So’nggi yangiliklar

17:31Слотнинг дебютида "Ливерпуль" "Ипсвич" дарвозасига бирорта аниқ зарба бермади  0 17:10Месси экофаоллардан 50 минг евро талаб қилди  1 16:46"Бунёдкор" стадионидаги иккита баҳс "Дўстлик Арена"га кўчирилди  2 16:40АПЛ қайтди. "Ипсвич" - "Ливерпуль"  3 16:36Энцо Мареска: "Менга Чемпионлар Лигасига чиқиш вазифаси қўйилмаган. Шунчаки тўғри йўналишдалигимизни сезсак етарли – бу яхши мақсад"  0 16:19ПСЖ 50 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  0 15:25Пичоқланган Ямалнинг отасига нима бўлди?  0 15:23Жаҳон чемпиони "Сепахон"га ўтишга яқин  0 14:52Англия премьер-лигаси. Қолган 10 та клуб билан таништирамиз   1 14:40"Рома"нинг яна бир ҳужумчиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин. Римликлар ушбу трансфердан 20-25 млн евро ишлаб олмоқчи  1 14:15Беллингем дунёнинг машҳур бренди элчисига айланди  0 13:50Ла Лига старти — 4 та ўйинда 3 та дуранг. "Барселона" ўз ўйинини бугун, "Реал" эса эртага ўтказади  3 13:27МЮ футболчида жароҳат мойиллик борлигини била туриб уни харид қилди  1 13:16Ўзбекистон - КХДР учрашувини Олмалиққа кўчирсак бўлмайдими?  30 12:32"Динамо" ОКМКни таслим қилган баҳсдаги футболчи, мураббий ва мухлислар ҳиссиётлари  4

Beyl Madriddan qochishi kerak Yangiliklar

Beyl Madriddan qochishi kerak

Bir yil oldin, 2018 yilning may oyida Garet Beyl deyarli bir o'zi "Real" uchun ayni damdagi so'nggi CHempionlar ligasi sovrinini yutib berdi.

O'sha muvaffaqiyatdan so'ng jamoada katta o'zgarishlar bo'ldi deyish qiyin: Ronaldu ketdi, Zidan klubni tark etib yana jamoaga qaytdi. Uelslik uchun Madridda faqat yashil chiroq yonishi kerak edi. Ammo bunday emas. Sariq chiroy yonmoqda. Bundan so'ng qizil yonadiganga o'xshayapti.


"Real" o'z vaqtida "Tottenxem"ga deyarli 100 mln. evro to'lagan futbolchi avvaliga "qaymoqranglilar"ning muhim ijrochilaridan biri edi. Xatto bundan ortiqroq. Bu gapni biz o'ylab topmadik, Zidan shunday degan. Ikki yil avval. Keyin hammasi o'zgardi.


Ikki yil oldin otdek kuchi bor, ammo tezkor va texnikasi kuchli bo'lgan uelslik o'z qanotida o'ta xavfli hujumlar tashkil qilar, himoyaga yordam berardi. U "Real" kiyinish xonasi va muxlislarning yoqimtoyi bo'lmagan, biroq jamoada Beyldek futbolchi borligi har qanday murabbiy uchun yoqimli holat bo'lardi. Yoqimli va qimmat (turli malumotlarga ko'ra, Garetning "Real"dagi yillik maoshi 15-20 mln. evroni tashkil qiladi). Ammo o'yini shunga yarasha edi. "Qirollik klubi" so'nggi to'rt mavsumda uch marta CHempionlar ligasini qo'lga kiritdi va faqat CHempionlar ligasi haqida gapiradigan bo'lsak, bu natijaga hech kim erishmagan edi. Barcha g'alabalarda Beyl asosiy rollarda bo'ldi.


Beyl va Zidan o'rtasidagi munosabatlar 2017 yilda yomonlasha boshlagan. Franciyalik jamoani 4-3-3dan 4-4-2 sxemasiga o'tkazishni boshladi. Hujumdagi duetda bitta joy Krishtianu Ronalduga berildi, ikkinchisi esa Benzemaga. Karim qanday formada bo'lishidan qatiy nazar, Zizu unga ishonaverardi. Beyl ham bu joyga umid qilgandi va xatto uning o'yin saviyasi franciyalikdan yuqoriroq bo'lgan. Biroq Benzema Zidanning sevimli futbolchisi.

Bundan tashqari Garetning o'zi vaziyatni og'irlashtirgan. O'sha 2017 yilda. Futbolchi jiddiy jarohatdan endigina qutilgan edi va "Barselona"dek raqibga qarshi bahsga tayyor bo'lmagan. Zidan Beyldan "El-Klassiko"ga tayyorligi haqida so'ragan. Beyl esa ijobiy javob bergan. Ammo o'yining birinchi yarim soatidan so'ng uelslik uni almashtirishlarini so'radi. Zidan majburiy o'zgarishni amalsha oshirdi va uning barcha rejalari chippakka chiqdi. Murabbiy o'sha mag'lubiyatda Beylni aybladi. Garet esa bu ayblovni hazm qila olmadi va javob qaytardi. Futbolchi va mutaxassis o'rtasidagi "sovuq urush" shunday boshlangan.


Garet o'sha mavsumning qolgan qismini jarohatlar bilan o'tkazdi. Keyingi mavsumda ham ishlar o'nglanmadi. "Real" hamda "Liverpul" o'rtasidagi CHempionlar ligasi finali Beylning benefisi bo'ldi. Zidan uelslikni maydonga tushirishni xohlamagandi, ammo vaziyat shuni taqozo qildi. Birinchi bo'limdan so'ng hisob 1:1 edi. Biroq Beyl maydonga tushishi bilan "Real" gol urdi. Garet qaychi zarbasi bilan hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi, bahs yakunida Beyl yana bir golga mualliflik qildi.

Final yakunlanganidan so'ng futbolchi bosh murabbiydan maqtov so'zlarini eshitmadi. Florentino uni olqishladi, Zizu esa yo'q. Turli OAVlarning malum qilishicha, Zidan klub prezidenti oldiga shart qo'ygan ekan: Beyl jamoada qolsa, mutaxassis klubni tark etadi. SHunday bo'ldi, franciyalik mutaxassis "Real"dan ketdi va bir necha oydan so'ng klubga qaytdi.


Bu oylar ichida Zidan va Beyl o'rtasidagi kelishmovchilik yo'qolmadi. Franciyalikning "Santyago Bernabeu"ga ikkinchi tashrifidan so'ng Garetning o'yin vaqti ko'paymadi. Aksincha, Zidan matbuot anjumanlarida uelslik jamoadan ketishi haqida ochiqchasiga gapira boshladi. Hujumchi o'rniga ikki o'yinchi (Azar va Yovich) xarid qilindi. Beyl nazorat uchrashuvida gol urganidan so'ng murabbiy uni maqtagandek bo'ldi.


Vaziyat yaxshi tomonga o'zgarishi juda qiyin. Zidan "Real"ga Pol Pogba kelishi haqida o'ylamoqda. Biroq iqtidorli franciyalikni xarid qilish uchun, iqtidorli uelslikdan qutilish kerak. Garet hammasini tushunib turibdi va u Zidanni xursand qilib, jamoani tark etishga tayyor, biroq klub shartnoma bo'yicha qolgan maoshini to'lab berishi kerak. Futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirgandi, ammo ular 30 yoshli futbolchiga har yili 20 mln. evro atrofida maosh to'lamoqchi emas.


Nihoyat Beylga Xitoydan taklif keldi. "Czyanzu Sunin" uelslikni dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylantirmoqchi edi (yiliga 54 mln. evro), ammo klub so'nggi soniyalarda besh yil ichida ispanchani o'rgana olmagan futbolchini o'zida saqlab qolishga qaror qildi.


Nima bo'lgan taqdirda ham Beylning "Santyago Bernabeu"dagi yakuniga etdi. Xatto u shartnomasini oxiri (2022 yilning yozi)gacha "qaymoqranglilar" safida qolsada, hozirgi murabbiy qo'l ostida bir necha soniyaga ham maydonga tushmaydi. Garet Beyl "Real"ni yozda tark etsa kerak.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика