So’nggi yangiliklar

22:05Абдесаммад Муҳаммад: "Франция ўз тарихида биринчи маротаба мундиалда иштирок этмоқда, аммо бизда қўрқув йўқ"  0 22:00Суперлига. "Сивасспор" ва Турғунбоев ўз майдонида "Истанбул Башакшехир"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  0 21:36Таиланд терма жамоаси аъзоси: "Франциялик футзалчилар бақувватроқ ва гавдаси йирикроқ эди"  0 21:36Футзал бўйича ЖЧ. Ўзбекистонлик Анатолий Рубаков бош ҳакамлик қилган ўйинда Аргентина Хорватияни ютди ва энди чорак финалда Қозоғистонга рақиблик қилади  0 21:26ҚПЛ. "Ордабаси" ўз уйида "Турон"ни қийинчиликсиз мағлуб этди. Яхшибоев ва Умаров эса...  0 21:10Сўнгги дақиқалардаги қизил карточка ва бекор қилинган гол: ОКМК "Локомотив"ни мағлуб этди   24 21:06"Атлетико" қўшиқчи қизнинг сўзлари сабаб унинг "Метрополитано"даги иштирокини бекор қилди  1 20:21Франция терма жамоаси дарвозабони: "Парагвай билан ҳисоб китобимиз бор"  0 20:08Жамшид Саидов: “Зиммамиздаги вазифани бажармасак, исталган ўйин мен учун охиргиси бўлиши мумкин”  1 20:01Григорий Колосовский: “Ҳаракатларимиз “Пахтакор” билан ўйиндагидан катта фарқ қилди”  3 19:50"Барселона" "Челси" вингерига қизиқиш билдирмоқда  1 19:25Футзал бўйича ЖЧ. Франция Таиландни мағлуб этди. Жаҳон чемпионатида осиёлик жамоалар қолмади  14 19:09Суперлига. "Қизилқум" "Металлург"ни мағлуб этиб, хавфли зонадан узоқлашди  10 18:32АПЛ ҳомийлик қоидаларига ўзгартиришлар киритиш бўйича овоз бериш бекор қилинди  1 17:54U-20 Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитой Тайпейи устидан ишончли ғалабага эришди, Равшан Хайруллаевдан дубль!  26

"Bir futbolchi tarixi". "Barselona"da Luis Suaresning raqamini olgan Martin haqida Yangiliklar

"Bir futbolchi tarixi". "Barselona"da Luis Suaresning raqamini olgan Martin haqida

“Lester” ertagi”ni yaxshi eslasangiz kerak. Bu jamoaning APLda g'olib bo'lgani o'sha vaqtdayoq shunday atalgan va hozirgacha shu nom bilan eslaymiz.

“Ertak”dagi asosiy etakchilar haqida gapirganda Jeymi Vardi siymosi ko'z oldimga kelaveradi. Futbolchini yaxshiroq tanib esa, uni 6-7 avval qay darajada bo'lgani-yu, qanday qilib Angliya terma jamoasining asosiy hujumchisi bo'lib qolgani ajablantirgan. Biz bu ruknda shu vaqtgacha yosh iqtidorlar haqida yozdik, lekin kechroq bo'lsa ham futbolda nimalargadir erishgan va hozir ham harakat qilayotgan futbolchilarni ham eslab o'tish joiz. Bu kabi futbolchilar soni etarlicha, bugun ulardan biri haqida so'z boradi. Seshanba kuni ECHLda “Barselona” safida “Dinamo Kiev”ga ikkita gol urdi. Gap – Martin Breytueyt haqida.

Kim o'zi u?

Martin Breytueyt Kristensen O'zbekiston Mustaqillikka erishgan yilning 5 iyunida Daniyaning Esberg shahrida dunyoga keldi. Faoliyatini aynan o'zi tug'ilgan shaharda, aynan o'sha joy nomi bilan atalgan klub safida boshladi. O'zining kumiri sifatida braziliyalik Ronaldoni biladi. Hatto intervyularidan birida “Ronaldo – u mening kumirim. Ronaldoga o'xshash boshqa hujumchi ko'rmaganman. U tengsiz edi" – deya takidlagan.



Klublardagi faoliyati haqida

2009 yil, oktyabr oyining oltinchisida “Kopengagen”ga qarshi o'yin bilan o'z debyutini amalga oshirdi. Biroq oradan 2 yil o'tgach jamoasi bilan birgalikda birinchi divizionga tushib ketdi, ammo yana Daniya Superligasiga qaytish uchun ko'p vaqt sarf qilinmadi, bir yil o'tgach qaytishdi. Dastlabki golini “Brondbyu” darvozasiga kiritdi aynan birinchi divizionda. Debyutidan 3 yil o'tib debyut golini darvozaga yo'llagan edi. SHaxsiy natija bir chetda tursin-u, lekin keyingi yili, 2013 yilda jamoasi bilan birgalikda Daniya kubogini qo'lga kirita oldi.

SHu g'alabadan so'ng Martin jamoasini o'zgartirdi, Daniyani Franciyaga o'zgartirdi. “Tuluza” uning yangi jamoasiga aylandi. 2 million evroga tushgan futbolchi Franciyaning Liga 1 da dastlabki o'yinini o'tkazish uchun ko'p kutmadi, 2013 yil 23 avgust kuni “Monako”ga qarshi o'yinda ishtirok etdi. Oradan bir hafta o'tib esa “Bastiya” darvozasiga “Tuluza”dagi ilk golini kiritdi.

“Tuluza”dagi 4 yillik faoliyatdan so'ng 2017 yilda Angliyaga ketdi va u erda “Midlsbro” jamoasi bilan yana 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu safargi transfer summasi avvalgisiga qaraganda 7 million evroga ko'p, 9 millionni tashkil etgandi. Debyut bahsini 5 avgust kuni “Vulverxempton”ga qarshi o'yinda o'tkazgan bo'lsa, debyut golni 30 sentyabrda “Brentford”ga qarshi o'yinda kiritdi.



Keyingi yili esa Breytueyt yana Franciyaga qaytdi, “Bordo” safiga mavsum so'ngiga qadar ijara asosida borib qo'shildi. “Strasburg” jamoasi bilan o'yinda dastlabki uchrashuvini o'tkazgan bo'lsa, 3 oy o'tgach “Bordo”dagi golini urishga erishdi, “Monpele” darvozasiga.

2018 yilda ijara asosida “Bordo” safida boshlagan Martinni 2019 yil boshida ham yana shunga o'xshash taqdir kutib turgandi. 2019 yil 3 yanvarda u Ispaniyaning Leganes jamoasiga o'tdi. 20 yanvar kuni "Barselona" ga qarshi o'yinda Martin "Leganes" safida birinchi golini urdi. Yilning so'nggida esa jamoa bilan 4 yillik shartnoma tuzdi.

2020 yil avvalida “Barselona”ning bir qator asosiy forvardlari jarohat ola boshlagach, murabbiylar shtabi yangi hujumchiga ehtiyoj seza boshlashdi va aynan Breytueyt variantini afzal ko'rishdi hamda 18 million evro evaziga futbolchini sotib oldi. O'sha vaqtdagi jamoa prezidenti Bartomeu “Martin jamoamizga jarohat olgan o'yinchilarning o'rnini to'ldrish uchun qo'shildi. U bir necha oy davomida bizga yordam bera olmaydigan Usmon Dembelening yo'qligini bildirmaydi degan umiddaman. Erik Abidal boshchiligidagi texnik shtab bilan kelishgan holda Breytueyt variantini tanladik. SHunday ajoyib o'yinchi biz bilan birgaligidan xursandman. Men uning maydonga tezroq tushishini xohlayapman. Umid qilamanki, u bizga ko'p narsa bera oladi" - degan edi. Biroq bu transfer haqida "Leganes" bosh direktori Martin Orte boshqacha bayonot bergan: "Klubimiz muzokara o'tkazishni istamayotgandi. Bizga katta zarar etkazildi. Futbolchisi jarohat olgan klub, transferni bir tomonlama hal qilib, muammoni boshqa klub hisobida hal qilishini hazm qila olmaymiz. Bunday vaziyatda ikki klub roziligi kerak bo'lganida hammasini tushunar edik, ammo hozirgi holat klublar o'rtasidagi tenglik qoidasiga to'g'ri kelmaydi. Bu vaziyatda barcha qurollarimizni ishga solishga majburmiz. Ayni damdagi normalar adolatli emas. "Barselona" bundan yutmoqda, "Leganes" esa zarar ko'rdi”.

Martin "Barselona" tarkibidagi debyutini uzoq kutmadi, 22 fevral kuni "Eybar"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushdi. SHu bahsda Breytueyt o'z hisobiga bitta assist yozdirib qo'ygan edi. O'rtadagi karantin sabab to'xtatilgan chempionat yana qaytgach “Malorka” darvozasiga to'p kiritishga erishdi. Debyut goldan so'ng Tvitter sahifasida shunday so'zlarni yozib qoldirgandi: “Ajoyib hissiyotlar. Munosib g'alaba. Birinchi gol. Bu hali boshlanishi”. Garchi shu vaqtlarda “Barselona”ning asosiy hujumchisi Luis Suares tarkibga qaytgan bo'lsa ham u buni normal qabul qilgandi. Undan bu haqida so'rashganida shunday javob bergan: “Suaresning qaytishi o'yin vaqtimga tasir qiladimi? Bunday deb o'ylamayman. Men Luisning jarohatni engib, jamoamiz safiga qaytganidan juda ham xursandman. Undan ko'p narsalarni o'rganmoqchiman. CHunki Suares dunyoning eng kuchli markaziy hujumchilaridan biri hisoblanadi va aytib o'tganimdek, qaytganidan yana bir bora xursandman”.



Terma jamoadagi faoliyati haqida

2008 yildan Martin Daniyaning turli yoshdagi terma jamoalarida o'ynab kelmoqda. 2012 yilda u otasining vatani bo'lgan Gana milliy terma jamoasi safida o'ynash uchun taklif oldi, ammo Breytueyt bu taklifni rad etdi.

Daniya termasining asosiy jamoasidagi debyutni 2013 yil 5 iyun kuni Gruziya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida amalga oshirdi. 14 avgust kuni esa Polshaga qarshi o'yinda terma jamoadagi birinchi golini urdi. Breytueyt 2018 yilgi Rossiyadagi Jahon chempionatida ishtirok etdi va Daniya terma jamoasi C guruhda Franciya, Peru, Avstraliya terma jamolari bilan o'ynab nimchorak finalga chiqdi biroq u erda Xorvatiya bilan o'yinda jamoa penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi.

Faoliyatiga oid qiziq jarayon

O'tgan yozda “Barselona”dan Lionel Messi ketishi haqida gaplar chiqqan vaqti 20 Minutos nashri daniyalik futbolchi "Barsa" rahbariyatidan 10-raqamni so'ragan deya xabar bergan edi. O'sha mish-mishlarga daniyalik vingerning o'zi izoh berdi: "Odamlar nima haqida o'ylashyapti? Albatta, men rahbariyatdan Messining raqamini so'raganim yo'q. Bu hurmatsizlik bo'lardi. Menimcha, bu kabi mish-mishlarni to'qib chiqaradigan odamlar hech kimni hurmat qilishmasa kerak. Messi haqida ko'p yozilmoqda. Men nima bo'layotganini bilmayman. Uni faqatgina ajoyib o'yinchi va jamoadosh deb aytishim mumkin. U jahonda eng zo'r o'yinchilardan biri, Leoning ketishi "Barsa" uchun ulkan yo'qotish bo'ladi". Ayni o'sha transferlar vaqti klubning asosiy markaziy hujumchisi Luis Suares “Atletiko Madrid” safiga o'tgach Martin Breytueyt bo'sh qolgan to'qqizinchi raqamni olishga qaror qildi. Avvalroq, 29 yoshli daniyalik jamoada 19-raqam ostida harakat qilardi.



SHaxsiy hayoti

Martin Breytueyt oliyjanob, o'z oilasini sevuvchi inson. Ko'p futbolchilar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o'z faoliyatlariga doir suratlarni, fikrlarni bersa, Martin ko'proq oilasi haqida yozadi.

 


2019 yil 17 iyunda Breytueyt uylandi, o'sha marosimni eslab shu yili to'ydan suratlarni Tvitterdagi sahifasiga joyladi.
 


SHu yilning 21 aprel kuni Breytueytlar oilasiga yangi “mehmon” - o'g'li Valentino dunyoga keldi.

 


Oliyjanobligi bir jihati bilan juda ham yaqqol ko'ringandi. Ancha avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Breytueyt nogiron muxlis uchun mashinasini to'xtatib, u bilan rasmga tushgan edi.

Futbolchilar dunyosini ikkiga ajratadigan bo'lsak, bir toifa yoshlikdan ushbu sport turiga kirib kelib, ayni yosh chog'idan ko'zga ko'rina olgan bo'lsa, ikkinchi toifa biroz kechroq oyog'idan nimalar kelishini ommaga ko'rsatib qo'yuvchilardir. Jeymi Vardi, Xarri Keyn va mana bugun tanishganimiz Martin Breytueyt. Ularning yoshi eng kuchga to'lgan, ayni darajasining yuksak cho'qqisiga chiqqan - pik davri. O'zi ham jismoniy tayyorgarligini pik darajaga chiqargani haqida gapirib o'tganida shunday degandi: “SHunchalik shug'ullandimki, hozir jismoniy tayyorgarlik borasida hech kim mendan o'ta olmaydi. Har qanday futbolchi bilan bahslashishim mumkin. Men “Barselona”da afsona darajasiga etishni istayman”. Hali ko'pchilik uchun bosh og'riq bo'la oladi bu Martin, ishonavering…



Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика