2017 yilning 16 sentyabr kuni esa aynan “Uotford” bilan bo'lgan uchrashuvda jarohatdan qutulib maydonga qaytdi. 

2019 yilning avgust oyida futbolchi “Manchester Siti” bilan yangi, 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Ushbu mavsumda futbolchi ancha sermahsul harakat qilmoqda. 2020 yilning sentyabr oyida koronavirusga chalindi. Mavsumdagi ilk golini 15 dekabr kuni “Vest Bromvich” bilan bo'lgan uchrashuvda urdi. 


Terma jamoadagi faoliyati haqida

Germaniyaning turli yosh jamoalarida o'ynagan futbolchi asosiy terma jamoaga 2011 yilning avgust oyida chaqirildi. Futbolchi o'zining terma safidagi debyutini Evro-2012 saralash o'yinlari doirasida Belgiya termasiga qarshi o'yinda o'tkazdi. Gyundogan aynan Evro-2012 musobaqasida ham terma jamoa bilan birgalikda ishtirok etdi. 

Terma safidagi ilk golini 2013 yilning 26 mart kuni Qozog'istonga qarshi o'yinda urdi. JCH-2014 saralashi doirasida Paragvay termasi bilan bahsda jiddiy jarohat olgan futbolchi Jahon chempionatini o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Futbolchi jaroahat sabab 2016 yilgi Evropa chempionatini ham o'tkazib yuboradigan bo'ldi. JCH-2018 musobaqasida ishtirok etdi, biroq terma jamoasi bilan birgalikda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 


Ilkay Gyundogan haqida faktlar

Futbolchidan ancha avval rus jurnalistlariga bergan intervyusida o'ziga berilgan g'aroyib savollarga javob berib o'tgan edi.


- Siz tanishishni istagan mashhur inson kim?

- Denzel Vashington. Uning filmlarini sevib tomosha qilaman.

- Har doim nimani o'rganishni istagansiz?

- Pianino chalishni. Agar o'rganib olsam ajoyib bo'lardi.

- Nimani cheksiz qilishingiz mumkin?

- Uyquni juda yaxshi ko'raman. Bir sutka uxlashim mumkin.

- Kloppni uchta so'z bilan tariflab bering...

- Ehtirosli. Kuchli. Aqlli.

- Gvardiolani uchta so'z bilan tariflab bering...

- Juda aqlli. Beriluvchan. Omadli.

- Futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi kim?

- Messi.


Futbolchi oxirgi 2 o'yinda 4 golning muallifi bo'ldi. Gol urgan jamoalari ham APLning grand – “Liverpul”, “Tottenxem” kabi klublar. Gyundogan shu ketishida bu yili bo'lib o'tadigan Evro-2020 (aslida, o'tgan yili bo'lib o'tishi kerak edi) musobaqasida terma jamoaning asosiy futbolchisi bo'ladi. Angliya Premer ligasi hamda boshqa terma jamoalarning himoyachilari Gyundogan o'ynayotgan jamoaning hujumchilaridan ko'ra aynan Gyundogan haqida qayg'uraverishsin, hozirgi ko'rsatayotgan o'yini bilan ko'pchilikka bosh og'riq bo'lishi tabiiy. 


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика