So’nggi yangiliklar

07:47Ёшларимиз бугун Аргентинага қарши баҳс олиб боради  1 07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0 01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  5 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  24 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  17 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  14 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  17 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  75 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  32 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  28 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  113 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46

Big Semning omadi yoki angliyalik Timoshuk Yangiliklar

Big Semning omadi yoki angliyalik Timoshuk

Angliya termasi Sem Ellardays boshchiligida ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazdi.

Britaniyaliklar Slovakiyada 3 ochkolik bo'lishdi, ammo o'yin borasida bir qancha savollarni yuzaga keltirishdi, ularning eng kattasi esa - Runining keyingi taqdiri nima bo'ladi?

Uch sherlarning JCH-2018  hal qiluvchi bosqichidagi muvaffaqiyatli startidan so'ng mana shu savol atrofidagi gaplar hozirda Britaniya matbuoti va ijtimoiy tarmoqlarning asosiy mavzusiga aylangan. Adam Lallanning 95-daqiqadagi goli  (bu to'p raqib darvozabonining xatosi tufayli yuzaga kelganini ham unutmaslik lozim) butun Angliyani endi terma boshqaruviga omadli bosh murabbiy kelganiga ishontirdi va porloq kelajakka umid uyg'otdi. Biroq Ellardaysga bu safar tolening kulib boqqani raqib jamoa Lallanning aniq zarbasiga qadar ham anchadan buyon bir kishi kam bo'lib maydonda harakat qilganini unutishga asos bo'lolmaydi. SHuningdek, kadrlar masalasida Big Sem oldida turgan yana bir muhim masalani hal qilmaydi - maydonda jamoa sardori Ueyn Runidan qay tarzda samaraliroq foydalanish darkor?

Murabbiyning o'zi o'yindan keyin berilgan savollar orasida Runiga oidiga javob berarkan, aniq bir narsani aytishdan qochdi:  Runi qaerda o'ynashini men qanday qilib hal qilaolaman? Bundayin katta tajriba va xizmatga ko'rsatgan o'yinchi bo'lgan Ueynning o'zi qaysi poziciya o'ynashi lozimligini bilmaydimi, axir. U o'yinni juda yaxshi o'qiy oladi va men bu futbolchi harakatlaridan xursandman. Big Sem ingliz futboli yulduzi o'yinini imkon qadar hurmat ko'rsatgan holda baholadi, o'z o'rnida Runi ham Angliya termasi safida navbatdagi rasmiy uchrashuvda maydonga tushish orqali bosh jamoadagi o'yinlari sonini 116taga etkazdi va bu bilan maydon o'yinchilari orasida o'ziga xos rekord o'rnatdi. Ammo Angliya 3 ochkoni qo'lga kiritmaganida Big Semning Ueynga nisbatan fikri shu darajada iliq va hurmatli bo'larmidi? Axir, natijani hisobga olmaganda  Runi va u sardorligidagi jamoa u darajada ajoyib o'yin ko'rsatmadi-ku, kep esa hamon maydondagi o'rnini topa olmayotganday.

U bahsni oldingi poziciyaga surilgan markaziy xavbeklardan biri sifatida boshladi (Xenderson bilan birga, Dayer esa raqib himoyasini tor-mor qilishga javob berardi). Tanaffusdan so'ng, Ueyn qisqa muddatga o'nlik poziciyasiga ko'chib o'tdi - o'yin avvalidan uni aynan shu erda kutishardi. Biroq SHkrtel chiqarib yuborilgach va Dele Alli maydondagi bo'shliqlikni tiklash uchun tushirilgach, Ueyn mazkur oqshomning o'zida 3-bor o'z poziciyasini o'zgartirdi. Ellardays o'yinning nazorati haqida har qancha gapirishi mumkindidir, lekin takror bo'lsada aytamiz: Lallan uchrashuvning so'nggi soniyalarida to'p kiritmaganida undan nima naf bo'lardi?! Boz ustiga, mazkur bahs boshqacha scenariy asosida kechganida, masalan, slovaklar to'liq tarkibda o'ynashganida-chi?! Axir Big Semning o'zi Ueyndan taktik sxemada nisbatan hujumkor poziciyada o'ynashini kutganini aytdi-ku. Amalda esa, ingliz rekordchisi o'zi  uchun maydonda munosib joy axtarib yurganida, uning jamoasidagi o'rta va hujum chizig'i o'rtasida uzilish paydo bo'ldi.

Runi va Angliya termasining bugungi holati malum manoda Anatoliy Timoshuk va Ukraina termasi o'rtasidagi vaziyatni yodga soladi. Xizmat ko'rsatgan futbolchi va sardor, statistika borasida navbatdagi cho'qqilarni zabt etish ostonasida turgan yulduz murabbiy unga nisbatan biror bir salbiy munosabat bildira olmasligidan foydalanib, termada tutgan o'rnidan foydalanishni o'ziga ep ko'rgandi. Timoshuk masalasida uning asosiy tarkibda maydonga tushishi bu darajada qatiy ko'rilmagan bo'lsa-da, Runi borasida hammasi o'zgacha - Manchester Yunaytedning asosiy o'yinchisi va futbol afsonasini har doim asosiyga qo'yish darkor.  Yo'qsa, termaga umuman chaqirmaslik kerak, bunga esa hozircha Ellardays o'zida kuch topa olmayapti. CHunki, u qarshisidagi shaxs ingliz futbolida ulkan figura ekanligini juda yaxshi tushunadi va muvaffaqiyatsizlikka uchralgan taqdirda hamma yana Runi mavzusiga qaytishini yaxshi biladi. Eng alamlisi, aksincha bo'lganda ham shu holat takrorlanadi.

SHu bois, Big Sem vaziyatdan kelib chiqib ish ko'rishga va rekordchi bilan birga uning uchun maydonda eng munosib o'rin axtarishga majbur. Boz ustiga, qidiruv 1-2 yilda nihoyasiga etishi kutilmoqda. Runi JCH-2018dan so'ng xalqaro miqyosdagi karerasiga nuqta qo'yishini allaqachon malum qilgan va bor diqqat-etiborini klubdagi faoliyatiga qaratishini aytgan. Hamma gap - kelgusi qiyinchiliklarni engib o'tishda, Ueynni asosiy tarkibda saqlashda va kep sahnadan ketganidan so'ng o'z o'rnini saqlab qolishda Ellardaysdagi omad etarli bo'larmikan?

Sem Ellardays.  Blek kantrilik yigitchadan Angliya termasi murabbiyligigacha

Sem Ellardaysning Angliya termasi bosh murabbiyligi vazifasidagi ilk uchrashuv oldidan The Telegraphlik hamkasblarimiz Big Sem sportda ilk qadamlarini qo'ygan joylarda bo'lishdi va uning sobiq jamoadoshlari bilan uchrashib, Blek kantrilik yigit haqidagi xotiralarni tinglashdi.

Angliya termasining yangi murabbiyi karerasi qaerdan boshlanganini bilish uchun Blek Kantridan ancha ichkariroqqa yo'l olish kerak. Urushdan keyin qurilgan mazkur muhtasham uylar Old Park Farm va Dadlida joylashgan bo'lib, o'z davrida bu erdagi har bir ko'chaning o'z futbol maydoni bor edi.

Ellardays Esh Grindagi 1-uyda 1954 yilda tug'ildi va 15 yoshida Bolton Uonderersda paydo bo'lguniga qadar o'sha erda yashadi. Bu o'tgan asrning 60-yillaridagi bolalik edi - Ellardaysning xotirlashlariga qaraganda, qariyb ideal darajadagi, 14 kishi 14 kishiga qarshi futbol o'yinlariga boy qaytarilmas davr. Biz o'z darvozalarimizni kiyimlarimiz bilan belgilardik, - deydi u. O'sha o't bosgan maydonlar hozir ham bor, ammo to'p bilan o'ynayotgan bolalar ko'rinmaydi.

Big Sem o'sgan ko'cha

Agar kerakli eshikni taqillatsangiz, Ellardayslarni yaxshi eslashadigan odamlarni uchratishingiz aniq: uning onasi - uy bekasi Merini va otasi - Dadli policiyasining sobiq serjanti, hozirda nafaqaxo'r  Bobni. Keyingi uyda Milton Xyuz - 85 yoshli nafaqadagi municipal xizmatchisi yashaydi. Uning o'g'li - hozirda 55 yoshni urib qo'ygan Robert yoshligida Ellardays bilan ko'chada to'p tepgan.

Robert hamon shu yaqin erda istiqomat qiladi va Dadli shahar kengashida ishlaydi. U Bolton murabbiyi Net Loftxaus Esh Gringa - Ellardays bilan uchrashgani kelganini hamon eslaydi.  Men Semdan anchagina yosh edim va undan namuna olganim aniq, - deydi Robert. - 15 yoshida u o'ta kuchli zarba berar va juda yaxshi o'ynardi. Karerasi qanday rivojlanmasin, hach qachon eski do'stlarini unutmagan.

Robert Semning katta akasi va Esh grinlik boshqa bolalar bilan Angliya termasi hozirgi murabbiyining faoliyatini u 9 klubni boshqargan va 1991 yili Limerikning o'ynovchi murabbiyiga aylanguncha diqqat bilan kuzatib bordi.

Men Sem Frenk Uortington, Jordj Best va Bobbi Murlar bilan bir jamoada va ularga qarshi o'ynaganini kuzatdim. Bu hech qachon unutilmaydi, - deydi Robert. - Menimcha, u ajoyib yigit, hech qachon tushkunlikka tushmaydi - uni yaxshi tarbiyalashgan. Professional futbolchiga aylanganida ham o'ziga bino qo'ymadi, ildizlarini unutmadi. U hamon biz uchun Blek kantrilik yigit bo'lib qolgan.

Ellardayslar oilasi yashagan Esh Grindagi uy

Ellardays 1983-1984 yillarda Koventri Sitida to'p surganida ko'pincha ota-onasi uyida yotib qolar, o'shanda jamoadoshlari tez-tez bu erga kelib turishardi. Robertning esida - ularning uyi yonida Eshli Grayms va Jerri Deylilar paydo bo'lishganda go'yo qora tunlarni yulduzlar yoritganday bo'lardi. Ammo uning yodida o'sha - o't bosgan maydonlardagi uy va mehmondagi uchrashuvlar ko'proq qolgan:

Bolaligimizda Sem chap himoyada o'ynardi, keyinroq maydon markazidan joy egalladi. U olti futlik futbolchi edi.

Nisbatan yoshroq bolalar darvoza ortida kutishlariga to'g'ri kelardi - tarkibdan o'rin olish qiyin edi-da. Sem esa ulardan birini chaqirib, maydonga yo'llardi. Biz har oqshom o'ynardik, yozda esa chigirtkalar rosa ko'p edi. Endi esa maydonda hech kim yo'q, to'g'rimi?.

SHu ko'chada - yo'lning narigi betida Ellardaysning yana bir tengdoshi yashaydi - Brayan Milner, 61 yoshli tadbirkor. U inglizlarning hozirgi bosh murabbiyi suratini axtarib topdi. 1974 yildagi mazkur suratda Brayan Semning nikoh to'yidagi guvohligi aks etgan. Ularning ikkisi Sikamor Grin boshlang'ich maktabi uchun o'ynashgan, birgalikda Ren Nestdagi o'rta maktabga borishgan - har ikkala talim maskani ham o'tgan asrning 90-yillarida mamlakatda tug'ilish kamayib ketganidan so'ng o'z faoliyatini tugatgan.

Brayan Milner

Biz ajralmas do'stlar edik, hatto SHotlandiyaga - uning ota-onasi oldiga borardik, - deydi Brayan. - Sem Boltonga ketib qolganda ham, tez-tez bu erga kelib turardi va biz yana birga sayrga chiqardik. U bizga professional futbolchi sifatidagi hayoti haqida gapirib berardi. Darvoqe, dastlab u erdagi hayoti o'z-o'zidan iziga tushib ketmagan. Zero, futbol o'ynash atirgul hidlash emas. Ammo Sem taslim bo'lmadi va hammasiga erishdi.

Milner Sikamor Grinda tarixga muhrlangan maktabdoshlar suratini ham ko'rsatdi. Bu tasvir 1965-1966 yilgi Angliya futbolining buyuk tarixiga oid bo'lib, unda Ellardays sinfidagi eng gavdali yigit sifatida darrov ko'zga tashlanadi. O'sha yili biz chempionatda g'olib bo'lgandik, - deydi Milner.

Brayan Milner Ellardays to'yida

Qidiruvlarimiz bizni bir necha mil nariga - Sedjli yaqiniga etakladi. U erda 60 yoshli Grem Jonsning uyi joylashgan va bu qariya o'z davrida mamlakatning hozirgi bosh murabbiyi bilan dastlab Brirli Xill va Dadli, keyinroq esa Birmingem Skuls okruglari birinchiligida ishtirok etgan. Hatto Jons Bromvich safida Brayan Robson bilan birga to'p surib yurganida Angliya yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan ham. Ammo hammasiga hozir biz atayin organizmga jiddiy jarohat etkazish deb ataydigan voqelik to'sqinlik qilib qolgan.

1972 yili Jonsni, Ellardaysni va yana bir yigitni - u okrug birinchiligida ishtirok etardi, mahalliy muallim - Jorj Pirson Birmingem Skulsda o'z kuchlarini sinab ko'rishga taklif qildi. Pirson (uni Ellardays o'z avtobiografik kitobida alo erkak deb ataydi) uchchovlonga Dadli Fisher Stritdagi avtobuslar to'xtaydigan joyda uchrashuv belgilaydi - aynan o'sha erdan u lankashirsklik yigitlarni sinovga olib borishni mo'ljallagandi.

O'shanda Sem kelmadi. Mister Pirson bizdan: U qaerda yashashini bilasizlarmi? - deb so'raganida men: Yo'q, ser, deb javob qaytardim. O'shanda u cho'ntagidan shahar xaritasini chiqardi va hammamiz Semlarning uyiga bordik. Mister Ellardays, men o'g'lingizni  Birmingem Skulsga olib borishim kerak, - dedi Pirson uning otasiga. Sem yuqorida turgancha bormasligini takidladi. Otasi esa u albatta borishi kerakligini aytdi. O'shanda biz yomon o'ynamadik va aynan o'sha kuni Sem Boltonning nazariga tushdi.

Esh Grin maydonlarida bolalar hozir futbol o'ynashmaydi

Ellardays Dadlidan chiqib ketganida 15 yoshda edi. O'z kitobida xotirlashicha, Bolton uning otasiga kompensaciya sifatida 150 funt bermoqchi bo'lgan... Ammo Bob Ellardays pullarni olishdan qatiy bosh tortgan.  Yoshgina Semga Lankashirga moslashish anchayin qiyin bo'lgan bo'lsa-da, u buni uddaladi. O'sha erda bo'lg'usi umr yo'ldoshi Liin bilan tanishdi va ularning oilasi Sem futbolda o'z o'rnini topguniga -qadar Boltonda yashadi.

Big Semning bolaligini endi qaytarib bo'lmaydi, xuddi hozirgi yoshlarni Esh Grin, Elm Grin yoki Ouk Grindagi maydonlarga qaytarib bo'lmaydigandek. Balki, ular bu maydonlarda kimlar voyaga etganini bilishganida barchasi o'zgacha bo'larmidi...

ILYOSBEK tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика