So’nggi yangiliklar

02:10Осиёнинг барча энг яхши ёш футболчисини биласизми, улар орасида ўзбекистонлик ўйинчи ҳам бор  3 02:00Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"га 5та гол урди  11 01:47А Серия. "Рома" ўз уйида "Интер"га мағлуб бўлди, Шомуродов майдонга туширилмади  15 01:01Влахович АПЛ клубига ўтиши мумкин?  0 00:32"Реал" ва "Манчестер Сити" Италия терма жамоаси ўйинчиси учун курашмоқда  0 23:20Френки де Йонг мушакдаги дискомфорт сабаб "Севилья" билан ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  0 22:59РПЛ. "Рубин" Нижний Новгородда "Динамо" томонидан тор-мор этилди  1 22:45Камолиддин Тожиев "Ал-Шорта"га қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди?  9 22:36АПЛ. Салаҳ ва Жонснинг голлари "Ливерпуль"га "Челси" устидан ғалабани тақдим этди  20 22:08Виталий Левченко: "Замонавий футболда натижа биринчи ўринга қўйилади. Чиройли футболдан маъно йўқ"  14 21:49Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда мағлубиятга учради, Юсупов сариқ карточка олди  1 21:33Сергей Лушчан: "Стандарт вазиятлар биз учун пенальтидек бўлиб қолди. Ҳисобда олдинга чиқиб олиш, биз учун "трагедия"га айланмоқда"  3 21:18Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Леганес"га қарши баҳсда иродали ғалабага эришди  2 21:10Денис Коростиченко: "Бу ғалабага қадар кўп меҳнат қилгандик. Ўйин услубимизни ўзгартиришга мажбур бўлдик"  1 20:52"Реал" "Олтип тўп"нинг Винисиусга берилишига ишончи комил. Клуб бошқа вариантларни кўрмаяпти  9

“Bir futbolchi tarixi”. Bir jamoada "gullay olmagan" Demba Ba haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. Bir jamoada "gullay olmagan" Demba Ba haqida

No to racism!

SHu jumlani akam ikkimiz yoshligimizda futbolchilarning suratlarini yig'ib yurgan vaqtimizda ECHL doirasidagi uchrashuvlarning suratlarida ko'rardik va manosiga qiziqardik. Keyinchalik esa buni yaxshi tushunib etdim: futbol bahslarida irqchilikka qarshi kurashish edi. Ko'ngilni yorituvchi jihatlar futbolda ko'p, shunday vaqtlar bo'ladiki 22 kishi maydonda insoniylikni ham ko'rsatib beradi. Aynan mana shu jihatlari uchun ham bugun futbol millionlar o'yiniga aylangan. 

Seshanba oqshomi esa negadir bu fikrlarni chetga surib qo'ygandek bo'ldi. “Istanbul” – PSJ o'yini ketayotgan bir vaqtda zaxira hakami senegallik Demba Baga nisbatan irqchilik ruhida munosabat bildirgan, shu bilan hammasi boshlandi. Ikki jamoa futbolchilari ham maydonni tark etdi hamda o'sha o'yin 23 daqiqa davom etgani hamda ECHL o'yinlarida irqchilikka yo'l qo'yilgani bilan yodimizda qoldi. Ha, keyingi kuni uchrashuv qolgan joyidan o'tkazildi va bu mavzu sal bo'lsa-da esdan chiqdi. Biz esa Demba Baning faoliyati va shaxsiyatiga qiziqdik. Bugungi qahramonimiz – senegallik futbolchi.


Demba Ba – kim o'zi u?

Futbolchi 1985 yilning 25 mayida Franciyaning Sevr shahrida tug'ilgan. Oilasida 7 farzandning oltinchisi. 1992 yilda “Mon Gayar” bolalar futbol maktabida dastlabki mashg'ulotlarini o'tkazdi. XX asr so'nggi yillarida “Port Autonome”, asrimizning avvalida esa “Frileuse” jamoasida to'p tepdi. 2004 yilgacha “Montruj” safida o'ynagan Ba keyinchalik o'z omadini sinab ko'rish uchun Buyuk Britaniyaga ko'chib o'tdi. Ammo ha deganda bir joyda o'ynab ketavermagach, futbolchi yana Franciyaga qaytib kelishga majbur bo'ldi.  


Klublardagi faoliyati haqida

Dastlabki professional shartnomasini aynan Franciyaning “Ruan” jamoasi bilan imzoladi ham dastlabki mavsumni muvaffaqiyatli o'tkazdi. Keyinchalik esa Belgiyaning “Muskron” jamoasida faoliyat olib borgan Ba dastlabki 3 o'yinidan so'ng jarohat oldi hamda 8 oyga safdan chiqdi. 2007 yilning yoz fasli. Demba Baning faoliyatida katta burilish bo'ldi desak yanglishmaymiz. 3 million evro evaziga Germaniyaga, Bundesliganing “Xoffenhaym” jamoasi safiga ko'chib o'tdi. Aynan “Xoffenhaym”da Ba jamoaning etakchisiga aylandi hamda o'sha mavsumda jamoasi bilan birga chempionatda 7-o'rinni egalladi. Butun mavsum davomida atigi 1 o'yinda ishtirok etmagan Demba Ba jami 14 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga erishdi. 2009 yilgacha tuzilgan shartnoma o'z yakuniga etgach Ba “SHtutgart” safiga ham o'tishi mumkin edi, biroq nemis klubidagi tibbiy ko'rikdan o'ta olmagach o'z jamoasidagi shartnomani 2013 yilga qadar uzaytirdi. Biroq shunday bo'lsa-da, 2011 yilning dastlabki oyida “Xoffenhaym” bilan xayrlashdi hamda o'zini yana Buyuk Britaniyada sinab ko'rish uchun “Vest Xem Yunayted” bilan shartnoma imzoladi. 

Ba Premer-ligadagi debyutini 2011 yilning 6 fevralida nishonladi. Dastlabki golini esa 6 kun o'tgach “Vest Bromvich”ga qarshi o'yinda urdi. O'z jamoasi CHempionshipga tushib ketgach o'z jamoasini o'zgartirishga qaror qildi. 

2011 yilning 17 iyunida Ba “Nyukasl Yunayted” bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Jamoadagi debyurini esa avgustning 13 sanasida “Arsenal”ga qarshi o'yinda o'tkazdi. Dastlabki golini esa “Blekbern” jamoasiga qarshi bahsda kiritdi va aynan o'sha o'yinda xet-trik qayd eta oldi. 2011 yil dekabr oyida Ba Premer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi. 2011/12 yilgi mavsumlarda Demba Ba 16 ta gol bilan “Nyukasl”ning goleadoriga aylana oldi. SHuningdek Demba Ba keyingi mavsumda “Everton”ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi hamda “Nyukasl”ning APLdagi 1000 golini kiritishga muvaffaq bo'ldi. 

2013 yil 4 yanvar kuni Ba "CHelsi"ga malum bo'lmagan narxda transfer qilindi. Londonliklar bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi hamda “CHelsi” safiga qo'shilgan birinchi senegallik sifatida tarixda qoldi. Dastlabki o'yindayoq dubl qayd etgan Demba Ba keyinchalik jamoaning etakchisiga aylana bordi. O'zining sobiq jamoasi bo'lgan “Nyukasl”ga qarshi o'yinda Baning o'yin vaqtida to'qnashuvdan so'ng burni sindi va bir muddat safdan chiqdi. Mart oyining ikkinchi sanasida esa “Vest Bromvich”ga qarshi o'yinda to'p kiritdi. Oradan bir oy o'tgach esa Angliya kubogi chorak finali doirasida “Manchester Yunayted”ga qarshi bahsda gol urdi hamda jamoasining g'alabasini taminladi. Ayni o'sha mavsumda Ba “CHelsi” bilan birga Evropa ligasi g'olibligini ham qo'lga kiritdi. 

Keyingi mavsumni ham London klubi safida o'tkazgan futbolchi jamoa safida umumiy 14 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi hamda bu natija bilan Samyuel Eto’o hamda Fernando Torresdan ortda qoldi. 2014 yil yozida klubga Diego Kosta kelib qo'shilgach Ba o'ziga yangi jamoa izlashni boshladi. 

2014 yil 16 iyul kuni Turkiyaning “Beshiktosh” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Mazkur transfer turkiyaliklar uchun 6 million evroga tushdi. Debyut uchrashuvini ECHLning uchinchi saralash bosqichida “Feyenoord” jamoasiga qarshi o'yinda o'tkazdi. Turk klubidagi dastlabki golini esa Istanbuldagi javob uchrashuvida urdi va ayni shu o'yinda xet-trik qayd etdi. Biroq keyingi bosqichlarda “Beshiktosh” ECHL yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi va Evropa ligasida ishtirok etadigan bo'ldi. Demba Ba Turkiya chempionatida dastlabki 10 o'yinda 8 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etdi. Evropa ligasida esa “Beshiktosh” safida 5 o'yinda 5 ta gol urdi hamda jamoasi bilan birgalikda pley-offga chiqishga muvaffaq bo'ldi. 

Keyingi yili esa Demba Ba Osiyo qitasida ham o'z omadini sinab ko'rmoqchi bo'ldi hamda 2015 yil 28 iyunda Ba Xitoyning "SHanxay SHenxua" jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. SHu mavsumda 11 o'yinda ishtirok etdi hamda 6 gol urishga muvaffaq bo'ldi. Xitoy kubogi doirasida “Czyansu Seynti” jamoasiga qarshi o'yinda 3 ta to'p kiritdi va shu yili Xitoy kubogining “eng yaxshi to'purar”i bo'ldi. "SHanxay SHenxua"dagi ikkinchi mavsumida Xitoy Superligasining 18 ta o'yinida 14 ta gol urishga erishdi. 

2017 yilning yanvar oyida Demba Ba yana “Beshiktosh”ga qaytdi va deyarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. Keyinroq esa Turkiya Superligasidagi “Gyoztepe” jamoasi safiga borib qo'shildi. 13 o'yin o'tkazib 7 gol muallifi bo'lgan Ba yozda yana jamoasini o'zgartirdi.

2018 yil yoz faslida Demba Ba Turkiyadan yana Xitoyga qaytdi hamda yana “SHanxay SHenxua” jamoasi safida ko'rinish bera boshladi. 

2019 yil yanvar oyida Ba “SHanxay SHenxua” bilan o'zaro kelishuv asosida shartnomasini bekor qildi va Turkiyaning “Istanbul Bashakshexir” jamoasiga o'tdi. 2020 yil 19 iyulda esa Ba o'z karerasida ikkinchi marta Turkiya chempioni bo'ldi. 


Terma jamoadagi faoliyati haqida

Senegal terma jamoasiga dastlab 2007 yil chaqirilgan futbolchi bugungi kungacha 22 bahsda 4 ta gol urgan.


Faoliyatidagi bahsli holat

2011 yil “Vest Xem”ga o'tganini iddao qilib “Xoffenhaym” bilan qishki yig'inga bormadi. Bu esa klub menejerlariga yoqmadi hamda Bani shartnomasi bekor qilinishini, sud oldida javobgarlikkar tortilishi hamda jarima to'lab keyinchalik 6 oy davomida boshqa jamoaga o'ta olmasligini takidladi. SHunday bo'lsada jamoa uni “Stok Siti”ga 7,1 million funt sterling evaziga sotishga rozi bo'ldi biroq yana tibbiy ko'rigan o'ta olmagach transfer amalga oshmay qoldi. 


Jerrardning yiqilib tushishi… Demba Ba faoliyatidagi qiziq jarayon

2013/14 yilgi mavsumni ham “CHelsi” safida o'tkazgan hujumchi faoliyatidagi eng esda qolarli vaziyatni boshidan o'tkazdi. “Liverpul” jamoasi bilan bo'lgan 36-tur oldidan liverpulliklarda chempionlik uchun juda yaxshi imkoniyat bor edi, toki Stiven Jerrard yiqilib tushgunicha. O'yinning birinchi bo'limi so'nggi daqiqasida maydonda markazida “Liverpul” sardori Jerrard to'pni o'zidan qochirib yubordi, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda qolgan Demba Ba esa hisobni ochdi hamda raqiblarni bu xatosi uchun jazoladi. Bu holat “Liverpul” jamoasi APLda chempion bo'lguniga qadar eslab yurildi va balki hozir ham Jerrarddan faoliyatidagi afsuslanadigan jihatni so'rashsa ayni shu holatna eslab o'tar.


Faoliyati davomida jamoasini tez-tez almashtirib turgan, bir joyda muqim qo'nim topmagan Demba Ba bilan tanishdingiz. Futbolchi kelasi yili 36 yoshga kiradi, hamon maydonda javlon urmoqda. Ha, u TOP darajadagi hujumchi bo'la olmagandir biroq potensial jihatdan ayrim hujumchilarga “dars bera oladi”. Faoliyatining yakuni qanday bo'lishini birgalikda kuzatamiz!


Og'abek Samisov tayyorladi 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика