So’nggi yangiliklar

07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1

Bikmaev so'nggi yillardagi statistikaga etiborimizni qaratdi Yangiliklar

Bikmaev so'nggi yillardagi statistikaga etiborimizni qaratdi

Marat Bikmaev, O'zbekiston milliy terma jamoasining ayni damdagi eng yoshi ulug' futbolchilaridan bo'lsada, so'ngi pallada termamizning, shak-shubhasiz, eng ishongan azolaridan biriga aylanib qoldi.

Ketma-ket ikki uchrashuvda - uchta gol! Oxirgi to'rtta o'yinni oladigan bo'lsak, termamiz kiritgan jami 5ta golning naqd 4tasi (!) Bikmaev hisobiga yozildi.
So'ngi yillarda hujumchilar borasida u qadar maqtana olmayotgan o'zbek futbolida Marat sentyabr-oktyabr oylarida qayd etgan bunday etiborli ko'rsatkichlarni biz oxirgi marta qachon kuzatganmiz?

2015 yil 8 sentyabr kuni O'zbekiston JCH-2018 saralashining 2-bosqichi guruh bahsida safarda Filippinni 5:1 hisobida enggandi. O'sha uchrashuvda Igor Sergeev bilan Sardor Rashidov ikkitadan gol urishgan edi. Termamizning shundan keyingi bellashuvi 2015 yil 8 oktyabr kuni bo'lib o'tgan. JCH-2018 saralashining huddi o'sha bosqichida biz mehmonda endi Bahraynni mag'lub etdik – 4:0. Sergeev bilan Rashidov bu o'yinda bittadan golga mualliflik qilishdi. Demak, milliy terma jamoamiz tarkibida ketma-ket 2ta bahsda 3ta gol urish borasidagi so'ngi holat kechagi kungacha I.Sergeev va S.Rashidovga tegishli bo'lib kelayotgandi. Va, mana, nihoyat, 3 yilu 8 kun deganda, Marat Bikmaev mazkur natijani takrorladi.



Termamizning oxirgi 4ta uchrashuvida raqiblar darvozalariga 4ta gol kiritgan Marat Bikmaev bu jabhada ham so'ngi futbolchimiz bo'lib turgan Igor Sergeevning ushbu yo'nalishdagi ko'rsatkichini ham birmuncha takrorladi, desak ham bo'laveradi. Gap shundaki, yuqorida tilga olingan Bahrayn bilan o'yindan keyin O'zbekiston JCH saralashining yana o'sha raundida 2015 yil 12 noyabr kuni uyda SHimoliy Koreyani enggan (3:1). Gollarning biri Sergeev hisobiga yozilgan. Yani o'sha mahal Igor termamiz safida qatorasiga 3 uchrashuvda 4ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgandi. Farqi - Bikmaevga bu natijaga erishish uchun birin-ketin 4ta o'yin kerak bo'ldi. 27 kuni kam uch yil bo'lgandiki, hali hech kim termamiz tarkibida ketma-ket 3 yoki ketma-ket 4 o'yinda jami 4ta gol ura olmayotgan edi.

Ulug'bek Mirzaev statistikasi

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика