Bilasizmi? "Navbahor" oxirgi to'rtta uy uchrashuvidan uchtasida bir xil 3:0 hisobida g'alaba qozondi
12 iyu 2018 14:15
Yangiliklar
Bilasizmi? "Navbahor" oxirgi to'rtta uy uchrashuvidan uchtasida bir xil 3:0 hisobida g'alaba qozondi
Namanganning "Navbahor" klubi Superliga bahslarini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazmoqda.
Xabaringiz bor, jamoa kuni kecha o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qilib 3:0 hisobida g'alabaga erishdi. Qizig'i shundaki, "Navbahor" bundan avvalgi uchta uy uchrashuvidan ikkitasida shu hisob bilan zafar quchgandi. Avvaliga "Qizilqum", undan keyin "Metallurg" 3:0 hisobida mag'lub etilgandi.
Mana endi Namanganga tashrif buyurgan "Qo'qon-1912" ham o'z darvozasidan javobsiz uchta to'p o'tkazib yubordi. Bundan ko'rinib turibdiki, namanganliklarning shashti ancha baland. Ilhom Mo'minjonov shogirdlari har bir bahsda astoydil harakat qilishmoqda deya olamiz. Yana bir malumot: "Navbahor" oxirgi beshta o'yinning birortasida ham gol o'tkazmasdan g'alaba qozondi. To'plar nisbati 11-0. Mana buni tahsinga loyiq natija desa bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
11:17
“Navbahor” klubi vice-prezidenti Otabek Samatov: "Paxtakor"ga qarshi o'yin muhim ahamiyatga ega" 12
Fikrlar