Berbatov MYU o'yinchilari haqida: "Jin ursin, ular nima qilmoqda!?"
09 jan 2021 15:41
Yangiliklar


Berbatov MYU o'yinchilari haqida: "Jin ursin, ular nima qilmoqda!?"
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov "Man Siti" (0:2)dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "qizillar" o'yinchilarini keskin tanqid qildi.
"Bazida derbi va muhim o'yinlarda forma va impuls unchalik muhim emas. Muhimi qanchalik g'alabani xohlashingiz va hiyla-nayranglardan foydalana oladigan ayyor va aqlli o'yinchilar bo'lishidir. G'alaba qozonish uchun hamma narsani qiling.
Bazida Mourinyu aytganidek sovrinni yutish uchun ablah bo'lish kerak. Men hozirgi MYUda bunday sifatlarni ko'rmayapman.
Roy Kin derbidan so'ng o'yinchilar raqiblarini qanday quchoqlaganini ko'rib hayratga tushganini aytdi. Men ham! Qanday ***!. Bu derbi - chiq va yut.
MYUga tajovuzkor o'yin ko'rsatadigan iflos o'yinchi etishmayapti", - deydi Berbatov.
O’xshash yangiliklar
12:17
Arteta: "Chempionlik poygasidagi vaziyat 3 oy avval qanday bo'lsa, o'shandayligicha qolmoqda" 7
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 30

Fikrlar