So’nggi yangiliklar

20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  0 20:00Суперлига. ОКМК - "Сурхон" 0:0 (матнли трансляция)  18 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  4 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  2 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  7 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  12 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  4 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  17 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  15 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  5 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  1

Bilasizmi? Ronaldino matbuot anjumanidagi xatosi uchun yillik 760 ming dollar daromaddan mahrum bo'lgan Yangiliklar

Bilasizmi? Ronaldino matbuot anjumanidagi xatosi uchun yillik 760 ming dollar daromaddan mahrum bo'lgan

Ronaldino 2012 yil "Atletiko Mineyro" bilan shartnoma imzolaganidan so'ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

2012 yil iyul oyining unutilmas kunida jurnalistlar bilan suhbatlashar ekan, o'sha paytdagi Coca Cola elchisi Ronaldino katta miqdorda pul to'laydigan kompaniyani jiddiy o'ylantiradigan harakat amalga oshirdi.

"Barselona"ning sobiq pleymeykeri Braziliyaning "Atletiko Mineiro" klubiga o'tganiga atigi bir necha kun bo'lgach, futbolchi OAV vakillari bilan uchrashdi.

O'shanda Ronaldinoga Coca Cola homiylik qilayotgandi. Malumotlarga ko'ra, braziliyalik futbolchi 2014 yilga qadar amal qiladigan kelishuvga binoan yiliga 760 000 AQSH dollari ishlab olishi ko'zda tutilgandi.

Bularning barchasini inobatga olgan holda, uning matbuot anjumani chog'ida Coca Cola'ning asosiy raqobatchilaridan biri bo'lgan Pepsi qadog'i yoniga o'tirish qarori uning ichimliklar brendi bilan munosabatida hal qiluvchi omil bo'ldi.

O'sha paytda Pepsi "Atletiko Meniyro"ga  homiylik qilardi va kompaniya mahsuloti matbuot anjumanlarida stollarga qo'yiladi.

Ammo Ronaldino intervyu chog'ida Pepsi idishlarining biridan ho'plagan va bu tezda mish-mishlar tarqalishiga sabab bo'lgan.

Oradan bir necha kun o'tib Coca Cola kompaniyasining marketing bo'yicha boshlig'i Marselo Pontes Braziliyaning "O Estado de Sao Paulo" gazetasiga bergan intervyusida shunday dedi: "Futbolchining bir butilka Pepsi bilan maydonga tushishi tuyaning belini somon bilan sindirishdek gap". U qo'shimcha qildi: "Homiyligimiz sharmandali bo'lib qoldi."

Coca Cola ham voqea yuzasidan bayonot berdi: “Coca Cola Ronaldinoning shuhrati va qadr-qimmatini tan oladi. Biroq so'nggi voqealar tufayli hamkorlikni davom ettirish imkonsiz bo'lib qoldi”.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика