Bilasizmi? Maruf Murodov diskvalifikaciya qilinadi, agar...
06 jan 2014 21:00
Yangiliklar

Bilasizmi? Maruf Murodov diskvalifikaciya qilinadi, agar...
Qishki yig'in chog'ida futbolchilarning u jamoadan bu jamoaga o'tishi odatiy xol.
Bundan qaysidir klub yutadi va yana qaysidir jamoa jabr chekadi.
Jizzaxning “So'g'diyona” klubida o'ynab malakasini oshirgan ayrim futbolchilar endilikda o'zlarini yanada kuchiliroq klubda sinab ko'rishga axd qilmoqda. Hattoki amaldagi shartnomasi bo'lishiga qaramay, ikkinchi jamoa bilan bitim imzolagani ham kuzatildi.
Gap Maruf Murodov haqida ketmoqda. O'tgan yili “So'g'diyona” safida o'zini ko'rsatishga erishgan futbolchi qishki yig'inni “Neftchi” tarkibida boshladi. Ushbu klub rasmiy saytining xabar berishicha Murodov farg'onaliklar bilan kelishuvga erishgan va tomonlar o'zaro bir yillik shartnomaga imzo chekkan.
“So'g'diyona” bosh murabbiyi Davron Fayziev bilan bu haqda suhbatlashganimizda quyidagilarni aytib o'tdi. – Murodov masalasi hozircha ochiq turibdi. CHunki uning biz bilan amalda shartnomasi bor. To'g'ri, Marufning “Neftchi” bilan ham bitim imzolaganini eshitdim. Lekin aytib o'tganimdek, futbolchining “So'g'diyona” bilan ham shartnomasi mavjud. Hayronman, qanday qilib u ikkinchi jamoa bilan yana shartnoma imzolagan ekan? Bir vaqtning o'zida ikkita klub bilan shartnoma tuzish futbolchining o'ziga zarar. SHuning uchun oldin bu haqda maslahatlashib o'ylab ko'rish kerak. Yaqinda bo'lib o'tgan PFL yig'ilishida klublardan o'yinchilarni taklif etayotganda, avvalo har ikki jamoa rahbarlari muzokara o'tkazinglar, tayyoriga ayyorlik qilmasdan deyilgandi...
Aslida “Neftchi” rahbariyati Murodovning “So'g'diyona” bilan amalda shartnomasi borligini surishtirmagan yoki futbolchining o'zi bu haqda jiddiy o'ylab ko'rmagan. Endi Maruf Murodov PFL tomonidan yarim yilga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili shu kabi xolat Aleksandr Kleckov va Ahrol Risqullaev bilan ham yuz bergandi.

Fikrlar