So’nggi yangiliklar

22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  3 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  7 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  10 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  4 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3

⚡️ Bilasizmi? Nogiron-amputantlar o'rtasidagi JCH-2022'da qatnashish uchun har bir termadan badal puli olingan. Sovrin jamg'armasi haqida esa malumot yo'q Yangiliklar

⚡️ Bilasizmi? Nogiron-amputantlar o'rtasidagi JCH-2022'da qatnashish uchun har bir termadan badal puli olingan. Sovrin jamg'armasi haqida esa malumot yo'q

Nogiron-amputantlar o'rtasidagi 17-jahon chempionati yakuniy nuqtaga etib keldi.

Afsuski, O'zbekiston terma jamoasi yarim finalda minimal (0:1) hisobda mezbonlarga imkoniyatni boy berdi. Endi vakillarimiz 9 oktyabrda 3-o'rin uchun Gaiti bilan bahs olib boradi. Finalda esa yana Turkiya – Angola bahsi bo'lib o'tadi. Ular o'tgan mundialda ham bir-biriga qarshi to'qnash kelgan va o'shanda Afrika vakili penaltilar seriyasida zafar quchib, ilk bor bosh sovrin egasiga aylangandi.

Avvalroq, musobaqaning hal qiluvchi o'yini 9 oktyabr kuni “Galatasaroy”ning 52 mingdan ortiq tomoshabinnni o'z bag'riga sig'dira oladigan muhtasham o'yingohi ("Turk Telekom Arena")da bo'lib o'tishi haqida xabar bergandik.

Bizga malum bo'lishicha, musobaqada qatnashish uchun har bir ishtirokchi (24 ta) terma jamoadan 5,000 (umumiy 120,000) dollar miqdorida badal puli olingan. Turkiyadagi mundialning sovrin jamg'armasi haqida esa aniq malumot yo'q.

Biroq, faqatgina 2012 yil Rossiyaning Kaliningrad shahrida o'tgan turnirda musobaqa g'olibiga (o'shanda O'zbekiston bo'lgan) 20 ming dollar pul mukofoti, ikkinchi hamda uchinchi o'rinlarga 15 va 5 ming dollar miqdorida mablag' berilgani haqida xabarlar bor. Ungacha esa hech qanday sovrin jamg'armasi bo'lmagan.  

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика