Berlin yoshlar terma jamoasi Andijonda yuqori saviyada kutib olindi FOTO
20 may 2019 22:06
Yangiliklar


Berlin yoshlar terma jamoasi Andijonda yuqori saviyada kutib olindi FOTO
Otabek G'ulomxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasining ertangi raqibi Berlin akademiyasi bugun tong saharda havo yo'lari orqali Toshkent xalqaro aeroportiga etib keldi va engi moshinalarida Andijon shahri tomon yo'lga chiqdi.
Tushlikdan so'ng Andijon viloyati hududiga kirib kelgan mehmonlarimiz Bo'z tumanida ko'tarinki ruhda kutib olindi. Berlin futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilaridan iborat terma jamoani kutib olish uchun shaxsan Bo'z tumani xokimining o'zi chiqib kutib oldi va shu tariqa mehmonlar Andijon shahridagi "Vella Elegant" mehmonxonasiga borib joylashdi. Berlin terma jamoasi bugun "Sog'lom avlod" stadionida o'yinoldi mashg'ulotini o'tkazdi.
Eslatib o'tamiz, ertaga O'zbekiston U-18 - Berlin U-18 uchrashuvi "Sog'lom avlod" o'yingohida soat 18:40da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar