So’nggi yangiliklar

14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  2 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   3 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7

Berdiev: " Ikkala jamoa asosiy tarkib bilan harakat qilmagan bo'lsa ham qiziqarli va tomoshabop o'yin bo'ldi" Yangiliklar

Berdiev: " Ikkala jamoa asosiy tarkib bilan harakat qilmagan bo'lsa ham qiziqarli va tomoshabop o'yin bo'ldi"

Liga Kubogi 2-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" o'rtasidagi bahsdan so'ng qarshiliklar ustozi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Ikkala jamoa asosiy tarkib bilan harakat qilmagan bo'lsa ham qiziqarli va tomoshabop o'yin bo'ldi. Zaxirada qolib ketayotgan shogirdlarim ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishlari uchun ularga imkoniyat berishga qaror qildim. Ularning o'yinidan qoniqish hosil qildim. Faqat birgina penalti bilan bog'liq bo'lgan vaziyatni inobatga olmasa albatta. 

- Liga kubogi nima uchun kerak deb o'ylaysiz?

- O'yin amaliyoti uchun bu albatta kerak. Lekin, zich taqvim o'yinchilarni jismoniy toliqishiga olib kelishi mumkin. Taqvimni tuzishda mana shu jihatni hisobga olish lozim. SHuning uchun, ko'ryapmiz aksariyat jamoalar o'z rejasini buzmaslik uchun ikkinchi tarkibini o'ynatmoqda.

- Siz o'ziz Pro licenziyasiga o'qiyapsiz. Sizni boshqa jamoalarda ko'rish mumkinmi, masalan xorijda...

- Ayni vaqtda "Nasaf" jamoasidagi faoliyatim meni qoniqtirmoqda va klubga yordam bera olayotganimdan xursandman. Qachonki, bu erda o'z yordamim kerak emasligini sezsam, boshqa kluboarga yo'l olishim mumkin.

Boshqa futbolchilar sotib olmasligimiz ham mumkin? Ha to'g'ri bu borada chuqur o'ylanyapmiz. Hozirda agentlarning ishi juda ham sifatsiz. Maza, bemaza o'yinchilarni taklif qilaverishadi. SHuning uchun, klub rahbariyati bilan yaxshilab o'rganib, kuchaytirish kerak bo'lgan chiziqlarga futbolchilar olish ehtimolimiz bor. Lekin, tavakkalchilikka yo'l qo'ymaymiz. 

Aziz G'anievni kelajagi borasida fikringiz...

Albatta Azizning salohiyati yuqori. U yanada o'sadi va buning uchun kuchli chempionatlarga yo'l olishini istardim. SHomurordov, SHukurov misolida buni ko'rmoqdamiz. SHuning uchun xorijga ketishi tarafdoriman, - deydi Ro'ziqul Berdiev.


Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика