Beylning agenti: "Garet kamida 2 yil "Real"da qoladi"
07 fev 2020 00:36
Yangiliklar


Beylning agenti: "Garet kamida 2 yil "Real"da qoladi"
Madridning "Real" klubi vingeri Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozining kelajagi haqida gapirdi.
"Zidan hech qachon Beyl bilan xayrlashishni o'ylamaydi. Garetning so'nggi o'yinlar qaydnomasiga kiritilmayotganining sababini janob Zidandan so'rang.
Garet Madriddagi hayotidan mamnun, hammasi yaxshi. U "Real"da yana kamida 2 yil qoladi. O'ylashimcha, Zidan va Beyl o'rtasidagi munosabatlar hozir juda yaxshi holatda", – dedi Barnett.
Eslatib o'tamiz, Beylning shartnomasi 2022 yilning yozida nihoyasiga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar