Bilich: "Vest Xem" chetlatishgacha yaxshi o'ynadi"
31 iyu 2015 11:10
Yangiliklar


Bilich: "Vest Xem" chetlatishgacha yaxshi o'ynadi"
"Vest Xem" bosh murabbiyi Slaven Bilich "Astra"ga qarshi Evropa ligasi saralash bahsidagi natijadan (2:2) qoniqmadi.
"Bu tunda xursand bo'lmadim, chunki jamoa chetlatishgacha yaxshi o'ynadi. "Vest Xem" o'yinni boshqardi. Uchinchi gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Kollins juda qo'pol harakat qilmagan edi, shu sababli uni ayblay olmayman. Ikkinchi sariq kartochka biz uchun kuchli zarba bo'ldi. Birinchi 60 daqiqada "Vest Xem" sifatli futbol ko'rsatdi, ammo bahs 90 daqiqa davom etadi. Biz chetlatishga to'g'ri baho berishimiz kerak edi. 2:2 - jamoamiz uchun yomon natija. Valensiyaning jarohati jiddiyga o'xshaydi" - deydi Bilich.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar