Berri APL rekordchisi
12 may 2016 07:44
Yangiliklar


Berri APL rekordchisi
Everton yarim himoyachisi Garet Berri APL 30-turidan o'rin olgan Sanderlendga qarshi o'yinni boshlang'ich tarkibda boshladi.
SHunday qilib, 35 yoshli futbolchi APLda 572-marta boshlang'ich tarkibida maydonga tushdi.
Berri boshlang'ich tarkibdagi o'yinlar soni bo'yicha Angliya terma jamoasi sobiq posboni Devid Jeymsni ortda qoldirib mutloq rekordchiga aylandi.
Futbolchi APLda ilk bor 1998 yilda Aston Villa safida asosiy tarkibda maydonga tushgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar