So’nggi yangiliklar

12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  1 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  0 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  1 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  3 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  1 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29

Bikmaev va To'xtaxo'jaevning jarohatdan qutilish jarayoni qanday ketmoqda? (VIDEOINTERVYU) Yangiliklar

Bikmaev va To'xtaxo'jaevning jarohatdan qutilish jarayoni qanday ketmoqda? (VIDEOINTERVYU)

Teglar :  Lokomotiv
Bilasiz, “Lokomotiv” jamoasi Oliy Liga-2017 birinchi davrasini musobaqa jadvalida 1-o'rinda yakunladi.

Biroq jamoa ilk davraning so'nggi turlarini tarkibda bir qator etakchilarsiz o'tkazishga majbur bo'ldi. Jumladan, jamoaning asosiy himoyachilaridan biri – Islom To'xtaxo'jaev hamda jamoa to'purari – Marat Bikmaev jarohat sabab bir nechta muhim o'yinlarni o'tkazib yuborishdi.

Xo'sh, ushbu ikki futbolchining tiklanish jarayoni qanday ketmoqda? Bu haqida mahoratli o'yinchilar “Lokomotiv” jamoasi matbuot xizmatiga so'zlab berishdi.


JAROHAT XUSUSIDA:

Marat Bikmaev:


Menda gematoma ro'y berdi. Hozirda sekin-asta yakka tartibda mashg'ulot o'tayapman. Jamoa bilan birgalikda chigalyozdi mashqlari bajarayotgan bo'lsak-da, bizda (jarohat olgan futbolchilarda) o'zimizning alohida tiklanish mashg'ulotlari dasturimiz bor. SHu asosda sekin-sekin jarohatdan tiklanib boryapmiz. Hozir oldingidan ancha engillikni his qilyapman. Yaqin orada umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shilishga umid qilyapmiz.


Islom To'xtaxo'jaev:

Men “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi o'yin oldidan tizzamdan jarohat olgan edim. SHukr, jarohatdan tuzalish jarayoni ko'ngildagidek ketyapti. Umid qilamanki, ikkinchi davradan boshlab jamoamizga yana yordam bera boshlaymiz.

 

“LOKOMOTIV”NING BIRINCHI DAVRADA KO'RSATGAN O'YINI XUSUSIDA:

Marat Bikmaev:


Birinchi davrani biz ancha yaxshi tarzda o'tkaza oldik. Ilk davrani birinchi pog'onada tugatyapmiz. Bu ikkinchi davrada bizga katta ustunlik taqdim etishi tayin. Bunga asosiy sabab esa – chempionatga tayyorgarlik jarayonini ancha puxta olib borgan edik. Ana endi ikkinchi davraga ham shunday yaxshi hozirlik ko'rib, uni ham ko'ngildagidek o'tkazishga urinamiz.

Islom To'xtaxo'jaev:

Birinchi davrani birinchi o'rinda yakunlaganimiz yaxshi bo'ldi, deb o'ylayman. Qishda bo'lgan o'quv-mashg'ulot yig'inlarida qilgan mehnatimiz o'z samarasini mana birinchi davra o'yinlarida ko'rsatdi. To'g'ri, hamma joyda ham qandaydir kamchilik bo'ladi. Ammo uni bartaraf etgan holda ikkinchi davraga ham yaxshi tayyorgarlik olib borib, chempionlik o'rnimizni hech kimga bermaslikka harakat qilamiz.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика