Bexrami - "Jenoa"dagi COVID-19 epidemiyasi haqida: "Qo'rqdim"
18 okt 2020 22:22
Yangiliklar


Bexrami - "Jenoa"dagi COVID-19 epidemiyasi haqida: "Qo'rqdim"
"Jenoa" yarim himoyachisi Valon Bexrami Genuya klubida sodir bo'lgan epidemiya haqida fikr bildirdi. Eslatib o'tamiz, mazkur jamoada 22 kishi koronavirus bilan zararlangan, ulardan 17 nafari futbolchilardir.
"Bizni infekciya yuqtirib olganimiz uchun ayblash mumkin emas. Biz futbol o'ynaymiz, safarlarga chiqamiz, maydonda raqib bilan kontak aloqaga kirishishimiz mumkin.
O'sha kunlar juda og'ir o'tdi. Men jismoniy jarohatlardan qaytishga odatlangan bo'lsam-da, bu ruhiy jihatdan butunlay boshqacha edi.
Men qo'rqdim. O'zimni yomon his qildim, infekciyani yaqinlarimga yuqtirishdan cho'chidim. Men o'zimni kasal futbolchi emas, balki zaifligini biladigan kasallangan kishidek his qildim".
Football-italia.net: SHomurodov "Verona"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlaydi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar