Beyl: "Bolaligimda Anrining o'yinlarini ko'rishni yoqtirardim"
23 mar 2019 17:01
Yangiliklar


Beyl: "Bolaligimda Anrining o'yinlarini ko'rishni yoqtirardim"
"Real" hujumchisi Garet Beyl bolaligida "Arsenal" klubiga muxlislik qilganini aytib berdi.
"Bolaligimda ko'pincha "Arsenal" o'yinlarini tomosha qilardim. Menga Terri Anri va Dennis Bergkampning o'yinini kuzatish yoqardi. Ularning jamoasi kuchli bo'lgan. "Tottenxem" muxlislari bu gaplarimni eshitib xursand bo'lishmasa kerak.
Giggz menga katta tasir ko'rsatgan - u bolaligim qahramoni edi. Albatta, u uelslik va chap oyoqda o'ynagan, shu sababli u kabi bo'lishga harakat qilganman. Endi u mening murabbiyim" - deydi Beyl.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar