"Betis" 13 million evrolik transferni amalga oshirdi
15 mar 2022 13:47
Yangiliklar
"Betis" 13 million evrolik transferni amalga oshirdi
"Betis" braziliyalik o'yinchi Luis Enrikeni xarid qildi, bu haqda "Fluminense" prezidenti Mario Bittenkur xabar berdi.
Futbolchi yangi klubiga yozda "Fluminense" Libertadores Kubogidagi ishtirokini yakunlaganidan so'ng yo'l oladi. "Betis" hujumchining transferi uchun 13 million evro to'ladi.
21 yoshli futbolchi 11 yoshidan beri "Fluminense"da o'ynaydi. U bosh jamoada 2020 yilda "Palmeyras"ga qarshi o'yinda zaxiradan tushib debyut qilgan. Uning shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
"Betis" La Ligada beshinchi o'rinni egallab turibdi, klub shuningdek Ispaniya Kubogi finaliga ham chiqdi.
Fikrlar