Bilasizmi? "So'g'diyona" Lushandan avval Qosimovga taklif yuborgan
29 may 2018 15:07
Yangiliklar


Bilasizmi? "So'g'diyona" Lushandan avval Qosimovga taklif yuborgan
Lekin "Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jamoani qiyin sharoitda tashlab ketishni istamaganligi bois "So'g'diyona" taklifini qabul qilmagan.
Mirjalol Qosimov yaqinda saytimizga bergan intervyusida ham jamoani og'ir holatda tashlab ketish uning qoidalariga zid ekanini alohida takidlagandi.
SHundan so'ng jizzaxliklar Sergey Lushan nomzodiga to'xtalishgan. Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, "So'g'diyona" Lushan bilan 3 oylik bitim imzolagan. Agarda natijalar yaxshi bo'lsa, Lushan "So'g'diyona"dagi ishini davom ettiradi.
Bizga malum bo'lishicha, "So'g'diyona" hali Mirjalol Qosimov nomzodidan butkul voz kechgani yo'q va kelasi mavsumda yana Qosimovni jamoaga taklif etishga urinib ko'rmoqchi.
Bugun O'zbekiston kubogi doirasida Qosimov boshchiligidagi "Bunyodkor" aynan Lushan boshqarayotgan "So'g'diyona"ga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar