Berdimurodovdan gips olindi
04 iyu 2015 07:00
Yangiliklar


Berdimurodovdan gips olindi
Jamoamizning tajribali himoyachilaridan biri Rahmatillo Berdimurodov joriy yilgi chempionatning 2-turidan o'rin olgan “Navbahor” va “Metallurg” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda elkasidan jarohat olgandi.
Uchrashuv so'nggi daqiqalarida ortirilgan jarohat jiddiy bo'lib chiqqanligi bois Berdimurodovni malum muddatga safdan chiqqanligi oydinlashgandi. Elka qismidagi bir nechta sinish kuzatilganligi bois Berdimurodovga gips qo'yilgandi. Kuni-kecha Rahmatillodan gipsni olinganligi jamoamiz shifokori Bahodir Abdug'aniev bizga malum qildi. Bugun esa Berdimurodov yakka tartibda shug'ullanishga ham ulgurdi. Ayni paytda uyida bo'lib turgan futbolchining holatini yaxshilanib borayotganligini aytib o'tish joiz. Agarda hammasi reja asosida kechadigan bo'lsa himoyachi ikkinchi davradan maydonga tushish imkoniyatiga ham ega bo'lishi mumkin. Ayni paytda futbolchini to'liq sog'ayib safga qaytishi borasida aniq bir fikr bildirish mushkul.

Fikrlar