Bilasizmi? Tolipov bilan Solomin “Oq-Tepa”da
26 okt 2018 11:31
Yangiliklar
Bilasizmi? Tolipov bilan Solomin “Oq-Tepa”da
O'z vaqtida milliy chempionatimizda “Traktor”, “Paxtakor”, “Lokomotiv” hamda “Obod” singari jamoalarda o'ynab, to'purarlik mahoratini namoyon eta olgan Pavel Solomin hamon butsalarini mixga ilishga shoshilayotgani yo'q. 36 yoshli futbolchi ayni damda ikkinchi ligada “Oq-Tepa” sharafini himoya qilmoqda.
Undan tashqari Temur Tolipov ham ushbu jamoa uchun o'ynab kelmoqda. Ishqibozlar yaxshi bilishsa kerak, “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi Tolipov bungacha “Navbahor” va “Obod” singari jamoalarda o'ynashga ham ulgurdi. Joriy mavsum esa 23 yoshli hujumchi PRO-Liga qatnashchisi “Iftixor”da qo'nim topgandi. Biroq Temurning Oltiariq jamoasidagi faoliyati ham uzoq davom etmadi va qisqa fursat ichida futbolchi jamoa bilan xayrlashdi.
Olingan malumotlarga ko'ra, Tolipov ham Solomin singari “Oq-Tepa” uchun o'ynab kelmoqda.
Malumot uchun, Toshkent shahar ikkinchi liga ishtirokchisi “Oq-Tepa” klubini o'z vaqtining mohir himoyachisi Yaroslav Krushelnickiy boshqarmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar