So’nggi yangiliklar

16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  0 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  6 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  7 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  3 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  8 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  27

Bilasizmi? Franciya chempionatida 43 yoshli futbolchi o'ynayapti Yangiliklar

Bilasizmi? Franciya chempionatida 43 yoshli futbolchi o'ynayapti

Teglar :  Vitorino Ilton
Tibbiyot va texnologiyalarning rivojlanishi futbolda yosh chegarasini yuqoriga ko'taryapti.

Tez orada 40 yoshga to'ladigan Zlatan Ibragimovich ko'rsatayotgan o'yin darajasi, to'xtash nimaligini bilmayotgan Ronaldu va Messi, "Yokogama" bilan shartnomasini uzaytirgan 53 yoshli Kacuyosi Miura  haqida bilasiz.

Bugun Franciya chempionatida to'p tepayotgan eng qari futbolchi haqida malumot beramiz. Bu — "Monpele" sardori Vitorino Ilton hisoblanadi. U 1977 yilda Braziliya poytaxtida tug'ilgan. "SHapekoense" tarbiyalanuvchisi Evropaga ko'chib o'tganiga 19 yil bo'ldi. Dastlab, SHveycariya chempionati, keyin Franciya 1-ligasining "Bastiya" va "Lans" klublarida to'p tepgan Ilton uchun 2008 yilda "Marsel" rahbariyati 5 mln evro to'ladi. "Olimpik"dagi 3 yillik faoliyatidan keyin "Monpele" tarkibiga erkin agent sifatida borib qo'shilgan Vitorino hamon yashil maydonda javlon urmoqda. U Franciyaning 2 karra chempioni hisoblanadi.

Franciya chempionatining joriy mavsumida 13 ta o'yinda maydonga tushib, umumiy 727 daqiqa harakatlangan. Braziliyalik markaziy himoyachining "Monpele" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Ilton o'tgan yilning sentyabr oyida Liga 1 da maydonga tushgan so'nggi 64 yildagi eng keksa futbolchiga aylangan edi. Agar tomonlar o'rtasidagi hamkorlik yana 6 oyga uzaytirilsa, butun chempionat tarixidagi rekord yangilanishi mumkin.

Malumot uchun,  qariyalar ro'yxatining 2-pog'onasini "Marsel" darvozaboni Yoann Pele band qilib turibdi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика