Berdiev: "Lokomotiv" - oxirigacha o'ynaydigan jamoalardan biri"

Aslanov Jasurbek
30 noya 2017, 16:24
"Rubin" bosh murabbiyi Qurbon Berdiev "Lokomotiv"ga qarshi RFPLning 20-tur uchrashuvidan oldin jamoaning tayyorgarligi haqida so'zlab berdi.

"Tayyorgarlik o'zgargani yo'q. Biz avvalgidek shug'ullanyapmiz. "Lokomotiv" birinchi davra o'yinlariga qaraganda kuchliroq klubga aylandi. Jamoa hujumkor harakatlarda ishonchliroq ko'rinyapti. U yerda yuqori darajali va aqlan kuchli hujum guruhi yig'ilgan. Eng qiyini - bunday jamoaga qarshi himoyalanish. Hujum guruhining texnika darajasi - Premer-ligadagi eng kuchlisi bo'lsa kerak.

Ularni soyadagi yetakchi demagan bo'lardim. Jamoa ishonchli o'ynaydigan haqiqiy yetakchi. "Lokomotiv" oxirigacha o'ynaydiganlardan. Agar ular so'nggi besh daqiqada qancha ochko to'plaganini hisoblasangiz, juda ko'p ochko yig'iladi. Bu jamoaning irodali ekanligini bildiradi.

Ob-havo haqida to'xtaladigan bo'lsak, biz bir xil sharoitda o'ynaymiz. Men dekabrda o'ynash tarafdori emasman, chunki -5 darajada o'ynash mumkin, -10 yoki -15 daraja sovuqda to'p tepish futbol emas. Taqvim tuzuvchilar kelajakda Rossiyaning iqlimini hisobga olishi kerak deb o'ylayman" - deydi Berdiev.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Бизнес Online