Bernd SHuster: "Mbappe nima qilish kerakligini yaxshi biladi" Yangiliklar

Bernd SHuster: "Mbappe nima qilish kerakligini yaxshi biladi"

"Real" sobiq futbolchisi Bernd SHuster ushbu yozda "qirollik klubi"ga o'tgan Kilian Mbappening jamoaga moslashuvi haqida gapirdi.

"Bazida jamoaga u kabi juda yuqori darajali futbolchilar keladi. Odatda bundaylar uchun barchasi oson o'tishi kerak edi, lekin ayrim holatlarda bunday bo'lmaydi. O'ylaymanki, o'yinlar davomida u o'ziga kelib oladi. Barchasi vaqt masalasiga borib taqaladi. U nimalar qilish kerakligini yaxshi biladi. Buning uchun nafaqat u, balki, butun jamoa ham o'zgarishi kerak.

Kroos 10 yil davomida "Real"ning o'yin uslubidan chetga chiqmadi. Faqatgina u yillar davomida almashtirilmas futbolchi bo'lib keldi. Hozir u yo'q, demak, ishlarni o'sha holatdagidek davom etishi uchun yangicha formulalar ishlab chiqish kerak. Kroos kabi futbolchilar boshqa bo'lmaydi. Endi katta epoxa o'zgarmoqda va buni ikki oydayoq o'zgartirib tashlashning iloji yo'q", - dedi SHuster.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика