"Bild" "Bavariya"ning inqiroziga kim aybdor ekanini aniqladi
08 okt 2018 15:46
Yangiliklar
"Bild" "Bavariya"ning inqiroziga kim aybdor ekanini aniqladi
Germaniyaning eng mashhur nashri "Bild" "Bavariya"ning bu inqiroziga kim aybdor va javobgar ekanligi aks etgan sarlavha ostida maqola chop etdi.
"Bild"ning yozishicha, "Bavariya"da kuzatilayotgan inqirozda ko'proq rahbariyat aybdor. Aynan ular murabbiy tanlashda va transfer siyosatini olib borishda xatoga yo'l qo'yishgan.
So'rovnoma natijalariga ko'ra, rahbariyat 40% aybdor va javobgar deb topilgan. Murabbiy va futbolchilar esa 30%dan ovoz olishgan.
Eslatib o'tamiz, yangi mavsumda "Bavariya" transfer uchun bir tiyin ham ishlatgani yo'q. "SHalke" yarim himoyachisi Leon Gorecka tekinga qo'lga kiritilgan bo'lsa, Serj Gnabri va Renatu Sanshesh ijaradan qaytishdi.
Ayni paytda esa jamoaning asosiy vingerlaridan biri hisoblangan Koman jarohatini tuzatish bilan band. SHuningdek, Korenten Tolisso, Rafinya va Alaba jarohat olishgan.
O’xshash yangiliklar
19:10
"Barsa" Uilyamsning transferi barbod bo'lsa, "Bavariya" vingeri bilan shartnoma imzolashi mumkin 5
Fikrlar