Beyl "Los-Anjeles" muxlislari bilan ispan tilida salomlashdi. Garet "Real"da payti, uni tilni bilmaslikda ayblashardi
09 iyu 2022 14:57
Yangiliklar
Beyl "Los-Anjeles" muxlislari bilan ispan tilida salomlashdi. Garet "Real"da payti, uni tilni bilmaslikda ayblashardi
"Real" sobiq vingeri Garet Beyl Los-Anjelesga keldi va muxlislar bilan salomlashdi.
Futbolchi oldinroq "Los-Anjeles" klubi bilan 18 oyga uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik shartnoma imzolagandi. U Kaliforniya janubiga keldi va yangi klubidagi muxlislar bilan ispan tilida salomlashdi. Eslatib o'tamiz, Beyl "Real"da o'ynagan vaqtida 9 yilni Madridda o'tkazgan bo'lsa ham ispanchada gapirmasligi uchun ayblashardi.
Eslatib o'tamiz, himoyachi Marselo 2019 yilda bu haqda shunday degandi: "Beyl ispan tilida gapirmaydi. Biz imo-ishoralar yordamida gaplashamiz".
Beyl kecha muxlis sifatida "Los Anjeles"ning "Los-Anjeles Gelaksi" (3:2)ga qarshi o'yiniga tashrif buyurdi. U yangi klubi g'alabasidan so'ng jamoadagi sheriklari bilan birga g'alabani nishonlash uchun maydonga chiqdi.
Fikrlar