"Beshiktosh" futbolchisi o'yin paytida hushidan ketib qoldi
22 avg 2021 11:29
Yangiliklar


"Beshiktosh" futbolchisi o'yin paytida hushidan ketib qoldi
Kecha Turkiya Superligasi doirasida "Gaziantep" hamda "Beshiktosh" (0:0) jamoalari o'zaro to'qnash keldi.
Mehmonlar himoyachisi Fabris Nsakala uchrashuv tugashiga 20 daqiqa qolganida maydonda hushini yo'qotdi. SHu boisdan u tezlik bilan shifoxonaga etkazildi.
"Beshiktosh" matbuot xizmati futbolchining holati yaxshi ekanligini va uning hayotiga hech nima xavf solmayotganini malum qildi.
O’xshash yangiliklar
11:20
"Beshiktosh" Fatini ijaraga olmoqchi. "Barsa" vingerning taklifni qabul qilishini xohlamoqda 5

Fikrlar