Bertolachchi "Roma"dan "Milan"ga o'tishi mumkin
26 iyu 2015 14:47
Yangiliklar
Bertolachchi "Roma"dan "Milan"ga o'tishi mumkin
"Milan" va "Roma" yarim himoyachi Andrea Bertolachchi borasida kelishuvga erishishi mumkin.
Futbolchi 23 iyulda "Jenoa"dan "Roma"ga 8,5 mln. evro evaziga o'tdi.
24 yoshli futbolchi "Roma" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo u 2010 yilda "Lechche"da ijarada o'ynaganidan so'ng, 2012 yilda "Jenoa"ga o'tadi.
"Milan"da o'ynamaydigan futbolchilar haqida gapirishni yoqtirmayman, ammo o'tgan mavsumda o'zini ko'rsatgan kuchli yosh futbolchi" - deydi "Milan" bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich.
Fikrlar