"Betis" Bartra bilan shartnomani uzaytirmoqchi
13 may 2022 16:41
Yangiliklar
"Betis" Bartra bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Betis" rahbariyati ispan himoyachisi Mark Bartra bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, "Betis" vakillari 31 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Himoyachining "yashil-oqlar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Betis" bosslari Bartraga yangi ikki yillik bitim taklif qilishmoqda.
Eslatib o'tamiz, futbolchi 2018 yildan beri Sevilya klubida o'ynaydi. Mark Bartra joriy mavsum La Liga doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar