So’nggi yangiliklar

12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  0 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  2 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  3 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  4 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  7 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  16 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5

Besh yilda debyutantdan A Seriyaning eng yaxshi to'purariga aylangan futbolchi Yangiliklar

Besh yilda debyutantdan A Seriyaning eng yaxshi to'purariga aylangan futbolchi

30 yoshda A Seriyada debyut qilib, 35 yoshida bombardir bo'lgan Dario Xyubner haqida eshitganmisiz?

"A Seriyada debyut qilgan paytimda 30 yoshda edim. O'shanda "Inter"ga qarshi o'ynagandik. Bosim? Yo'q, hech qanday bosim bo'lmagan. Ishonasizmi, o'yindan oldin ertalab soat to'rtgacha yangiliklar o'qiganman. O'shanda malika Diana avtohalokatga uchragan edi. Lekin tunni bedor o'tkazishimning sababi u emasdi. SHunchaki shunday hayot tarziga o'rganib qolgandim. Kerak bo'lsa, "Formula-1"ni tonggi oltigacha tomosha qilardim".

"Kam uxlardim va kuniga 3 kilogrammgacha go'sht er edim. Biroq bu hech qachon menga muammo tug'dirmagan. Kiyinish xonasida ham, stadion tunnelida ham, hattoki tanaffus payti ham sigaret chekardim. Haftada bir necha marta grappa (Italiyada uzumdan tayyorlanadigan alkogol ichimlik) ham ichardim. Maydonda qo'limdan kelgancha, bor kuchim bilan harakatlanardim va bu menga etarli edi".

"Biz "Juzeppe Meacca"da maydoniga tushdik. Stadionga to'plangan 85 ming tomoshabinni ko'rib o'zimni yo'qotib qo'yay dedim. Ammo bahs boshlanganida bor etiborimni o'yinga qaratdim va atrofdagilarni shunchaki xayolimdan chiqarib tashladim. Birinchi uchrashuvdanoq gol urishga muvaffaq bo'ldim. Lekin, afsuski, biz mag'lub bo'ldik".

Dario Xyubner A Seriyaning 5ta mavsumida to'p tepdi va 74 ta gol urdi. U 2001/2002 yilgi chempionatda "Pyachenca" tarkibida eng yaxshi to'purar bo'lishga erishdi. Dario o'shanda 35 yoshda edi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика