So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  2 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Bert van Marveyk: "Xayolimda faqat bir narsa bor, BAAni jahon chempionatiga olib chiqish" Yangiliklar

Bert van Marveyk: "Xayolimda faqat bir narsa bor, BAAni jahon chempionatiga olib chiqish"

BAA terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Bert van Marveyk jurnalistlarga intervyu berdi.

Malumki, yaqinda BAA termasida bosh murabbiy o'zgardi. Italiyalik Alberto Zakkeroni o'z lavozimini tark etib, o'rnini Bert van Marveyk egalladi. Gollandiyalik mutaxassis yangi jamoa bosh murabbiyi sifatida dastlabki intervyusini berdi: 

"Meni faqat bir maqsadda chaqirishdi. Rahbariyat terma jamoani jahon chempionatida ko'rishni xohlayapti. Buni amalga oshirsa bo'ladimi? Nega endi bo'lmasligi kerak, axir o'zimga ishonmaganimda hozir bu erda o'tirmasdim". 

"Mundial yo'llanmasini qo'lga kiritish oson emas, buning uchun uzoq va muvaffaqiyatli yo'lni bosib o'tish kerak bo'ladi. Eng avval qurani kutishimiz kerak. Men Saudiya Arabistonida ishlab bu jamoani jahon chempionatiga olib chiqdim. BAA terma jamoasi ham saudiyaliklar bilan bir xil darajada shunday ekan, BAAni ham mundialga olib chiqsa bo'ladi". 

"Men Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi sifatida BAAga qarshi to'rtta o'yin o'tkazganman, shu bois bu jamoa kuchini juda yaxshi bilaman. Men shu paytgacha ikki bor jahon chempionatida qatnashganman. Gollandiya bilan ikkinchi o'rinni olganimni ham yaxshi bilasizlar. Endi BAA termasi bosh murabbiyi sifatida uchinchi marta borishni xohlayman. Hozir xayolimda faqat bir narsa bor: amirlik jamoasi bilan JCH-2022da ishtirok etish".

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика