So’nggi yangiliklar

20:21Франция терма жамоаси дарвозабони: "Парагвай билан ҳисоб китобимиз бор"  0 20:20Суперлига. ОКМК – "Локомотив" 0:0 (матнли трансляция)  3 20:08Жамшид Саидов: “Зиммамиздаги вазифани бажармасак, исталган ўйин мен учун охиргиси бўлиши мумкин”  0 20:02Футзал бўйича ЖЧ. Аргентина – Хорватия (матнли трансляция)  0 20:01Григорий Колосовский: “Ҳаракатларимиз “Пахтакор” билан ўйиндагидан катта фарқ қилди”  1 19:50"Барселона" "Челси" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:25Футзал бўйича ЖЧ. Франция Таиландни мағлуб этди. Жаҳон чемпионатида осиёлик жамоалар қолмади  12 19:09Суперлига. "Қизилқум" "Металлург"ни мағлуб этиб, хавфли зонадан узоқлашди  10 18:32АПЛ ҳомийлик қоидаларига ўзгартиришлар киритиш бўйича овоз бериш бекор қилинди  1 17:54U-20 Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитой Тайпейи устидан ишончли ғалабага эришди, Равшан Хайруллаевдан дубль!  24 17:30Луис Энрике: "Маошимнинг бир қисмидан воз кечишга тайёрман, лекин ОАВ билан мулоқотга киришмайман"  1 16:40"Биз робот эмасмиз. Ўйинлар сонини камайтириб, сифатини ошириш керак" — Сон  0 16:23Суперлига. "Қизилқум" – "Металлург". Таркиблар маълум  1 15:39Қозоғистон Жаҳон чемпиони Португалияни уйига жўнатиб юборган ўйиндан ўзгача ГАЛЕРЕЯ  5 14:53Испанияда "Реал" билан боғлиқ ирқий можаро авж олди  31

"Bir futbolchi tarixi". Messining o'yinini kuzatadigan, futboldagi suyuklisi Ronaldu bo'lgan Xadson-Odoi haqida Yangiliklar

"Bir futbolchi tarixi". Messining o'yinini kuzatadigan, futboldagi suyuklisi Ronaldu bo'lgan Xadson-Odoi haqida

Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga o'tganidan so'ng, “Real Madrid” hujumchi borasida ancha qiynalib qoldi va bir mavsumni amallab o'tkazdi.

Natijalarni esa ko'rdingiz, bildingiz, ECHLda nimchorak finaldan o'ta olmadi, La Ligada esa chempionlik yo'q. 2019/20 yilgi mavsum boshlanishidan avval “CHelsi”ning asosiy forvardi Eden Azar madridliklar safiga borib qo'shildi. London jamoasi esa hujum chizig'idagi etakchisidan ajralib, muammolari anchagina ko'payib qoldi. Olive Jiru, Temmi Abraxam kabi futbolchilardan tashqari jamoa safiga Timo Verner, Kristian Pulishich kabi forvardlar kelib qo'shildi. Londonliklar safida yana bir futbolchi borki, bu yosh istedod, o'sib kelayotgan hujumchi va yaqin orada jamoaning asosiy tarkibining ajralmas o'yinchisi bo'lishi kutilayotgan forvard Kallum Xadson-Odoi. Qahramonimiz o'tgan seshanba kuni Evropa CHempionlar ligasi doirasida “Renn” bilan o'yinda to'p kiritdi, keling bugun angliyalik hujumchi bilan tanishamiz.



Kim o'zi u?

“CHelsi” klubi va Angliya terma jamoasining hujumchisi 2000 yilning 7 noyabr kuni London shahrida tug'ildi. Kallum "CHelsi" yoshlar akademiyasining bitiruvchisi hisoblanadi. Klubga 8 yoshida kelgan. 17 yoshga to'lganidayoq unga bir qator jamoalar qiziqish bildira boshlashdi, lekin u “CHelsi” bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Klublardagi faoliyati haqida

Debyut uchrashuvini 2018 yilda o'tkazdi: Angliya kubogi doirasida “Nyukasl” jamoasiga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushdi. Mavsumning so'ngiga qadar esa yana uchta bahsda maydonga tushdi, biroq o'z o'yinini topib keta olmadi. Keyingi mavsumda uning dastlabki goli hamda jamoa safida muntazam ravishda maydonga tushish kutib turardi. 29 noyabr kuni Evropa Ligasi doirasida guruh bosqichida Greciyaning PAOK jamoasi darvozasiga “CHelsi”dagi birinchi golini urdi. Keyinchalik jamoa safida muntazam maydonga tusha boshladi. Asosiy tarkibda bo'lmasa-da, zaxiradan o'yinga qo'shila boshlagandi. Biroq 2019 yilning aprel oyida “Byornli” bilan o'yinda jarohat oldi va mavsum so'nggiga qadar safdan chiqdi. Yangi mavsum boshlangach, “CHelsi” bilan besh yillik shartnoma tuzdi va haftasiga 120 ming funt maosh oladigan bo'ldi. Bu bilan 18 yoshli futbolchining maoshi 48 karra oshdi. Bunga qadar u haftasiga 2,5 ming funt ishlab topayotgan edi.



Forvard hujum chizig'ining deyarli barcha nuqtasida o'ynay oladi. Intervyularidan birida Xadson-Odoi Maradona va Messini taqqoslagandi: “Maradonaning ashaddiy muxlisiman. Uning o'yinlarini yoshligimda ko'p ko'rganman. Diego buyuk futbolchi bo'lgan. U dribling va gol urishni yaxshi ko'rardi. Maradona va Messi ajoyib futbolchilar, ikkisi ham tarixda o'z nomini qoldirishga ulgurishgan. Leo dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri. Men uning tarafidaman desam ham bo'ladi, chunki uning o'yini bizning davrimizga mos tushadi va ko'proq uning o'yinini kuzataman”. Lekin shunday bo'lsa-da, ayni zamondagi eng suyukli futbolchisi kimligi haqida so'rashganida Krishtianu Ronaldu, futbol tarixidagi suyuklisi kim ekanligini so'rashganida esa Ronaldino deb javob bergan.

Butun dunyoda boshlangan pandemiya sabab, bahorda futbol uchrashuvlari ham to'xtatildi. Koronavirus futbolchilar orasida birinchilardan bo'lib aynan Kallum Xadson-Odoiga yuqdi. Mart oyining so'nggida qahramonimiz bu kasallikni engdi.

Terma jamoadagi faoliyati haqida

Angliya terma jamoasining turli yosh toifasidagi jamoalarida o'ynagan Kallum dastlab, 2016 yilda Angliyaning U-16 terma jamoasida CHexiya termasiga qarshi o'yinda debyut qildi. Aynan 2016 yilda Angliya U-17 terma jamoasidan ham taklif oldi. 2019 yil mart oyida CHexiya va CHernogoriya terma jamoalariga qarshi o'yinlarga Angliyaning asosiy termasiga chaqiruv oldi. O'sha yilning 22 martida CHexiyaga qarshi Evropa chempionati saralash turnirida debyut qildi. Ushbu o'yindan so'ng Xadson-Odoi Angliya terma jamoasining asosiy tarkibida rasmiy uchrashuvda (18 yil 135 kun) maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi. Odoi 18 yosh va 183 kunlik vaqtida terma jamoa safida debyut qilgan Dankan Edvardsning rekordini yangiladi.



SHaxsiy hayoti

Xadson ijtimoiy tarmoqlardagi sahiflarida oilasini juda ham yaxshi ko'rishini tez-tez ko'rsatib turadi.



U futbolda tashqari Basketbol sport turiga qiziqadi. “CHelsi” rasmiy saytida ajoyib bir rukn – “...bilan 90 soniya” mini-intervyusida unga “Siz uchun futboldan keyingi o'rinda turuvchi sport turi qaysi?”- deya savol berilganida: “Basketbol. Televizor orqali basketbol o'yinlarini tomosha qilish uchun doimo imkoniyat qidiraman. Bu sport turining barcha jihatlari yoqadi, ayniqsa, umumiy muhiti. Xullas, basketbolga mehrim juda baland” – deb javob bergan.

Yosh futbolchilar haqida yozganimizda ularning umidli futbolchi ekanligi, oldinda ularni katta marralar kutayotganini yozamiz. Biroq bu futbolchi Angliya futboli ixlosmandlarining umidi bo'lmasligi kerak, balki undan katta natijalar kutaverishi kerak. “CHelsi” muxlislari ham xursand bo'laverishsin, kelajak uchun yaxshi poydevorlari bor, hozirdanoq natija qayd etayotgan forvard etakchilikni ham qo'lga ola biladi.



Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика