Bilasizmi? BAA terma jamoasi futbolchisi O'zbekistonga kelsa qamoqqa olinishi mumkin
14 okt 00:50
Yangiliklar
Bilasizmi? BAA terma jamoasi futbolchisi O'zbekistonga kelsa qamoqqa olinishi mumkin
15 oktyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida BAAga qarshi o'ynaydi.
Biroz oldin saytimizda BAA terma jamoasi O'zbekistonga 4 yo'qotish bilan kelayotgani haqida xabar chiqdi. 4 futbolchidan biri Fabio De Lima. "Al Vasl" klubi futbolchisi 2013 yilda O'zbekiston fuqarosi pasportini olgan va BAA chempionatida osiyolik legioner sifatida ro'yxatdan o'tgan. Bu holat O'zbekistonda tekshiruvga sabab bo'lgan va bu raqamli pasport aslida boshqa odamga tegishli ekani malum bo'lgan.
SHu bois Fabio hech qachon O'zbekistonga uchib kelmaydi. O'z vaqtida "Nasaf" OCHLda "Al Vasl"ni qabul qilgan va De Lima Qarshiga kelmagandi. Yaqindagina "Al Vasl" "Paxtakor"ga qarshi o'ynadi, tushunganingizdek Fabio kelmadi. U 15 oktyabr kungi bahsni ham BAAdan turib tomosha qiladi.
Fikrlar
у хам жавобгар . Конун хамма учун баробар бу́лиши шарт бунда майда чуйда деган нарса бу́лиши мумкин эмас .
Чунки холат 2013 йилда содир булган Бу харакат учун жавобгарлик учун 5 йил камок бор хозир эса 11 йил утган жавобгарликка тортиш муддати утиб кетган