Beyl Azarning ustidan kuldi
04 fev 2022 19:53
Yangiliklar
Beyl Azarning ustidan kuldi
Payshanba kuni Madridning "Real" klubi "Atletik Bilbao"ga yutqazib, Ispaniya kubogini tark etdi.
Uchrashuvda Eden Azar 90 daqiqani to'liq zaxirada o'tkazdi. Qaysidir payt belgiyalik futbolchi maydonga tushmoqchi bo'lgandek tuyuldi — uni hatto qizishish uchun maydon chetiga yuborishdi. Biroq keyin Karlo Anchelotti yana Azarga zaxira o'rindig'iga o'tirishni aytdi. Belgiyalik vinger zaxiraga qaytgach, issiqqina o'rindiqda o'tirgan Garet Beyl kulib yuborgan. Ushbu kadr El Chiringuito TV teledasturida namoyish etilgan.
Garet Beylning bunday munosabatini tushunish qiyin, chunki uning o'zi ham futbol maydoniga oxirgi marta 28 avgust kuni qadam bosgandi.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" navbatdagi o'yinini 6 fevral kuni "Granada"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar