So’nggi yangiliklar

08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  1 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  0 07:44Клопп кечаги мағлубиятдан сўнг чемпионлик имкониятлари ҳақида гапирди  3 07:20Лига 1. "Монако" - "Лилль" 1:0  0 07:15Лига 1. "Лорьян" - ПСЖ 1:4  0 07:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Шеффилд" 4:2  0 07:05АПЛ. "Эвертон" - "Ливерпуль" 2:0  0 07:00АПЛ. "Кристал Пэлас" - "Ньюкасл" 2:0  0 02:10АПЛ. "Ливерпуль" "Эвертон"га ютқазиб, чемпионлик пойгасидаги имкониятларини янада ёмонлаштириб юборди  23 02:00АПЛ. "Ман Юнайтед" 20-ўриндаги "Шеффилд"ни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  32 00:50Тебас яқин келажакда Ла Лига ўйинлари АҚШда ўтказилишини маълум қилди  5 00:35Франция. ПСЖ "Лорьян"дан устун келди ва чемпионлик масаласини деярли ҳал қилди  1 00:22Breaking: Хави "Барселона"да қолишга қарор қилди!  24 23:54"Реал Мадрид" "Милан" ҳимоячисининг трансфери устида ишламоқда  0 23:23 Хосе Венансио Лопес: "Эронга қарши баҳс жуда қийин ва мураккаб бўлиши аниқ, бироқ биз ўз потенциалимизга ишонамиз"  7

Bilasizmi? Ertaga Tojikiston chempionati start oladi Yangiliklar

Bilasizmi? Ertaga Tojikiston chempionati start oladi

Malum bo'lishicha, yon qo'shnimiz Tojikistonda koronavirus holati aniqlanmagan, shu bois ertadan milliy chempionatga start beriladi.

Hisob bo'yicha bu 29-milliy chempionat hisoblanadi. Bu yilgi musobaqada 10ta klub ishtirok etadi. 


1. «Lokomotiv-Pomir» (Dushanbe)

2. «Dushanbe-83» (Dushanbe)

3. CSKA (Dushanbe)

4. «Xatlon» (Boxtar)

5. «Ko'ktosh» (Rudaki)

6. «Regar-TadAZ» (Tursunzoda)

7. «Istaravshan» (Istaravshan)

8. «Xo'jand» (Xo'jand)

9. «Istiqlol» (Dushanbe)

10. «Fayzqand» (Vose)


1-tur uchrashuvlari 

5 aprel (yakshanba)

«Lokomotiv-Pomir» – «Fayzqand»

«Xatlon» – «Istaravshan»

«Ko'ktosh» – «Regar-TadAZ»

8 aprel (chorshanba)

«Dushanbe-83» – «Istiqlol»

CSKA – «Xo'jand»



10ta klubdan 6tasida o'zbekistonlik futbolchilar bor 

Demak, Tojikiston chempionatida 10ta klub ishtirok etsa, shundan oltitasi o'z safini o'zbekistonlik legionerlar bilan to'ldirgan. Bu haqda saytimiz orqali avval xabar bergandik. 

O'zbekistonlik futbolchilar bor klublar: "Xo'jand", "Regar-TadAZ", CSKA, "Ko'ktosh", "Istaravshan" va "Fayzqand". 

O'zbekistonlik futbolchilar yo'q klublar: "Istiqlol", "Lokomotiv-Pomir", "Xatlon", "Dushanbe-83". 


Qaysi klubda kimlar? 

"Xo'jand" - Mamur Ikromov (darvozabon), Siroj Hamroev (himoyachi), Sanjar Rixsiboev (yarim himoyachi), Andrey Sidorov (hujumchi). 

"Regar-TadAZ" - Jalil Kimsanov (himoyachi), Farrux Nurliboev (himoyachi), Sardor Eminov (yarim himoyachi). 

CSKA - Nodirbek Ibragimov (yarim himoyachi). 

"Ko'ktosh" - Bunyod SHodiev (yarim himoyachi), Muhiddin Odilov (hujumchi), Abbos Ikromov (hujumchi). 

"Istaravshan" - SHahzod SHamsiddinov (darvozabon), Zufarjon Akbaraliev (himoyachi), To'lqinjon Umarov (himoyachi), Saiddoston Fozilov (himoyachi). 

"Fayzqand" - Jasur Qurbonov (himoyachi), Jasur Ashurov (himoyachi), Dilshodjon Baratov (himoyachi), Azizjon Zaripov (himoyachi), Anvar Murodov (hujumchi).


 

Klublar haqida malumot 

Quyida Tojikiston chempionatida ishtirok etuvchi klublar haqida bazi malumotlarni keltirib o'tamiz. 


«Istiqlol» (Dushanbe) 

Bosh murabbiy: Vitaliy Levchenko

2019 yilgi natijasi: CHempion, 51 ochko. 

Legionerlari: Marko Milich (Serbiya), Oleksi Larin (Ukraina), Viktor Svejov (Rossiya), Vahit Orazsahedov (Turkmaniston). 

Eng kuchli futbolchisi: Alisher Jalilov.

 

"Istiqlol" oxirgi yillarda Tojikistonning eng kuchli klubi hisoblanadi. 2010 yildan buyon 8 bor chempion bo'lgan. Indoneziyadagi ikki yillik faoliyatdan so'ng Manuchehr Jalilov yana qadrdon jamoasiga qaytdi. Ushbu futbolchi Tojikiston terma jamoasining barcha davrlardagi eng yaxshi to'purari hisoblanadi. 

SHuningdek, klub o'z safiga Qirg'izistonning "Dordoy", Turkmanistonning "Oltin Asr" klublarida o'ynab bir nechta gollar urgan Vahit Orazsahedovni qo'shib oldi. Albatta, bu yilgi mavsumda ham jamoa sardori Alisher Jalilovdan kutilayotgan umid katta. 26 yoshli futbolchi faoliyatining eng yaxshi onlarini o'tkazmoqda.


«Xo'jand» (Xo'jand) 

Bosh murabbiy: Nikola Lazarevich.

2019 yilgi natijasi: Ikkinchi o'rin, 36 ochko.

Legionerlari: Mamur Ikromov, Siroj Hamroev, Sanjar Rixsiboev, Andrey Sidorov (barchasi O'zbekiston). 

Eng kuchli futbolchisi: Fatxullo Fatxulloev.

 

Etti bor ikkinchi o'rinni qo'lga kiritib, hali chempion bo'lmagan "Xo'jand" ham bu mavsum o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. Lekin bugun o'tkazilgan Superkubok o'yinida "Istiqlol"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Xo'jandliklar safiga Fatxullo Fatxulloevning qo'shilishi eng omadli transfer sifatida aytilmoqda. SHuningdek, "Lokomotiv" sobiq darvozaboni Mamur Ikromov, "Mashal" tarbiyalanuvchisi Siroj Hamroev, 2018 yilgi U-23 Osiyo chempionati finalida gol urib terma jamoamizga oltin medallarni taqdim etgan Andrey Sidorov kabi futbolchilar ham "Xo'jand" sharafini himoya qilishadi. 


«Regar-TadAZ» (Tursunzoda)

Bosh murabbiy: O'ktam Sattorov  

2019 yilgi natijasi: 3-o'rin, 30 ochko. 

Legionerlari: Jalil Kimsanov, Farrux Nurliboev, Sardor Eminov (uchalasi O'zbekiston), Akbari Arash (Eron). 

Eng kuchli futbolchisi: Nozim Bobojonov.

 

"Regar-TadAZ" ayniqsa 2000 yillarda ko'p bor tilga olinardi. CHunki bu jamoa o'z vaqtida uch marta OFK Prezident Kubogida kumush medallarni qo'lga kiritgan. O'z paytida terma jamoa bazasi bo'lgan klub oxirgi yillarda birmuncha kuchsizlanib qolgandek. 

O'tgan yil Kubok finalida mag'lub bo'lgan jamoaning bu mavsum Nozim Bobojonovdan umidi katta. SHuningdek, tursunzodaliklar bilan shartnoma imzolagan Farrux Nurliboev ham o'zini ko'rsatishi kutilmoqda. 


CSKA (Dushanbe)

Bosh murabbiy: Sergey Jickiy 

2019 yilgi natijasi: 4-o'rin, 29 ochko. 

Legionerlari: Ivan Ponomarenko, Artyom Gaydash, Dmitriy Bondar (uchalasi Ukraina), Nodirbek Ibragimov (O'zbekiston). 

Eng kuchli futbolchisi: Dilshod Vosiev.

 

"Armiyachilar"ning eng muvaffaqiyatli onlari 90-yillarga to'g'ri keladi. Lekin o'tgan yilgi 4-o'rin ham oxirgi o'n yillikdagi eng yaxshi natija bo'ldi. Jamoani ayni paytda ukrainalik murabbiy Sergey Jickiy boshqarmoqda. Uning qo'l ostida CSKA futbolchilari o'tgan yil "Istiqlol"ni 3:2 hisobida mag'lub etishdi. 

Jamoa safiga shu yil qishda Tojikiston terma jamoasida 50ta o'yin o'tkazgan Dilshod Vosiev kelib qo'shildi. 32 yoshli futbolchi jamoada eng asosiy figura bo'lishi kutilmoqda. 


«Istaravshan» (Istaravshan)

Bosh murabbiy: Aliyor Ashurmamadov. 

2019 yilgi natijasi: 5-o'rin, 27 ochko. 

Legionerlari: SHahzod SHamsiddinov, Zufarjon Akbaraliev, To'lqinjon Umarov, Saiddoston Fozilov (hammasi O'zbekiston), Jozef Feumba, Mbeke Siebatcheu (ikkalasi Kamerun) 

Eng kuchli futbolchisi: Ilhom Barotov.

 

Ikki hafta oldin bo'lib o'tgan Liga Kubogi finalida "Istaravshan" CSKAni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Bu o'yinda Akbaraliev bilan Barotovning gollari jamoaga g'oliblikni keltirdi. 

O'tgan yilning oktyabridan beri Tojikiston milliy terma jamoasiga taklif etilayotgan Ilhom Barotov ancha yorqin o'yin namoyish etmoqda. Bosh murabbiy Aliyor Ashurmamadov ko'p jihatdan shu futbolchiga suyanishi aniq. Qolaversa bu klubda to'rt nafar o'zbekistonlik o'ynaydi. 


«Ko'ktosh» (Rudaki)

Bosh murabbiy: Rahmatullo Fuzaylov.  

2019 yilgi natijasi: 6-o'rin, 27 ochko. 

Legionerlari: Bunyod SHodiev, Muhiddin Odilov, Abbos Ikromov (uchalasi O'zbekiston), Ishmail Klotey, Prins Artur (ikkalasi Gana), Erfan Moradnejadi (Eron).   

Eng yaxshi futbolchisi: Muhiddin Odilov.

 

O'z paytida Tojikiston terma jamoasida yorqin o'yin namoyish etgan Rahmatullo Fuzaylov boshqaruvidagi "Ko'ktosh" ham o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. Ushbu jamoa safida hamyurtimiz Muhiddin Odilov eng yaxshi futbolchi bo'lishi kutilyapti. "Ko'ktosh" bir oy oldin o'tkazilgan Tojikiston futbol federaciyasi Kubogida zafar quchib, mavsumga tayyor ekanligini ko'rsatdi. 


«Xatlon» (Boxtar)

Bosh murabbiy: Asliddin Xabibullaev.  

2019 yilgi natijasi: 7-o'rin, 24 ochko. 

Legioneri: Kuaye Godson (Gana)

Eng yaxshi futbolchisi: Karomatullo Saidov.

 

Boxtarning "Xatlon" klubi o'z safiga faqat bir nafar legionerni qo'shib oldi. Bu ganalik darvozabon Kuaye Godson. Bu jamoa mavsum tugashiga to'rt qolganida uchinchi o'rinda borayotgandi, ammo oxirgi uchrashuvlardagi ketma-ket omadsizlik sabab 7-o'ringa tushib qoldi. Bu yil esa jamoa yanada yuqori o'rinlarni ko'zlayapti. 20 yoshli Karomatullo Saidov o'zini ko'rsatsa ajab emas. 


«Lokomotiv-Pomir» (Dushanbe)

Bosh murabbiy: Mubin Ergashev. 

2019 yilgi natijasi: Birinchi liga chempioni, 61 ochko.  

Legionerlari: Benjamin Asamoa, Avuku Kaleb Oduro (ikkalasi Gana). 

Eng yaxshi futbolchisi: Islom Zoirov.

 

"Istiqlol"ning shu yil "Lokomotiv"ga qarshi OCHL pley-off uchrashuvi yodingizdami? O'shanda jamoa bosh murabbiyi Mubin Ergashev edi. Hozirda ushbu murabbiy "Lokomotiv-Pomir"ni boshqarmoqda. Jamoa tarkibi asosan yoshlardan iborat. "Temiryo'lchilar" Braziliyada bo'tgan U-17 jahon chempionatida qatnashgan bir nechta futbolchini o'z saflariga qo'shib olishdi. Masalan, 17 yoshli Azizbek Hasanov o'tgan yil birinchi ligada 13ta gol urdi. 


«Fayzqand» (Vose)

Bosh murabbiy: Tohir Mo'minov. 

2019 yilgi natijasi: Birinchi liga vice-chempioni, 60 ochko. 

Legionerlari: Jasur Qurbonov, Jasur Ashurov, Dilshodjon Baratov, Azizjon Zaripov, Anvar Murodov (hammasi O'zbekiston). 

Eng yaxshi futbolchisi: Dalerjon To'xtasunov.


Birinchi ligadan chiqqan yana bir jamoa. "Fayzqand" yangi mavsum oldidan legioner sifatida faqat o'zbekistonlik futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. Qolaversa jamoa bosh murabbiyi Tohir Mo'minov nomi ko'pchilikka yaxshi tanish. Bu klub ham o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. 


«Dushanbe-83» (Dushanbe)

Bosh murabbiy: Nazirsho Rizomov. 

2019 yilgi natijasi: Birinchi ligada 3-o'rin, 54 ochko. 

Legionerlari: Silvanus Evans Gbeti, Kolins Aduxene, Sodiq Musa, Idris Aminu, Agbley Jons (barchasi Gana), Ariy Elaydja (Qirg'iziston).  

Eng yaxshi futbolchisi: Elchibek Rashidbekov.


Bir paytlari "Vaxsh" safida porlagan Nazirsho Rizomov qo'l ostidagi jamoa ushbu mavsum kuchlilar orasida o'zini sinab ko'radi. Mavsum avvalida o'tkazilgan Liga Kubogi musobaqasida "Dushanbe-83" uchinchi o'rin uchun bahsda "Ko'ktosh"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Klub besh nafar ganalik futbolchilar bilan shartnoma imzoladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика