So’nggi yangiliklar

11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  1 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  6 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  3 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  12 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  19 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  15 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  13

"Beyl loyihasi" o'zini oqladimi? Yangiliklar

"Beyl loyihasi" o'zini oqladimi?

Futbolchining agenti “Real” Garetni qo'yib yubormasligiga barchani ishontirmoqchi, ammo “qaymoqranglilar” istalgan daqiqada fikrini o'zgartirishi hech gap emas.

Gap Beyl borasida ketganda nega hamma yolg'on gapiradi? 

Mourino Evropa Superkubogi uchun o'yindan avval: “Agar Beyl “Real”ga kerak bo'lmasa, uni safimizga qo'shib olish uchun barcha ishni qilamiz” - degandi.
Ha, Beyl maydonga tushdi ammo shu kuni u bosh qaxramon emasdi. Uchrashuvdan keyin esa janob Mourino: “Beyl Zidanga kerak ekan va o'zi ham Madridda qolmoqchi. MYU uchun o'yin boshlanmay, tugadi” dedi. Nahotki siz Joze fikrini shunchalik tez o'zgartirishiga va maqsadidan osongina voz kechishiga ishonsangiz? Nega unda portugaliyalik shuncha gapdan keyin ham rahbarlardan yarim himoyachi transferi uchun 100 million so'radi? Bu Mourinoga xos bo'lgan ayyorlik!

Garetning agenti ham yaxshigina ikkiyuzlamachi. Bahorda Jonatan Barnett mijozi Beyl hech qaerga ketmaydi deb qayta-qayta intervyu berdi, ammo Zidanning 1-2ta intervyusidan keyin – Zinedin o'ta xotirjamlik bilan, transfer haqidagi mish-mishlar kulgili ekanligini va ularga ortiqcha to'xtalmasligini aytdi. Ammo aslida avval nimanidir ishonch bilan takidlab gapirib qo'yib, keyin u xato bo'lib chiqqan ishtirokchi kulgiga qoladi. Bu orada “Peres doda” ham 1-2 marta “Beyl – dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. U bizga kerak, biz uni sotmoqchi emasmiz” deb qo'ydilar.

Ammo “Barselona” rahbarlari ham shunday kuy chalishayotgandi– Neymar jamoada qoladi, bu muhokama qilinmaydi va 200 % ishonch bilan ayta olamiz. PSJ pullarini boshqa istaganiga sarflasin… Amaldachi?

Agent Barnett, murabbiy Mourino va prezident Peres – har biri pixini yorgan mutaxassis. Biroq ularning hammasi bila turib yolg'on intervyular berishdan charchamayapti. CHunki “Real” nishonga olgan 2-3 futbolchilardan bittasi Madridga yaqinlashsa ham, Florentino –Manchesterga qo'ng'iroq qilishi va ularga Beylni taklif qilishini tushunib turishibdi. Lekin Zinedin, doim aniq javobdan qochgan, bu voqeaga o'zi istamagan holda qo'shilib qolgan qaxramon. U aldagisi kelmadi, shuning uchun ham savolni aniq bir javobsiz qoldirib ketaverdi.

Biroq Peres va Mourino o'zga olam. Bu ishni ular qoyillatib bajarib berishadi. Uelslikning agenti ham u darajada soddadil emas, aynan u Beylning jamoadagi tutgan o'rnidan norozi bo'lib murabbiy Anchelottiga emas, prezident Peresga arz qilgandi. Bu haqida Karlo ota o'zining kitobida quyidagicha fikr bildirgan: "Murabbiyning oldiga kelib, o'z fikrini aytishga Garetning jurati etmadi. Menimcha, gap uning xarakteri kuchsizligida!"

Xulosa. Voqeaning deyarli barcha ishtirokchilari muntazam ravishda yolg'on qo'shib gapiradilar, chunki “Real” va “Manchester Yunayted” o'rtasida doimo muzokaralar, oldi-berdi bo'lib kelgan. Bu faqatgina Xames yoki Beyl bilan cheklanib qolmasligini o'zingiz ham yaxshi bilasiz. Inglizlar doimo uzoqni ko'zlashga harakat qilishadi va aynan shu sabab Neymarni 222 million evroga olishni istashmadi va endi Garet transferini o'rganib chiqishmoqda.

“Real”esa chiroyli sahna ko'rinishini yuzaga keltirgan. Huddiki Zidanning rejalarida Beyl bosh rolni o'ynayotgandek. Bularning hammasi, futbolchining narxini oshirish uchun qilinmoqda. Menimcha, albatta bu shaxsiy fikr, Peres Morata va aynan Beylni sotib, o'sha pulga yosh iqtidor Mbappeni Madridga olib kelmoqchi bo'lgan. Bilasizmi nega bunday deyapman? Bo'lgan barcha ishni bir tomonga surib turing, aynan o'sha Florentino Peres “Lion” prezidenti bilan suhbat chog'i – “Kilian deyarli qo'limizda, ish deyarli bitdi” deganidan xabaringiz bormi? Prezident Peresning fikri faqatgina “Monako” rad javobini bergandan keyingina “o'zgarib” qoldi.


Nega Garetning ishlari yurishmayapti?

Messining soyasidan chiqish,Ronalduning soyasidan chiqishdan osonroq – Krishtianuning bo'yiargentinaliknikidan balandroq. Albatta bu xazil. Lekin chindan ham Beylga oson emas. Sababi u na o'ngga va na chapga ortiqcha qadam tashlay olmaydi. Buning uchun yo erkin ijodkor bo'lish, yoki markazda o'ynash zarur. “Real” sxemasi shunday tuzilganki u erda Garet hech qanaqasiga markazda bo'lmaydi. Hujumning oldingi chizig'ida Ronaldu bilan duetda harakat qilishiga esa, Benzemaning baribir asosiy tarkibda bo'lishi va francuzning Ronaldu bilan bir-birini yaxshiroq tushunib harakat qilishi halaqit qiladi.

“Tottenxem” safidagi Garetni bir eslang – zamonaviy futbolning eng tez futbolchisi, APLning o'sha vaqtdagi eng yaxshi yosh futbolchisi. Ana mayli o'tgan yilgi Evro-2016da Uels termasidagi Beylni yodga oling. To'g'ri unga Remsi va qolganlar ko'maklashishidi, ammo tajribasi evaziga jamoasini tarixiy natijaga etaklagan aynan Garet bo'lmadimi? Endi “Real”dagi manzarani ko'z oldingizga keltiring: chap qanot hujumi Ronaldoga tegishli, va agar “zambarak” hujumning oldingi chizig'iga o'tsa ham, Beyl “massovka”chi bo'lib qolaveradi. Boshqalardan farqi u shunchaki qimmat va sifatliroq. Axir u necha yildan beri “Real”da o'zini “baxtiyor” ko'rsatish bilan band-ku!

Beyl tashqi tomonlama ham “Real”ning yuzi bo'lishga to'g'ri kelmaydi. Zamonaviy “Madrid”da bunga qanday etibor berishlari, qanchadan-qancha futbolchilar faqatgina qora tanli bo'lganliklari uchun sotib olinmaganini klubga befarq bo'lmaganlar yaxshi biladi. Oxirgi vaqtlarda Marselo qaxramonlik ko'rsatayotgani, Ramos so'ngi daqiqalarda gol urib, g'ala keltirayotgani, ana boringki Kazemiro kuchli zarba bilan muhim gol urayotganini tasavvur qilish, shu ishni Beyl qilayotganini ko'z oldiga keltirishdan ancha oson bo'lib qoldi. SHunday emasmi?! Avvallari ha, Garet bu ishni qila olardi, ammo hozir – esidan chiqib qoldi. Garet shunchaki “Real” atalmish bu dunyoning vakili emas.

U APLda kuchli edi, “Madrid” modasi unga to'g'ri kelmadi.Bu vaziyatda kim rostini, chin dildan gapirayotganini tushunish qiyin. Ammo Uels afsonasi Giggzning yaqinda aytgan gaplariga etibor bering: “Beyl bu yozda MYUga o'tadi deb o'ylamayman. Ammo vaqti kelib, siz va biz buning guvohi bo'lamiz”. Biroq hamma gap ham shunda-da. Mourinoning ikkinchi mavsumidan avval “qizil iblislar” qayig'idan alohida joyga ega bo'lardi Beyl. Keyinroq, Beyl o'ttizga to'lganda, hozir u 28 yoshda, faoliyatida burilish qilishga kech bo'lmasmikin?

Xulosa. Jamoada Ronaldo bor ekan, Beyl Real”ning birinchi raqamli yulduzi bo'la olmaydi. Va gap faqatgina Krishtianuda yoki jarohatlarda ham emas.

Madrid boshqacha o'ynaydi. U erda “siyosat” boshqacha! Garet – ajoyib sportchi, lekin u “Real” o'yinini boshqarishiga hech qachon imkon berishmaydi.


Beyl asosiy tarkib futbolchisi bo'la oladimi?

Agar Zidanga futbol tarixidagi eng qimmat futbolchilardan biri zahirada o'tirish uchun kerak bo'lsa, bu kimsan Peres janoblari uchun ham qimmatlik qiladi. 4-4-2 o'yin sxemasiga Beyldan ko'ra, Asensio va Isko ko'proq mos tushadi. Benzema hech qayoqqa ketmoqchi emas, Kovachichni A Seriyadagilar sotib ololmadi (yoki olmadi). Beyl asosiy tarkibda o'ynashiga kim kafolat bera oladi?

Zidanga uning o'yini maqul, ammo o'ng qanot vakili sifatida, hujumning shunchaki bir vakili! Undan ortiq emas. Vaziyatga chetdan nazar tashlaydigan bo'lsak jamoada o'ziga joy topa olmay ijaraga (hozircha) ketgan Xames Rodriges ham qaxramonimizdan ko'proq narsaga erishdi. To'g'ri Beyl juda muhim gollar urgan – shubhasiz, ammo ular o'tmishda qoldi. Davomi ko'rinmayapti...

Bugungi “Real”da Garet Beyldan muhimroq futbolchilar etarli. Marselo, Ramos, Karvaxal, Kroos, Modrich va Kazemiro. Etibor berdingiz-a, Ronaldoni sanamaganda shuncha futbolchi. Endi javob beringchi, Garet Beyl bu ro'yxatda nechinchi o'rinda bo'ladi? Kim nima desa desinu, kuchli beshlikda emasligi aniq.

Xulosa. Asosiy tarkibning almashtirib bo'lmas azosi bo'lish uchun Beyl qo'qqisdan Ronaldo bilan ideal tandem xosil qilishi, yoki Iskoni zaxira o'rindig'iga o'tqazib qo'yishi zarur.


“Manchester Yunayted”ga o'tish Garetga kerakmi?

Agar Beyl, Ronaldu ketmaslikka qaror qilgani, yoki Neymar Manchesterga emas, Parijga yo'l olganidek, o'z taqdirini o'zi o'zgartirmasa – Isko asosiy tarkibdagi o'rnini olib qo'ygan futbolchi bo'lib, jimgina o'tirishga rozi degani bo'ladi.

Agar vingerga boshqalarning mehnati evaziga to'plangan sovrinlar ro'yxati emas, maydonda o'ynash muhimroq bo'lsa, uning o'zidan bir sado chiqishini kutamiz.

Eng qizig'i, yangi mavsumda Beyl yana gollar urib, asosiy figuralardan biriga aylansa ham, Ramos, Marselo, Kroos va Modrich bor “guruhning to'daboshi” bo'lolmaydi. Bir nechata gol va golli uzatmalar – uning qo'lidan bundan ko'proq narsa keladi.

Ha, 2017 yil yoziga kelib, “Real”dan MYUga o'tish – ortga qadamdek tuyular, ammo zaxira o'rindig'ida o'tirib qolgandan, ajoyib shahar Manchesterda – etakchilardan biri bo'lgan maqul chamamda. Beylning mahoratiga, uning mashhurligi va chindan katta pullarga arziydigan futbolchi ekanligiga shubha yo'q. SHunchaki uning xarakteriga shubha bor. Garet futbol tarixida eng yaxshilardan biri bo'lmoqchimi, yoki tarixda zaxirada o'tirgan eng qimmat futbolchi bo'lib qolmoqchimi?

Madridda qolib Beyl nimaga erishadi? Omadli mavsum ham oldinga tashlangan qadam bo'lishiga kafolat yo'q. La Liga, CHempionlar Ligasi va Superkubokni yutar? Bu yaxshi, ammo futbolshchi sifatida o'sishchi?

Xulosa. MYU nisbatan yoshroq, arzonroq, kamroq jarohat oladigan futbolchi olishi mumkin. Bunga ingliz klubida variantlar etarli, ammo “qizil iblislar”ga kuchli vinger kerak. Xuddi shunday Beyl ham faoliyatiga yangilik kiritishi zarur. Afsus, lekin ushbu transfer amalga oshmay qoladiganga o'xshaydi. Sababi, yildan yilga uelslikda “Real” etakchisi bo'lish imkoni pasayib boraveradi.

Garetning agenti, Peres va boshqalarfutbolchi Madridda baxtli ekanligini takror va takror aytishmoqda. Beyl ham “Real”ga kerakligiga o'zini-o'zi ishontirish bilan ovvora.

Aslidachi, chindan ham Beyl baxtlimi? Agar unday bo'lmasa, ketishga unda jasorat etarmikin?


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика